O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent


Server operatsion tizimlari bilan tanishish



Yüklə 90,14 Kb.
səhifə29/32
tarix28.11.2023
ölçüsü90,14 Kb.
#133141
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi andijon axborot -fayllar.org

Server operatsion tizimlari bilan tanishish
Hozirgi kunda internet, juda katta tezlikda rivojlanib ketmoqda. Shu bilan birga internetga oid xar hil terminlar ko‘paymoqda. Misol uchun, sayt, portal, veb sahifa, veb server va boshqalar. Bu terminlarni o‘rganish, hozirgi zamon uchun muhim hisoblanmoqda. Biror inson bilan internet haqida gaplashsangiz, bu terminlarni bilmasangiz, boshqa tildagi inson bilan gaplashganday bo‘lasiz va uni tushunmaysiz. Bu maqolada shunday terminlardan biri – veb server haqida to‘xtalib o‘taman.
Biror bir internet saytga kirish uchun, brouzerga address yozsangiz, brouzer shu sayt joylashgan kompyuterga, saytdagi ma’lumotlarni ko‘rsatish haqida so‘rov jo‘natadi, kompyuter oddiy temir bo‘lgani uchun bu so‘rovni tushunmaydi. Shuning uchun, ya’ni bu so‘rovni tushunishi uchun, kompyuterga dastur o‘rnatiladi. Mana shu dastur veb dastur deyiladi. Bu kompyuter esa, veb serverga aylanadi. Hozirda veb dastur deyilmasdan, umumiy holda veb server deyilmoqda.
Demak, veb server — mijozdan kelayotgan so‘rovlarni qabul qilib, tegishli javobni jo‘natadigan dasturdir. Mijoz sifatida veb brouzer (http, https protokoli orqali), mobil telefon (war protokoli orqali), ba’zi dasturlar (antiviruslar) bo‘lishi mumkin. Veb server orqali butun sayt boshqariladi, ya’ni sayt kataloglariga ruxsatlarni beradi, xavfsizlik jihatidan IP manzillarni blokka oladi, foydalanuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish va boshqa ko‘plab ishlarni amalga oshiradi.
Veb serverni siz o‘z uyingizda yaratishingiz mumkin. Uning uchun bitta kompyuter ajratib, unga biror veb dastur o‘rnatasiz va bu dasturni yaxshilab sozlashingiz kerak bo‘ladi. So‘ng o‘z saytingizni shu serverga joylashtirasiz va biror domen sotib olasiz. Bundan kelib chiqadiki, saytingiz ishlashi uchun siz ajratgan kompyuter doim yoqilgan holatda bo‘lishi kerak.
Server kompyuteriga operatsion tizimini o‘rnatish jarayoni keyinchalik u nima uchun ishlatilishiga bog‘liq emas. Masalan, server operatsion tizimi tarmoqqa tegishli bo‘lmagan istalgan kompyuterga ham o‘rnatish mumkin.
Istalgan operatsion tizim ham serverga ko‘pgina turli vazifalarini belgilash imkoniyatini beradi, bu imkoniyatlar mahalliy tarmoqni ma’muriy boshqarish imkoniyatlarini kengaytirib beradi. Windows Server 2008 R2 operatsion tizimi serverga quyidagi vazifalarni yuklay oladi:

Yüklə 90,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə