Amir Temur Tarjimai holi Amir Temurning koʻtarilishi



Yüklə 2,59 Mb.
səhifə1/5
tarix29.03.2023
ölçüsü2,59 Mb.
#103540
  1   2   3   4   5
amir temurning va temuriylarning harbiy islohatlari

  • Amir Temur
  • Tarjimai holi
  • Amir Temurning koʻtarilishi
  • Oq Oʻrda bilan jang
  • Mogʻulistonga yurishi
  • Eron va Kavkazga yurishi
  • Temurning uch yirik yurishlari
  • Reja:
  • Amir Temur, Temur, Temurbek (toʻliq ismi Amir Temur ibn Amir Taragʻoy ibn Amir Barqul) (1336-yil, 9-aprel, Kesh (hozirgiShahrisabz) sh. yaqinidagi Xoja Ilgʻor qishlogʻi (hozirgi Yakkabogʻ tumani) — 1405-yil, 18-fevral, Oʻtror sh., Samarqandda dafn etilgan) — oʻrta asrning yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi.
  • Tarjimai holi
  • Amir Temurning ota-onasi
  • Amir Temurning onasi Takina xotun buxorolik. Otasi amir Taragʻoy esa barlos urugʻining oqsoqollaridan hamda Chigʻatoy ulusining eʼtiborli beklaridan hisoblangan. Uning ajdodlari Kesh viloyatida hokimlik qilishgan. Shu bois Amir Temurning otasi amir Taragʻoy ham yilda bir marotaba Ili daryosi boʻyida xon tomonidan chaqiriladigan el-yurt beklarining qurultoyiga taklif etilar va u bunday yigʻinlarda muttasil qatnashar edi.
  • Shu bilan birga u, Sharafuddin Ali Yazdiyning taʼkidlashiga koʻra, "ulamo va sulaho va muttaqiylargʻa mushfiq va mehribon erdi va bularning majlisiga borur erdi...". Taragʻoybek piri Shamsuddin Kulolni ayniqsa chuqur ehtirom qilgan. Keyinchalik shayx Kulol Amir Temurning ham piri boʻlgan. Taragʻoybek 1360 yilda vafot etgan.
  • Amir Temurning yoshligi
  • Amir Temurning yoshligi Keshda kechdi. Yetti yoshga toʻlgach, otasi uni oʻqishga berdi. Amir Temur yoshlik chogʻlaridanoq maxsus murabbiylar nazorati ostida chavandozlik, ovchilik, kamondan nishonga oʻq uzish, boshqa turli mashq va harbiy oʻyinlar bilan mashgʻul boʻlgan. Shu asnoda Amir Temur tulporlarni saralab ajrata oladigan mohir chavandoz va dovyurak bahodir boʻlib voyaga yetgan. Amir Temur tabiatan ogʻir, bosiq, teran fikrli va idrokli hamda nihoyatda ziyrak, kishilardagi qobiliyat, fazilat, ayniqsa, samimiyatni tezda fahmlab oladigan inson boʻlgan. Shu tufayli oʻspirinlik chogʻlaridayoq atrofiga tengqurlari orasidan sadoqatli doʻstlarni jalb qila olgan. Uning atrofiga bolalikdagi doʻstlari va maktabdoshlari (Abbos bahodur, Jahonshohbek, Qimori inoq, Sulaymonshohbek, Idiku Temur, Sayfuddinbek, Hindushoh, Qarqara va boshqalar) toʻplanishib, birgalikda mashq qilar, musobaqalarda ishtirok etishar, astasekin navkar boʻlishib va harbiy guruhga birlashib, harbiy boʻlinma sifatida shakllana borgan.
  • Keyinchalik ular Amir Temur qoʻshinida lashkarboshilik darajasigacha koʻtarilganlar.
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə