O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish



Yüklə 374 Kb.
səhifə4/4
tarix10.11.2023
ölçüsü374 Kb.
#132852
1   2   3   4
1vhm yyIBa0lc65g29LQMDgV5aXsQAfq

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Xulosa

Mavjud zamonaviy CMS turlari


Hozirgi davrga kelib, CMS asosiga qurilgan bir qancha tizimlar yaratilgan. Ularga misol qilib, Drupal, PHP-Nuke, WebDirector, Joomla!, NetCat, Slaed, Microsoft CMS, WordPress, PHPShop kabilarni keltirish mumkin. Bu tizimlarning ba'zilari umuman tekin bo'lsa, ba'zilaridan esa haqqini to'labgina foydalanish mumkin.
CMS ni tanlash bir tomondan oson va jo'ndek ko'rinsada, bu juda jiddiy masala. Internetda ularning turli yo'nalishdagi o'nlab (agar yuzlab bo'lmasa): yuz dollarlab turadiganidan to ochiq kodli bepul turigacha, ma'lum bir sohagagina taalluqlisidan ixtiyoriy murakkablikdagi sayt qurish imkonini beradiganigacha, oson boshqariladiganidan administrator uchun katta qiyinchiliklar keltiradiganigacha turini topishingiz mumkin. Xullas, agar CMS lar bilan ishlash bo'yicha hech qanday tajribangiz bo'lmasa, keraklisini tanlash qiyinlashib ketishi tayin.
Dastlab keling, pullik CMS larni ishlatmaslikka harakat qilamiz. Axir katta pul to'lab, CMS ni ishlatishdan besamara foydalanishga naxojat. Shu yerda bir narsani aytib o'tish kerak: bu bilan o'zimizga qiyin qilamiz. Boshqa tarafdan esa, qanchalik murakkab bo'lsa, shunchalik qiziq bo'lishi aniq, shunday emasmi?
Endi CMS larga yana bir talab qo'yamiz: universallik. Bu degani, biz ishlatmoqchi bo'lgan CMS ixtiyoriy konfiguratsiyadagi kompyuterlarda ham ishlay olishidir. Shuningdek, saytni lokal serverdan haqiqiy serverga ko'chirganimizda yoki bevosita serverning o'zida yaratayotganimizda CMS bilan hech qanday qiyinchiliklar tug'ilmasligi kerak. Bu talabga esa, afsuski, ko'pchilik bepul CMS lar javob bera olmaydi.
Barcha dasturiy ta'minotlarga qo'yiladigan talablardan yana biri – xavfsizlik (axir siz haftalab-oylab yaratgan saytingizni shunchaki qiziqish uchun bir kunda buzishlarini xohlamasangiz kerak?). Shuning uchun CMS larning xavfsizlik darajalari doimiy yangilanib turishi shart.
Natijada, talablarimizga deyarli to'liq javob beradigan quyidagi: PHP Nuke, Drupal, Joomla!, Slaed CMS tizimlarigina qoladi. Endi ana shu CMS larni batafsilroq ko'rib chiqamiz va o'zimizga kerakli ba'zi xulosalar chiqaramiz.
PHP Nuke. Eng birinchi CMS lardan biri bo'lib, afsuski, ancha vaqtlardan buyon yangilanmay kelmoqda. Biroq, uning kodi ko'plab adashlari uchun asos bo'lib xizmat qilmoqda (masalan, DotNetNuke, PostNuke). Bu bir-biriga nom jihatdan yaqin bo'lgan tizimlar foydalanuvchi diqqatiga navbatma-navbat chiqib turadi. Funksionallik jihatidan tizim ancha mukammal bo'lib, uning uchun ko'plab qo'shimcha modullar yaratilgan. Masalan, xabarlar lentasi, forum, maqolalar, so'rovlar tashkil qilish, statistika olib borish va boshqalar. Ammo, saytlarning tuzilishi jihatidan bir xillik kuzatiladi. Shu bilan birga, bu tizim yuklanishi qiyin bo'ladi, ya'ni qo'shimcha modullar sahifa yuklanishini sekinlashtiradi. Bu esa ko'plab foydalanuvchilarga yoqmasligi tayin. Yuklanish nafaqat sahifaga, shuningdek, serverga ham tushadi, bu esa xosting xizmatini taqdim etuvchilarga yoqmaydi. Agar sizni shunday vaziyat qoniqtirsa, aynan shu CMS ni tanlashingiz mumkin. Murojaat qilish uchun rasmiy sayti: www.nukefiles.ru
Drupal. Turli xil o'zgartirishlar orqali o'zimizga moslab olish bo'yicha eng mukammal CMS deb aytish mumkin. Shu yerda shuni aytish kerakki, "Tomchi" (bu tizim nomi ingliz tilidan aynan shunday tarjima qilinadi) aslida, CMS emas, balki "CMS ni tuzuvchi tizim". Uning yordamida siz tayyor bloklardan kerakli CMS ni yig'asiz. Shuni aytish mumkinki, funksionallik va dizayn jihatidan o'zingizni qanoatlantiruvchi CMS ni hosil qilasiz. Standart modullar to'plamiga blog, forum, xabarlar lentasi, fayllarni yuklash, ovoz berish, qidiruv kabilar kiradi. Bunda ko'rinadigan kamchilik bitta: PHP va MySQL ni mukammal bilish lozim. Agar bu qisqartmalarni tushunmagan bo'lsangiz, keyingi CMS ga o'tavering, aks holda esa bu tizimga jiddiyroq e'tibor bering. Rasmiy sayti: www.drupal.org. Texnik yordamni www.drupal.ru saytidan ham olishingiz mumkin.
Slaed CMS. Bugungi kunda ancha ommabop CMS bo'lib, turli xil saytlarda ishlatiladi. Ikki xil varianti mavjud: pullik va tekin (OpenSlaed). Ikkovi ham bitta yadroda qurilgan (bu degani xavfsizlik darajasi bir xil) va faqatgina funksionalligiga ta'sir qiluvchi modullar soni bilan farqlanadi. Bepul variantida biror mavzudagi nisbatan kichik portalni yaratishingiz mumkin. Ammo, bundan ortig'ini emas. Dizayni ham unchalik katta qiyinchiliklarsiz o'zgartirilishi mumkin. Tizim aslida Rossiyada yaratilgani uchun rus tilidagi yordam (slaed.net) haqida qayg'urmasa ham bo'ladi.
Joomla! Bugungi kuda eng mukammal dvijoklardan biri (agar bepullari ichida eng mukammali bo'lmasa) bo'lib, uning uchun shunchalik ko'p qo'shimcha modullar yaratilganki, ular yordamida o'zingizning saytingizga deyarli ixtiyoriy funksionallikni berishingiz mumkin. Bu dizaynga ham tegishli bo'lib, uni o'zgartirish uchun ham juda ko'p shablonlar mavjud. Biroq, bu yerda bir kamchilik ham bor: shablonlar tizimi shunday tuzilganki, sahifalarni yaratish va to'ldirish jarayonida sayt bo'limchalari kichik-kichik qismlar bo'lib, ajralib qolishi mimkin. Ya'ni, bu qismlar jadvallar asosida yaratilgan. Bu esa saytingizga o'z shaxsiy ko'rinish berishingizda bir qator noqulayliklar tug'diradi: yuqorida tilga olingan
qismchalar kutilmagan joyda chiqib qolib, jahlingizni chiqaradi, shuningdek, ularni yo'qotish uchun vaqtingiz ketadi. Umuman olganda, agar sizni tayyor shablonlar qoniqtirsa (ular esa juda ko'p va xilma-xil), u holda bu tizim sizga juda mos keladi. Agar siz Joomla! ni tanlab o'ziga xos original sayt yaratmoqchi bo'lsangiz ozgina terlashingizga to'g'ri keladi. Rasmiy yordam sayti: joomla.org. Shuningdek, ruscha yordamni norasmiy bo'lsada, ancha yaxshi bo'lgan joomlaportal.ru va joom.ru saytlaridan ham olishingiz mumkin.
Shunday qilib, yuqorida keltirilgan tavsiyalar asosida siz o'z saytingizni tez va oson ravishda yaratishingiz mumkin. Ammo hech qaysi CMS sizga tayyor holdagi saytni taqdim etmaydi. Buning uchun sizdan harakat va mehnat talab etiladi. Yaratayotgan saytingiz boshqalarnikiga o'xshamasligi, dizayn jihatdan takrorlanmas va original bo'lishi uchun esa shaxsiy fantaziyangiz va qobiliyatingizni ishga solishingiz kerak.

Xulosa


Men bu mustaqil ishni bajarish davomida ko’plab ma’lumotlarga ega bo’ldim, cms texnologiyasi haqida tushunchaga ega bo’ldim. O’zimga kerakli bo’lgan narsalarni o’rganib oldim. Bu o’rgangan narsalarim kelajakda menga as qotadi deb o’ylayman.

Foydalanilgan internet manbalari


  1. e-dastur.uz

  2. texnoman.uz

  3. YouTube.com abu web school

Yüklə 374 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə