O‘zbekiston respublikasi fan,TA‘lim va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona politexnika instituti



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə27/91
tarix28.09.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#124471
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   91
Majmua-2023 tarix

Tayanch iboralar

Uyg‘onish davri, Ahmad ibn Kasir al-Farg‘oniy, Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Bahouddin Naqshbandiy, Mahmud Zamaxshariy, Uchinchi Renesanss.

Adabiyotlar ro‘yxati.


  1. Narshaxiy Muxammad. Buxoro tarixi. T., 1966.

  2. Azamat Ziyo. O‘zbek davlatchiligi tarixi. T.: «Sharq», 2000 y.

  3. Buyuk siymolar, allomalar. T.: «Meros», 1995,1996,1998 yillar.

  4. Sagdullayev A. Aminov B, Mavlonov O‘, Norqulov N. O‘zbekiston tarixi: davlat va jamiyat taraqqiyoti. T., 2000.

  5. Usmonov Q, Sodiqov M, Oblomurodov N. O‘zbekiston tarixi. I qism. O‘quv qo‘llanma. T.: «Meros», 2002 y.

  6. O‘zbekiston davlatchiligi tarixi ocherklari. T.: «Sharq», 2001 y.

  7. Murtazayeva R.X va boshqalar. O‘zbekiston tarixi. (Ma’ruzalar matni).T., 2000.

  8. O‘zbekiston tarixi. «Darslik».// Mas’ul muharrir t.f.d R.X. Murtazayeva. T., 2005 y.

  9. Usmonov Q, Sodiqov M, Burxonova S. O‘zbekiston tarixi. «Darslik».

T., 2006

  1. IX–XII asrlarda Movarounnahrda uyg‘onish davri, ilm-fan, madaniyat va diniy ta’limot. IX-XII asrlarda O‘rta Osiyo mintaqasida madaniyat yuksalishi, jahonga mashhur buyuk mutafakkirlarni yetishtirib berganligi bu hududning ilm-ma’rifat, ilmiy kashfiyotlar beshigi sifatida tarixda «Musulmon madaniyati», «arab madaniyati» deb nomlangan tushunchalar bilan baholangani bejiz emas. O‘rta asr tarixchilari va sayyohlari ushbu davrda Markaziy Osiyoda iqtisod, savdo o‘sganligi, ko‘rkam shaharlar qad ko‘targanligi, ilm-ma’rifat gurkirab rivojlanganligi haqida ma’lumot beradilar. Monumental me’morchilik, tasviriy san’at, musavvirlik va musiqa san’ati beqiyos darajada rivojlangan, kutubxonalar faoliyat ko‘rsatgan. O‘sha paytda «Buxoroda baland tosh devorlar bilan o‘ralgan saroylar, turli rasmlar bilan bezatilgan mehmonxonalar, mohirlik bilan barpo etilgan bog‘lar, xiyobonlar, hovuzlar» mavjud bo‘lganligi haqida manbalarda qayd etiladi.

Arxeologik qazilmalar va qo‘lyozma manba’lardan ma’lum bo‘lishicha o‘sha davrda musiqa va musiqashunosliik ham keng rivoj topgan va u matematika ilmining tarkibiy qismi sanalgan. Mazkur davrning buyuk olimi Abu Nasr Farobiy musiqaning nazariy asoslari, ko‘plar, asboblar, musiqa madaniyatining mezonlari, atamalari tahliliga bag‘ishlangan «Katta musiqa» kitobining muallifidir. («Kitob al musiqi al Kabir»). O‘rta asr musulmon sharqi musiqa nazariyasiga bag‘ishlangan ushbu 2 qism, 3 kitobdan iborat bo‘lgan. Farobiy «Katta musiqa»dan tashqari «Musiqa haqida so‘z»,
«Ritmlar tartibi haqida kitob», «Ritmga qo‘shimcha qilinadigan siljishlar haqida» asarlarining ham muallifidir.
Uyg‘onish davrida milliy madaniyatni yuksaltirishga e’tibor davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Mustaqillikka erishgan Somoniylar shajarasining birinchi hukmdorlari milliy madaniy qadriyatlarni barqaror etmasdan turib to‘la davlat mustaqilligiga erishish mumkin emasligini angladilar. Arab yozuvida badiiy ijodni ta’qiqlamagan holda, Somoniylar oddiy xalq anglaydigan tilda yozgan mualliflarni to‘la qo‘llab- quvvatladilar. Somoniylar nafaqat adabiyot ahliga, barcha olimlarga homiylik ko‘rsatib, Sheroz kutubxonasi bilan raqobat darajasida bo‘lgan ulkan kutubxonani yaratdilar. Ulug‘ alloma Ibn Sinoning yozishicha, kutubxona ko‘pxonali bo‘lib, xonalarning birida arab kitoblari, she’rlari boshqasida fikhga oid kitoblar taxlangan. Shu tartibda har bir xonada fanning ma’lum sohasiga doir kitoblar jamlangan.
Kitob yozishning kuchayishi, hattotlik san’atini, uni bezash, naqshlar bilan ko‘rkam qilish musavvirlik san’atining rivoj topishiga olib kelgan. Umuman, bu davrda qo‘lyozmalarni ko‘chirish, tayyorlash, to‘plash madaniy hayotning muhim sohasiga aylangan. Ma’lumki, asar faqat qo‘lda bir nushadangina yozilar edi. Bosmaxona esa bir necha asrdan so‘nggina paydo bo‘lgan. Yozilgan asarni nushasini ko‘paytirish, boshqalarga yetkazish, undan nusha olish zarur edi. Shuning uchun nusxa ko‘chirish, asarni ko‘paytirishga katta e’tibor berildi. Asta-sekin maxsus nusha ko‘chirish san’ati va hunari shakllandi, shu tufayli bir joyda yozilgan asarlarni boshqa shahar, o‘lkalarda tarqatish imkoni vujudga keldi.
Maxsus nusxa ko‘chirish bilan shug‘ullanuvchilar, husni xat sohiblari paydo bo‘lib, ular buyurtma yoki sotish uchun asarlardan nusha ko‘chirish bilan shug‘ullanganlar. Kitobdan nusha ko‘chirish, kitob savdosining keng yo‘lga qo‘yilishi hamda ma’rifat ahlini tinimsiz faoliyati tufayli Buxoro, Samarqand, Marv, Nishopur, Bag‘dod, Damashq singari shaharlarda katta kutubxonalar vujudga keldi. Bozorlarda kitob rastalari ko‘paydi, kitob savdosi, uni tarqatish bilan shug‘ullanuvchilar faoliyat kengaydi. Markaziy osiyo Bag‘dod, Misr, Eron va Ispaniyaning turli shaharlaridan qo‘lyozmalar keltirilib, yurtdoshlarimizning qo‘lyozma asarlari boshqa o‘lkalarga olib ketiladigan bo‘ldi.
Mazkur davrda Movarounnahrda ilm-fan va madaniyat rivoj topdi. Mashhur olimlar, diniy ulamolar yetishib chiqdi. Shu boisdan bu davr sharq uyg‘onish davri deb ataladi. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (783-850). Mashhur matematik va astronom. Xivada tug‘ilib, Bog‘dodda vafot etgan. Bog‘doddagi “Baytul hikma”da faoliyat yuritib, unga mudirlik qilgan. 20 dan ortiq asar yozgan bo‘lib ulardan 10 tasi bizgacha yetib kelgan. Mamlakatimiz xalqlari 1983 yilda al-Xorazmiy tavalludining 1200 yilligi tantanali nishonlangan.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə