O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a b. N. Sirliyev a. A. Beknazarov



Yüklə 325,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/66
tarix30.04.2022
ölçüsü325,56 Kb.
#86302
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   66
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y

Idrok va uning xususiyatlari.
Idrok sezgilarga nisbatan murakkab 
va mazmundor psixik jarayon bo‘lib hisoblanganligi sababli, barcha 
ruhiy holatlar, hodisalar, xususiyatlar, xossalar va inson ongining 
yaxlit mazmuni, egallangan bilimlar, tajribalar, ko‘nikmalar bir 
davrning o‘zida namoyon bo‘ladi, aks ettirishda ishtirok qiladi.  
Narsalar yoki hodisalarning sezgi a’zolariga bevosita ta’sir qilish 
jarayonida kishi ongida aks etishi idrok deb ataladi. 
Idrok etish jarayonida alohida holdagi sezgilarning tartibga 
solinishi hamda narsalar va voqea-hodisalarning yaxlit obrazlariga 
birlashuvi yuz beradi. 
Qo‘zg‘atuvchining alohida xususiyatlari aks etadigan sezgilardan 
farqli o‘laroq, idrok narsalarni umuman, uning hamma xususiyatlari 
bilan birgalikda aks ettiradi. Bunda idrok alohida sezgilar yig‘indisi-
dan iborat tarzda emas, balki emotsional bilishning o‘ziga xos belgi-
lari bilan sifat jihatidan yuqori bosqich sifatida tasavvur qilinadi.  
Sezgilardan farqli o‘laroq, idrokda narsalarni umuman, uning 
hamma xususiyatlari bilan birgalikda aks etadi. 
Idrokning muhim xususiyatlari quyidagilar: 
– predmetlilik; 
– yaxlitlilik; 
– strukturalilik; 
barqarorlik
– anglanilganlik. 
Idrokning predmetliligi 
obyektivlashtirish hodisasi deb ataladigan 
hodisa bo‘lib, tashqi dunyodan olinadigan axborotning o‘sha dunyoga 
mansubligini ifoda etadi. Predmetlilik idrokning belgisi sifatida xatti-
 
51


 
harakatni boshqarishda alohida o‘rin tutadi. Odatda, biz narsalarni 
ularning ko‘rinishiga qarab emas, balki ularni amaliyotda qay tarzda 
ishlatishimizga muvofiq holda yoki ularning asosiy xususiyatlariga 
qarab baholaymiz.  
Idrokning yaxlitligi 
deyilganda, sezgi a’zolariga ta’sir qiladigan 
narsaning ayrim xususiyatlarini aks ettiradigan sezgilardan farqli o‘la-
roq, idrok narsaning yaxlit obrazi hisoblanadi. O‘z-o‘zidan ravshanki, 
bu yaxlit obraz narsaning ayrim xususiyatlari va belgilari haqida turli 
xil sezgilar tarzida olinadigan bilimlarni umumlashtirish negizida 
tarkib topadi. 
Idrokning yaxlitligi uning 
strukturaliligi 
bilan bog‘liqdir. Idrok 
ma’lum darajada bizning bir lahzalik sezgilarimizga javob bermaydi 
va ularning shunchaki oddiy yig‘indisi ham emas. Biz ana shu 
sezgilardan amalda mavhumlashgan va birmuncha vaqt davomida 
shakllanadigan umumlashgan strukturani idrok etamiz. 
Idrokning yaxlitligi va strukturaliligi manbalari, bir tomondan, aks 
ettiriladigan obyektlarning o‘ziga xos jihatlarida, ikkinchi tomondan, 
insonning muayyan faoliyatida gavdalanadi. I. M. Sechenov ta’kidla-
ganidek, idrokning yaxlitligi va strukturaliligi analizatorlar reflektor 
faoliyatining natijasidir. 
Idrok qo‘zg‘atuvchining retseptorlarga bevosita ta’siri natijasida 
hosil bo‘lsa ham, perseptiv obrazlar hamisha muayyan ma’noli aha-
miyatga ega bo‘ladi. Kishining idroki uning tafakkuri bilan, narsaning 
mohiyatini tushunib yetishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Narsani 
ongli idrok etish – unga fikran nom berish, ya’ni idrok etilgan narsani 
narsalarning muayyan guruhiga, sinfiga kiritish, uni so‘z vositasida 
umumlashtirish demakdir. Hatto o‘zimizga notanish narsani ko‘rga-
nimizda ham uning bizga tanish obyektlar bilan o‘xshashlik jihatlarini 
payqab olishga, uni qandaydir toifaga kiritishga urinamiz. Idrok 
shunchaki sezgi a’zolariga ta’sir qiladigan qo‘zg‘atuvchilarning oddiy 
yig‘indisi bilan belgilanmaydi, balki mavjud ma’lumotlarni yaxshilab 
talqin qilish, izohlab berish yo‘llarini jadal izlashdir. Shu nuqtai 
nazardan olganda goh shakl, goh fon (ikki qiyofa va vaza) navbatma-
navbat idrok etiladigan (1-rasm), «ikki mazmunli» deb atalmish 
rasmlar diqqatga sazovordir. Bu rasmlarda idrok qilingan obyektning 
alohida ko‘rsatilishi uning anglab yetilishi va nomlanishi bilan 
bog‘liqdir. 
 
52


 
Idrokning kishi psixik hayoti mazmuniga, uning shaxsiga xos 
jihatlarga bog‘liqligi 
appersepsiya 
deyiladi.  
 
 
1-rasm 
 
Idrok jarayonida uning fenomenlari (yunoncha phainomenon – 
noyob, g‘ayriodatiy holat degan ma’noni anglatadi) muayyan hodi-
salarni aks ettirishda ishtirok etadi, in’ikosning turlicha aniqlikda 
namoyon bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida ma’lumot beradi. Ular jahon 
psixologiyasi fanida gallyutsinatsiya (lotincha hallucinftio – alahlash, 
bosinqirash, valdirash, ya’ni yo‘q narsalarning ko‘rinishi, eshitilishi
sezilishi), illuziya (lotincha illusio – xato, adashish, yanglishish degan 
ma’noni bildiradi), attraksiya (frans. attraction – o‘ziga tortish, 
mahliyo etish, jalb qilish ma’nosini beradi), yaqqol ko‘rinish (ruscha 
yasnovideniye – yaqqol oldindan ko‘rish, yaqqol g‘oyibdan xabar 
olish) tushunchalari orqali nomlanadi.  
Idrokning muhim jihatlaridan biri unga xos belgilarning turli 
jabhalar, vaziyatlar va sharoitlarda namoyon bo‘lishidir. Idrokning 
muhim xususiyatlaridan biri faol ravishda bevosita aks ettirish 
imkoniyatining mavjudligidir. Odatda insonning idrok qilish faoliyati 
uning o‘zlashtirgan bilimlari, to‘plagan tajribalari, shuningdek 
murakkab analitik, sintetik harakatlar tizimi zamirida yuzaga keladi. 
Bu holat idrok qilinishi zarur bo‘lgan o‘quv fani mohiyatiga bog‘liq 
ilmiy faraz yaratish, uni amalga oshirish borasida qaror qabul qilish, 
yaqqol voqelik bilan tasavvur qilinayotganining o‘zaro mosligini 
aniqlash singari bosqichma-bosqich o‘zaro bir-birini taqozo etuvchi 
tarkibiy qismlardan iboratdir.  
Idrokning yana bir muhim xususiyati uning umumlashgan holda 
narsa va hodisalarni aks ettirishidir. Ma’lumki, inson psixikasiga kirib 
borayotgan ko‘p qirrali, ko‘p yoqlama alomatlarni idrok qilish bilan 
 
53


 
cheklanib qolmasdan, balki o‘sha majmua aniq jism yoki hodisa 
sifatida baholanadi.

Yüklə 325,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə