O‘zbekiston respublikasi fan,TA‘lim va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona politexnika instituti


Mil. avv. 329 yilga kelib, makedoniyalik Aleksandrning O‘rta Osiyoga yurishlari boshlanadi. Iskandar o‘z qo‘shinlari bilan miloddan avvalgi



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə24/91
tarix28.09.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#124471
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   91
Majmua-2023 tarix

Mil. avv. 329 yilga kelib, makedoniyalik Aleksandrning O‘rta Osiyoga yurishlari boshlanadi. Iskandar o‘z qo‘shinlari bilan miloddan avvalgi
329 yida Oks (Amudaryo)dan o‘tib, O‘rta Osiyo hududlariga kirib keldi. Ammo, O‘rta Osiyoda Iskandar va uning istilochi qo‘shiniga oson bo‘lmadi. Ular O‘rta Osiyoda, uning erksevar xalqining qattiq qarshiliklariga uchradi va katta talofatlar evoziga uni bosib oldi. Iskandar qanchalar kuchli va tajribali qo‘shin va lashkarboshilarga ega bo‘lishiga qaramay, O‘rta Osiyo xalqidan cho‘chib qoladi. Chunki O‘rta Osiyoning erksevar mahalliy tub joyli aholisining tashki dushmonga qarshi nafrati kuchli edi. Uning qo‘shinlari So‘g‘diyona va Ustrushona yerlarida juda qattiq qarshilikka duch keladilar. Janglarda Aleksandrning o‘zi ham bir necha marta yarador bo‘ladi. Mil. av.. 329- 327 yillar davomida mahalliy So‘g‘diy aholi Spitamen (ba’zi manbalarda Spitaman tarzida uchraydi) boshchiligida yunon-makedon bosqinchilariga qarshi kurash olib borib, ularga juda katta talafot yetkazdi. Makednoskiy qo‘shinlari hech qachon So‘g‘diyonadagidek qarshilikka uchramagan edilar.
Yuqorida qayd qilinganidek, So‘g‘diyonada mil. avv. 329 yil kuzida Spitamen boshchiligidagi qo‘zg‘olon ko‘tariladi. Shiddatli janglardan so‘ng dushmanning osonlikcha bosib olmoqchi bo‘lgan rejalarini puchga chiqardi. Ammo So‘g‘diyona hududlarida bosqinchilar qadami yetmagan joylarda qo‘zg‘olonchllar yashirinib olgan edilar. So‘g‘diyonaning deyarli barcha aholisi Spitamen tomonida bo‘lib, uning g‘alabalariga katta umid bog‘lagan edilar. Iskandar esa, mil. avv. 329-28 yillar qishlovini Baqiriyada (ba’zi man’balarda Navtakada deyiladi) o‘tkazar ekan vaqtni behuda ketkazmadi. U bu yerda Xorazm hukmdori Farasman bilan muzokaralar olib bordi. Natijada Iskandarning Xorazmga yurish rejasi to‘xtatildi.
Mil avv. 328-yilning bahoridan yunon-makedonlarga qarshi kurash yana avj oldi. Mahalliy aholi yirik shaharlar, qal’alar, tog‘li hududlarda kurashni davom ettirdilar. Yunon-makedonlarning shafqatsiz urushlari natijasida ko‘pgina mahalliy aholi qirilib ketdi. Qolganlari ham tog‘li hududlarda kurashni davom ettirdilar. Ammo mil. avv. 328-yilning oxirida Spitamen janglarning birida halok bo‘ladi. U tajribali sarkarda sifatida bosqinchilarni ona-yurtidan haydab chiqarishi uchun imkoniyati bo‘lgan barcha tadbirni ko‘rdi, choralardan unumli foydalanishga harakat qildi. U mohir sarkarda bo‘lib dushmanning kichik xatosidan ham unumli foydalanar va uning zayif tomonlarini topishga harakat qilardi. Ammo, Iskandar harbiy kuch-qudrati jihatdan Spitamandan ustun edi.
Mil. avv. 323 yilda makedoniyalik Aleksandr vafot etganidan so‘ng O‘rta Osiyo yerlari Salavka hukmronligi ostiga o‘tadi (mil. avv. 306 yil). Salavkiylardan bo‘lgan Antiox I davrida (mil. avv. 280-261 yy.) O‘rta Osiyo viloyatlarida tinch hayot boshlanib, qishloq xo‘jaligi, hunarmandchilik, savdo-sotiq anchagina rivojlanadi. Mil. avv. III asrning o‘rtalariga kelib, salavkiylar davlatida taxt uchun o‘zaro kurashlar avj olib ketadi. Natijada dastlab Parfiya, keyin esa Yunon-Baqtriya davlatlari salavkiylardan ajralib chiqadi. Mil. avv. 250 yilda birinchi Yunon-Baqtriya podshosi Diodod o‘zini hukmdor deb e’lon qildi va tangalar zarb etadi.
Yunonlar mustamlaka o‘lkalarni boshqarishda barcha zaruriy choralar ko‘rishga kirishadilar. Birinchi navbatda istilochilar mahalliy aslzodalar bilan til topish, ular bilan qon-qorindoshlik iplarini bog‘lash, shu yo‘l bilan mahalliy aholiga yaqinlashish choralarini ko‘rish zaruriy ekanligiga katta ahamiyat beradilar. Bu masalada Iskandarning o‘zi boshqalarga namuna bo‘ldi. Uning buyrug‘i bilan barcha harbiy boshliklar, xatto oddiy jangchigacha mahalliy aholi qizlariga uylanib, qon-qorindoshlik iplarini bog‘lashlari zarur edi. To‘g‘ri, ko‘pchillik, ayniqsa oddiy askarlar uzoq davom etgan harbiy yurishlarda charchagan, ona vatani va oilasini sog‘ingan, tezroq uylariga qaytishni istar edilar. Bu masalada bo‘yin tovlaganlar dastlab jazolanganlar.
Yaqinlashishning yana bir zaruriy chorasi sifatida mahalliy aholi ma’naviy dunyosiga yunon xudolari ta’sirini olib kirish, diniy va dunyoviy siyosatni mahkama himoyasida olib borish, ellin madaniyatini ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotning barcha jabhalariga kirib borishini ta’minlashni davlat siyosatining bosh yo‘li qilib oldilar. O‘rta Osiyoning janubida, Shimoliy Afg‘oniston va shimoliy–g‘arbiy Hindiston hududlarini o‘z ichiga olgan geografik kenglikda Yunon-Baqtriya davlatini tuzilishi bu muammolarni greklar foydasiga hal etilishida muhim rol o‘ynadi.
Shunday qilib Aleksandr Makedonskiy Markaziy Osiyo mamlakatlarinig ellinlashtarishni boshlab berdi. Ellinistik jarayon salavkiylar davlatidan mustaqil bo‘lgan Parfiya va Yunon-Baqtriya davlatida yuqori darajadagi rivoji bilan ajralib turadi. Yunon xarbiy manzilgohlari aholisining turmush tarzi va madaniyatini aks ettiruvchi ellinistik uslublar Yunon-Baqtriya shaharlarida ochib o‘rganildi. Inshootlar tosh va xom g‘ishtdan tiklangan. Ustunlar korinf usulibida ishlangan. Yunon-Baqtriya podsholigida teatr san’ati va musiqani rivojlanganligi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud.
Yunon-Baqtriya podsholigida madaniyat sinkretizmi (qorishiqligi) turli tillarni yonma-yon faoliyat ko‘rsatishi, har xil yozuvlar tizimi va dinlarning o‘zaro singib ketishida ham ko‘rinadi. Eramizdan avvalgi III-II asrlarda oromiy, yunon-baqtriya yozuvlari keng ishlatilgan, yunon alifbosi asosida unga bitta har qo‘shib (jami 25 ta) baqtriya yozuvi vujudga kelgan. Zardushtiylik xukmron din sifatida aholi yunon xudolari timsoliga sig‘inish alomatlari paydo bo‘lgan.
Ahamoniylar, Aleksandr yurishlari va hukmronliklari davrida g‘arb va sharq o‘rtasida jadal ichki va tashqi aloqalar o‘rnatilgan, buning barobarida ikki tomonning o‘zaro roziliklari munosabati bilan garchand har bir davlatning o‘z soliq tizimlari mavjud bo‘lsada, yetkazilgan harbiy- iqtisodiy zararni qoplash uchun o‘ljalarni taqsimlash, boj-xiroj, tovon to‘lovi emas, balki o‘zaro mahsulot ayriboshlanganligi haqidagi ma’lumotlar ham uchraydi. Bu davrda Eron va Turon hududlari eronlik va yunon hukumdolari tomonidan qator satrapliklar hamda viloyatlarga bo‘lib idora qilingan, har bir ma’muriy-hududiy birliklar ma’lum soliqlar va o‘lponlar yig‘ish orqali qat’iy tarzda boshqarilgan, satrapliklarni boshqaruvchi hukmdorlar eron va yunon hukmdorlari tomonidan tayinlangan, soliq yig‘ib olish ham ular tomonidan idora etilgan.


  1. Yüklə 0,51 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə