O’zbekiston Respublikasi Axborot Texnologiyalari va Kommunikatsiyalarini Rivojlantirish Vazirligi Muhammad Al-Xorazmiy Nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Unversiteti



Yüklə 243,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix10.10.2023
ölçüsü243,1 Kb.
#126534
  1   2   3   4
Muvozanatli va muvozanatsiz jarayonlar



O’zbekiston Respublikasi Axborot Texnologiyalari va
Kommunikatsiyalarini Rivojlantirish Vazirligi
Muhammad Al-Xorazmiy Nomidagi Toshkent
Axborot Texnologiyalari Unversiteti
“Fizika” fani bo’yicha
Mavzu: “Muvozanatli va muvozanatsiz jarayonlar”
Bajardi:
_____________________
Tekshirdi:
_____________________
Toshkent 2023


Reja:
Kirish
1. Termodinamik hodisalar haqida ma’lumot.
2. Muvozanatli va muvozanatsiz jarayonlar
3. Ehtimoli o’rtacha va qaytmas mikroskopik jarayonlar
4. Issiqlik mashinalarining sikllari
Xulosa


KIRISH
Termodinamikaning birinchi qonuni energiyaning saqlanish va
aylanish jarayonini miqdoriy tomondan tavsiflaydi. Termodinamikaning
ikkinchi qonuni bu jarayonlarning sifat tomonini tavsiflaydi.
Termodinamikaning birinchi qonuni bironta jarayonning energetik
balansini tuzish uchun zarur bo‘lgan barcha ma’lumotlarni beradi, lekin u,
bironta jarayonning sodir bo‘lishi yoki bo‘lmasligi haqida hech qanday
ma’lumot bermaydi.
Termodinamikaning ikkinchi qonuni ham, birinchi qonun kabi
tajriba asosida ta’riflanganligini taokidlab o‘tish lozim.
Termodinamikaning ikkinchi qonunini umumiy ko‘rinishda
quyidagicha ta’riflash mumkin:
O‘z-o‘zidan sodir bo‘ladigan har qanday jarayon qaytmas
jarayondir. Ikkinchi qonunning barcha boshqa ta’riflari bu umumiy
ta’rifning xususiy hollaridan iborat.
Bir qancha olimlar termodinamikaning ikkinchi qonuniga turlicha
ta’rif berganlar.
Shu ta’riflar haqida qisqacha ma’lumot beraylik.
1.Sadi Karno (1824 yilda) quyidagi ta’rifni berdi: “Termodinamik
tizim ish bajara olishi uchun kamida turli temperaturali ikki manba zarur.
Issiqlik dvigatellari F.I.K. >1 bo‘la olmaydi”.
2.R. Klauzius (1850 yilda) quyidagi ta’rifni taklif etdi: “Issiqlik
ancha sovuq jismdan ancha issiq jismga o‘z-o‘zidan o‘ta olmaydi”.
3.V. Tomson (Lord Kelpvin) 1851 yilda quyidagi ta’rifni taklif etdi:
“Jonsiz material agent yordamida moddaning qandaydir massasidan uni


atrofdagi predmetlardan eng sovuьining temperaturasidan past
temperaturagacha sovitish yo‘li bilan mexanikaviy ish olib bo‘lmaydi”.
4.M. Plank quyidagi ta’rifni taklif etdi: “Barcha ishi bironta yukni
ko‘tarish va issiqlik manbaini sovitishdan iborat bo‘lgan davriy
ishlaydigan mashina qurib bo‘lmaydi”.
Shuni aytib o‘tish lozimki, ikkinchi tur abadiy dvigatelining
mavjud bo‘lishi termodinamikaning birinchi qonuniga qarshi bo‘lmaydi.
Haqiqatan ham bu dvigatelda ish hech narsadan emas, balki issiqlik
manbaining ichki energiyasi hisobiga bajarilgan bo‘lur edi.



Yüklə 243,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə