O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a b. N. Sirliyev a. A. Beknazarov


Bo‘lajak muloqotni bashorat qilish



Yüklə 325,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/58
tarix29.09.2023
ölçüsü325,56 Kb.
#124819
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58
PSIXOLOGIYA

Bo‘lajak muloqotni bashorat qilish.
Psixologik aloqa o‘rnatish-
ning samarali bo‘lishida dastlabki rejalar bo‘lishi maqsadga muvofiq-
dir. Buning uchun muloqotga kirishuvchi shaxs haqida zarur ma’lu-
motlarga ega bo‘lishimiz kerak. Bundan tashqari, shaxsning psixolo-
gik xususiyatlari ham mavjud bo‘lib, ular ham aloqa o‘rnatishda 
132


yordam beradi. Shuningdek, shaxsning shunday emotsional-psixolo-
gik sifatlari mavjudki, ular psixologik aloqa o‘rnatishga salbiy ta’sir 
etadi: yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, agressivlik, yashirin xarakter, gumon-
sirash va boshqalar.
Quyidagi keltirilgan sifatlar bashorat qilish davrida inobatga 
olinishi kerak. 
Aloqani yengillashtiruvchi tashqi omillarni yaratish. 
Muloqotda 
namoyon bo‘ladigan har qanday holatda tashqi omillar ijtimoiy vazi-
yatlarga mos tushishi zarur. Suhbatdoshingizga biror-bir narsa xalaqit 
berishi va uni chalg‘itmasligi kerak. Suhbat chog‘ida ishonchlilik mu-
hiti saqlab qolinishi shart. 
Tashqi kommunikativ sifatlarning namoyon bo‘lishi
.
Nutq ma-
daniyati, mimika, tashqi ko‘rinish psixologik aloqa o‘rnatishda ijobiy 
natija beradi. Suhbatdoshingizda ham shunga qarab ijobiy emotsional 
holatlar yuzaga keladi, bu esa aloqa o‘rnatishda zarur omillardan biri 
bo‘lib hisoblanadi. Suhbatdosh bilan muloqotning boshidan hamfikr 
bo‘lishga harakat qilinishi kerak. 
Umumiy va neytral qiziqish doiralarini aniqlash.
Muloqotning 
boshida shaxs bilan umumiy til topish muhimdir. Bu vazifani hal 
etishda umumiy va shu bilan birga, neytral qiziqishlar doirasini aniq-
lash yordam beradi. Masalan, tangalar, markalarni kolleksiya qilish, 
sport, sayohat va boshqa qiziqishlar. Umumiy qiziqishlar va ularni 
qidirib topish ijobiy emosional holatlarga olib keladi. Bu o‘z-o‘zidan 
muloqotda suhbatdoshni yaqinlashtiradi. Neytral qiziqish va qiziqish-
lar psixologik iqlimni yengillashtiradi va mavqeini tenglashtiradi. 

Yüklə 325,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə