Amir temur buyuk davlat arbobi va sarkarda



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix13.09.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#121830
  1   2   3
amir-temur-buyuk-davlat-arbobi-va-sarkarda



AMIR TEMUR - BUYUK DAVLAT ARBOBI VA SARKARDA 
F.Azizov 
O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining 
Farg’ona mintaqaviy filiali 
 
Annotatsiya: 
Mazkur maqolada Soxibqiron Amir Temurning xayot yo’li, 
siyosiy va xarbiy faoliyati, mardonavor janglari aks etgan.
 
Kalit so’zlar:
Buyuk, davlat, sarkarda, ilm-fan, shoir, qo’shin, madaniyat, 
shajara, harbiy yurishlar, kuch-qudrat, janglar, kurashlar.
 
AMIR TEMUR IS A GREAT STATESMAN AND COMMANDER 
F.Azizov 
Fergana regional branch of 
Uzbekistan state institute of art and Culture 
 
Abstract: 
This article describes the life, political and military activities of Amir 
Temur and his brave battles.
 
Keywords: 
Great, State, Commander, Science, Poet, Army, Culture, Genius, 
Military Wars, Power, Wars, Struggles.
 
Amir Temur (toʻliq ismi Amir Temur ibn Amir Taragʻay ibn Amir Barqul) 
1336-yil, 9-aprel, Kesh (hozirgi Shahrisabz) yaqinidagi Xoja Ilgʻor qishlogʻi - oʻrta 
asrning yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi, 
ilm-fan va madaniyat homiysi. 
Amir Temurning onasi Takina xotun buxorolik. Otasi Amir Taragʻoy esa barlos 
urugʻining oqsoqollaridan hamda Chigʻatoy ulusining eʼtiborli beklaridan 
hisoblangan. 
Amir Temurning yoshligi Keshda kechdi. Yetti yoshga toʻlgach, otasi uni 
oʻqishga berdi. Amir Temur yoshlik chogʻlaridanoq maxsus murabbiylar nazorati 
ostida chavandozlik, ovchilik, kamondan nishonga oʻq uzish, boshqa turli mashq va 
harbiy oʻyinlar bilan mashgʻul boʻlgan. Shu asnoda Amir Temur tulporlarni saralab 
ajrata oladigan mohir chavandoz va dovyurak bahodir boʻlib voyaga yetgan. Amir 
Temur tabiatan ogʻir, bosiq, teran fikrli va idrokli hamda nihoyatda ziyrak, 
kishilardagi qobiliyat, fazilat, ayniqsa, samimiyatni tezda fahmlab oladigan inson 
boʻlgan. Shu tufayli oʻspirinlik chogʻlaridayoq atrofiga tengqurlari orasidan sadoqatli 
doʻstlarni jalb qila olgan. Uning atrofiga bolalikdagi doʻstlari va maktabdoshlari 
(Abbos bahodur, Jahonshohbek, Qimori inoq, Sulaymonshohbek, Idiku Temur, 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (SI) II/2020
ISSN 2181-063X
114
http://oac.dsmi-qf.uz


Sayfuddinbek, Hindushoh, Qarqara va boshqalar) toʻplanishib, birgalikda mashq 
qilar, musobaqalarda ishtirok etishar, astasekin navkar boʻlishib va harbiy guruhga 
birlashib, harbiy boʻlinma sifatida shakllana borgan. Keyinchalik ular Amir Temur 
qoʻshinida lashkarboshilik darajasigacha koʻtarilganlar. 
Amir Temur oʻzining ilk harbiy faoliyatini qoʻl ostidagi navkarlari bilan ayrim 
viloyat amirlariga xizmat qilishdan boshlagan; ularning oʻzaro kurashlarida 
qatnashib, jasorat koʻrsatgan, janglarda chiniqqan, harbiy mahoratini oshirgan. 
Dongʻi butun Qashqadaryo vohasiga yoyilgan. Amir Temurning aqlu zakovati, 
shijoati va shuhrati uni Movarounnahrning nufuzli amirlaridan amir Xizr Yasovuriy 
va amir Qazagʻon bilan yaqinlashtirdi. Xondamirning yozishicha, otasi amir Taragʻoy 
Amir Temurni avval (1355) amir Joku barlosning qizi Nurmushk ogʻoga, soʻngra 
oʻsha yili (1355) Qazagʻonning nabirasi va amir Husaynning singlisi Oʻljoy Turkon 
og'oga uylantiradi. Keyingi nikoh tuayli Amir Temur bilan Balx hokimi amir Husayn 
oʻrtasida ittifoq yuzaga kelib, ular birgalikda moʻgʻullarga qarshi kurashadilar. Amir 
Temurning Movarounnahrni birlashtirish yoʻlidagi harakati 14-asrning 60-yillari 
boshlaridan boshlandi. 14-asr ning 50-yillari oxirida Movarounnahrda amirlarning 
oʻzaro kurashi kuchayib, amir Qazagʻon oʻddirildi. Mamlakatda siyosiy parokandalik 
avjiga chiqib, ogʻir tanglik sodir boʻldi. Xondamirning "Habib ussiyar" kitobida 
keltirilgan maʼlumotlarga qaraganda, ulus oʻnga yaqin mustaqil bekliklarga boʻlinib 
ketgan. Samarqand viloyatida amir Bayon sulduz, Keshda amir Hoji barlos, 
Xoʻjandda amir Boyazid jaloir, Balxda Uljoy Bugʻa sulduz, Shibirgʻonda 
Muhammad I Xoja Aperdi nayman, Koʻhistonda Badaxshon shohi amir Sotilmish, 
Xuttalonda Kayxusrav, Hisori Shodmon hududida amir Husayn va amir Xizr 
Yasovuriylar oʻzlarini hokimi mutlaq deb eʼlon qiladilar. 
Bu davrda Chigʻatoy ulusining sharqiy qismi - Yettisuv va Sharqiy Turkistonda 
hukmronlik qilayotgan moʻgʻul xonlari Movarounnahrdagi ogʻir siyosiy vaziyatdan 
foydalanib, bu yerda oʻz hokimiyatini oʻrnatishga harakat kiladilar. Jeta xonlaridan 
Tugʻluq Temur va uning vorisi Ilyosxoja 1360-61 va 1365 y. larda Movarounnahrga 
bir necha bor bostirib kiradilar. Moʻgʻul xonlarining boskinchilik yurishlari va 
zulmiga karshi xalq harakati boshlanadi. Biroq, Movarounnahr amirlari xalqqa bosh 
boʻlib, moʻgʻul bosqinchilariga qarshi kurashga jurʼat eta olmaydilar. Ularning bir 
qismi dushman tarafiga oʻtadi, ikkinchi qismi esa el-yurtni tark etib, oʻzga 
mamlakatlardan boshpana izlaydilar. Amir Temurning amakisi, Kesh viloyatining 
hukmdori amir Hoji barlos Xurosonga qochadi. Mana shunday ogʻir pallada siyosat 
maydoniga Amir Temur kiradi. Moʻgʻullarga qarshi turish uchun kuchlar nisbati teng 
emasligini hisobga olgan 24 yoshli Amir Temur 1360 yilning boshida Tugʻluq Temur 
tomonidan Keshga yuborilgan beklar bilan kelishadi. Sharoit taqozosi bilan xon 
xizmatiga oʻtib, uning yorligʻi bilan oʻz viloyatining dorugʻasn etib tayin qilinadi. 
Shubhasiz, bu noilojliqdan qoʻyilgan siyosiy hamda strategik qadam boʻlib, bu bilan 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (SI) II/2020
ISSN 2181-063X
115
http://oac.dsmi-qf.uz


Amir Temur moʻgʻullarning navbatdagi talontarojining oddini olgan, mamlakat va 
xalqni falokatdan qutqargan edi. Biroq, Movarounnaxrning hukmdori etib tayin 
qilingan Ilyosxoja va uning lashkarboshisi amir Bekkichik bilan Amir Temurning 
murosasi kelishmay qoladi. Shu sababdan 1361 yilning oxirida u mamlakatni tark 
etishga majbur boʻladi. 
Xivaning janubida, Urganjiy dashtida Amir Temur Tugʻluq Temurning yana bir 
raqibi - qaynogʻasi amir Husayn bilan uchrashadi. Amir Temur moʻgʻullar bilan 
kurashish maqsadida u bilan birlashib, ikkovlon kuch toʻplashga kirishadi. Dastlab 
ular Tugʻluq Temurxonning farmoniga binoan Amir Temurni taʼqib qilishga 
kirishgan Xiva dorugʻasi Toʻqol (Tavakkal) bilan jang qiladilar. Soʻngra 1362 yilning 
kuzida Seistonda viloyat hukmdori Malik Qutbiddinning tarafida turib mekroniylar 
bilan boʻlgan toʻqnashuvda Amir Temur oʻng kifti va oʻng oyogʻidan jarohatlandi. 
Amir Temur va amir Husayn keyingi ikki yil davomida Ilyosxoja boshliq Jeta 
lashkari bilan bir necha marta jang qiladilar. Nihoyat, 1364 y. oxirida ular moʻgʻul 
qoʻshinlarini Movarounnahr hududidan quvib chiqarishga muvaffaq boʻladilar. 
Biroq, Movarounnahrni qoʻldan chiqarishni istamagan Ilyosxoja 1365 y. ning 
bahorida yana Turkiston ustiga qoʻshin tortadi. Toshkent bilan Chinoz oraligʻida ikki 
oʻrtada sodir boʻlgan jang tarixda "Loy jangi" nomi bilan shuhrat topadi. Jangda amir 
Husaynning xiyonati oqibatida magʻlubiyatga uchraydilar va oʻz qoʻshinlari bilan 
Amudaryo boʻylariga chekinib, Balx viloyatida oʻrnashdilar. Ilyosxoja esa hech 
qanday qarshilikka uchramay Xoʻjand, Jizzax va boshqa bir qancha shahar hamda 
qishloklarni egallab, Samarqand ustiga yuradi. Samarqand oʻsha paytlarda katta 
qoʻshinga qarshilik koʻrsata olmasdi. Shaharning na devori va na mustahkam 
istehkomlari, na qurollangan sipohiysi bor edi. Bek va amirlar shaharni tark etgan edi, 
lekin moʻgʻullarga qarshi xalq koʻtariladi, sarbadorlar shahar mudofaasini oʻz 
qoʻllariga oladilar. Shahar mudofaachilariga Madrasa tolibi ilmlaridan Mavlonozoda 
Samarqandiy, jun (paxta) tituvchilar mahallasining oqsoqoli Abu Bakr Kuluyi 
(Kalaviy) Naddof va mergan mavlono Xurdaki Buxoriylar boshchilik qiladilar. 
Sarbadorlar Samarqand shahrida moʻgʻullarga qaqshatqich zarba beradilar. Ilyosxoja 
dastlab Samarqandni, soʻngra butun Movarounnahrni tashlab chiqib ketishga majbur 
boʻladi. Sarbadorlarning moʻgʻullar ustidan qozongan gʻalabasi haqidagi xabar amir 
Husayn bilan Amir Temurga ham borib yetgan. Amir Temur qishni Qarshida, Husayn 
esa Amudaryo boʻyida oʻtkazib, 1366 y. bahorida Samarqandga yoʻl oldilar. Ular 
Konigita toʻxtab sarbadorlarning dushman ustidan qozongan gʻalabalaridan mamnun 
boʻlganliklarini va ular bilan uchrashmoqchi ekanliklarini bildiradilar. Biroq, 
sarbadorlarning boshliqlari amirlar huzuriga kelganlarida amir Husayn buyrugʻi bilan 
Abu Bakr Kuluyi (Kalaviy) Naddof bilan mavlono Xurdak Buxoriylar dorga tortiladi. 
Mavlonozodani esa Amir Temur. oʻz himoyasiga olib kutqarib qoladi. Shu tariqa 
sarbadorlar boshliqsiz qoldirilib, Movarounnahrda amir Husaynning hukmronligi 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (SI) II/2020
ISSN 2181-063X
116
http://oac.dsmi-qf.uz


oʻrnatiladi, ammo koʻp vaqt oʻtmay Husayn bilan Amir Temur oʻrtasidagi munosabat 
keskinlashib, ochiqdan-ochiq nizoga aylanadi. Amir Temurning nufuzi ortib 
borayotganligidan xavfsiragan amir Husayn Balxga qaytib, uning qalʼa devorlari va 
istehkomlarini mustahkamlashga kirishadi. Balx, Qunduz va Badaxshondan koʻp 
sonli lashkar ham toʻplaydi. Kesh va Qarshi viloyatlariga bosh boʻlgan Amir Temur 
ham amir Husaynga qarshi hal qiluvchi jangga hozirlik koʻradi. 1366 — 70 yillar 
oʻrtasida bir necha bor toʻqnashuvlar boʻlib oʻtadi. 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə