O‘zbekiston respublikasi hududida bank kartalarining chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalari to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


-bob. To‘lov tizimi operatorining huquq, majburiyatlari va javobgarligi



Yüklə 99,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/12
tarix08.02.2023
ölçüsü99,61 Kb.
#100393
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Karta

14-bob. To‘lov tizimi operatorining huquq, majburiyatlari va javobgarligi
50. To‘lov tizimi operatori quyidagi huquqlarga ega:
to‘lov tizimi ishtirokchilari uchun bank kartalari orqali operatsiyalarni amalga oshirish va unga
ruxsat berish;
emitent bilan tuzilgan shartnomaning hamda to‘lov tizimining boshqa ishtirokchilari o‘rtasida
tuzilgan shartnoma shartlarini emitent tomonidan bajarmaslik hollarida, emitentning bank
kartalari bo‘yicha operatsiyalarini to‘xtatish.
51. To‘lov tizimi operatori quyidagilarga amal qilishi shart:
to‘lov tizimi ishtirokchilari tomonidan chiqarilgan bank kartalari orqali operatsiyalarini amalga
oshirish imkoniyati bilan ta’minlash;
antifrod-tizimga ega bo‘lishi;
bank kartasiga xizmat ko‘rsatishni taqiqlash to‘g‘risidagi emitentning yozma qarori
olingandan so‘ng, bank kartalari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatish (alohida turdagi operatsiyalarni
to‘xtatish);


emitentning bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyasi chaqirib
olingandan so‘ng, uning bank kartalari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatish;
to‘lov tizimini uzluksiz, barqaror va xavfsiz ishlashini ta’minlash;
to‘lov tizimi ishtirokchilarining operatsiyalari to‘g‘risidagi bank sirini tashkil etuvchi
ma’lumotlarni sir saqlanishini ta’minlash, bundan O‘zbekiston Respublikasining “Bank siri
to‘g‘risida”gi Qonunida nazarda tutilgan hollar mustasno.
52. Emitent tomonidan bank kartalariga xizmat ko‘rsatishni taqiqlash to‘g‘risida qaror qabul
qilingandan so‘ng, ular orqali amalga oshirilgan operatsiyalar bo‘yicha hamda emitent tomonidan
bank kartalari orqali amalga oshirilishi taqiqlanganligi to‘g‘risida qaror qabul qilingan ayrim
operatsiyalarni bajarish bo‘yicha to‘liq javobgarlikni to‘lov tizimi operatori o‘z zimmasiga oladi.
53. To‘lov tizimi ishtirokchilari bo‘lgan banklar faoliyati ustidan nazorat o‘rnatish O‘zbekiston
Respublikasi qonunchiligi va to‘lov tizimi qoidalariga asosan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
54. To‘lov tizimi operatori bank kartalari emissiyasini amalga oshirish to‘g‘risida shartnoma
tuzgan emitentlarning ro‘yxatini yuritadi.
55. Emitentlarning ro‘yxati doimiy ravishda to‘lov tizimi operatorining veb-saytida e’lon qilinib
boriladi.

Yüklə 99,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə