O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a b. N. Sirliyev a. A. Beknazarov



Yüklə 325,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/66
tarix30.04.2022
ölçüsü325,56 Kb.
#86302
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   66
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y

Sezgi haqida tushuncha.
Sezgi oddiy psixik jarayon bo‘lib, u 
moddiy olamdagi narsa va hodisalarning ayrim xususiyatlari aksidan, 
shuningdek moddiy qo‘zg‘atuvchilar tegishli retseptorlarga bevosita 
ta’sir etgan miqdorda organizmda hosil bo‘ladigan ichki holatlardan 
tarkib topadi. Materiya sezgi organlarimizga ta’sir etib sezgi hosil 
qiladi. Sezgi a’zolari axborotni qabul qilib oladi, saralaydi, jamlaydi 
va miyaga yetkazib beradi. 
Sezgi a’zolari tashqi olamning kishi ongiga kirib keladigan ya-
gona yo‘lidir. Sezgilar mohiyatiga ko‘ra obyektiv olamning subyektiv 
obrazidir. Lekin sezgilarning hosil bo‘lishi uchun organizm moddiy 
qo‘zg‘atuvchining tegishli ta’siriga berilishi kifoya qilmaydi, balki 
organizmning o‘zi ham qandaydir ish bajarishi lozim.  
Kishining hayoti va faoliyatida sezgilarning ahamiyati juda katta, 
negaki, ular bizning olam haqidagi va o‘zimiz to‘g‘rimizdagi bilimla-
rimiz manbai hisoblanadi. Inson tevarak atrofdagi olam haqida ha-
misha axborot olib turishi kerak. 
Sezgilarning Arastu tomonidan alohida ajratib ko‘rsatilgan turlari 
mavjud: 
1) ko‘rish; 
2) eshitish; 
3) hid bilish; 
4) badanning tegishi orqali sezish;  
5) ta’m bilish.  
Sezgilar ma’lum bir qo‘zg‘atuvchining muayyan retseptorga ta’si-
ri natijasida hosil bo‘lgani uchun ham sezgilarning tasnifi ularni hosil 
qiladigan qo‘zg‘atuvchilarning va ana shu qo‘zg‘atuvchilar ta’sir 
qiladigan retseptorlarning xususiyatlariga asoslanadi. 
Aks etish xususiyatiga va retseptorlarning joylashgan o‘rniga qa-
rab sezgilar, odatda, uch guruhga ajratiladi:  
 
48


 
1) tashqi muhitdagi narsalar va hodisalarning xususiyatlarini aks 
ettiradigan hamda tananing yuzasida retseptorlari bo‘lgan ekstrotsep-
tiv sezgilar; 
2) tananing ichki a’zolarida va to‘qimalarida joylashgan hamda 
ichki a’zolarning holatini aks ettiradigan retseptorlarga ega bo‘lgan 
interotseptiv sezgilar; 
3) retseptorlari mushaklarda va paylarda o‘rnashgan propriotsep-
tiv sezgilar; ular gavdamizning harakati va holati haqida axborot berib 
turadi. 
Ekstrotseptivlarni ikki guruhga – aloqa bog‘laydigan kontakt va 
distant retseptorlarga ajratamiz. Aloqa bog‘laydigan reseptorlar ularga 
ta’sir qiladigan obyektlar bilan bevosita aloqa bog‘lagan paytda 
qo‘zg‘aydi; badanning tegishi orqali sezish, ta’m bilish retseptorlari 
shular jumlasidandir. Distant reseptorlar uzoqdagi obyektdan keladi-
gan qo‘zg‘atishdan ta’sirlanadi; distant retseptorlarga ko‘rish, eshitish, 
hid bilish retseptorlari kiradi. 
Sezgilar muayyan payt davomida retseptorga ta’sir o‘tkazayotgan 
qo‘zg‘atuvchining o‘ziga xos quvvatining asab jarayonlari quvvatiga 
aylanishi natijasida hosil bo‘ladi. Sezgi a’zolari faqat moslashuvchan-
lik, ijro qilish funksiyalarini bajaribgina qolmasdan, balki axborot 
olish jarayonlarida bevosita ishtirok etadigan harakat organlari bilan 
mustahkam bog‘langan. 
Sezgi asab tizimining u yoki bu qo‘zg‘atuvchidan ta’sirlanuvchi 
reaksiyalari tarzida hosil bo‘ladi va har qanday psixik hodisa kabi 
reflektorlik xususiyatiga egadir. 
Analizator uch qismdan tarkib topadi: 
1) tashqi quvvatni asab jarayoniga o‘tkazadigan maxsus trans-
formator hisoblangan periferik bo‘limi (retseptor); 
2) analizatorning periferik bo‘limini markaziy analizator bilan 
bog‘laydigan yo‘llarni ochadigan afferent (markazga intiluvchi) va 
efferent (markazdan qochuvchi) asablar; 
3) analizatorning periferik bo‘limlaridan keladigan asab signallari-
ning qayta ishlanishi sodir bo‘ladigan qobiq osti va qobiq (miyaning 
o‘zi bilan tugaydigan) bo‘limlari. 
Har bir analizatorlarning qobiq bo‘limida retseptor hujayralarning 
asosiy qismi jamlangan o‘zak, ya’ni markaziy qism va qobiqning turli 
 
49


 
joylarida u yoki bu miqdorda o‘rnashgan tarqoq hujayra qismlaridan 
tarkib topgan tashqi qismi bo‘ladi. 
Analizator asab jarayonlarining yoxud reflektor yoyining butun 
yo‘li manbai va eng muhim qismini tashkil etadi. Reflektor yoyi 
retseptordan, ta’sirotni miyaga olib boruvchi asab yo‘llari va effektor-
dan tarkib topgandir. 
Shunday qilib, sensor (emotsional) va motor (harakat) qismlarning 
uyg‘unlashuvi tufayli sensor (analizator) apparat reseptor ta’sir 
qilayotgan qo‘zg‘atuvchilarning obyektiv xususiyatlarini aynan aks 
ettiradi va shularning xususiyatlariga o‘xshab qoladi. 
Adaptatsiya 
yoxud moslashuv sezgi organlari sezgirligining 
qo‘zg‘atuvchi ta’siri ostida o‘zgarishi demakdir. 
Bu hodisaning uch xil turini alohida ko‘rsatish mumkin: 
– qo‘zg‘atuvchining uzoq muddat davomida ta’sir etishi jara-
yonida sezgining tamomila yo‘qolib qolishiga o‘xshaydi. Doimiy 
qo‘zg‘atuvchilar ta’sir qilgan taqdirda, sezgi yo‘qolib qolish xu-
susiyatiga ega. Masalan, terining ustiga qo‘yilgan yengilgina yuk tez-
dayoq sezilmaydigan bo‘lib qoladi. Hid bilish sezgilari atrof muhitga 
yoqimsiz hid yoyilganidan keyin ko‘p o‘tmay batamom yo‘qolib 
qolishi ham oddiy bir hodisadir; 
– adaptatsiya kuchli qo‘zg‘atuvchining ta’siri ostida sezgining 
zaiflashib qolishidir. Masalan: sovuq qo‘zg‘atuvchi hosil qiladigan 
sezgining jadalligi qo‘lni sovuq suvga solganda susayadi. Biz yarim 
qorong‘i xonadan yaxshi yoritilgan joyga chiqqanimizda, oldiniga 
ko‘zlarimiz qamashadi va tevarak atrofdagi biron-bir narsaning farqi-
ga yeta olmaydigan bo‘lib qolamiz, bir muncha vaqt o‘tgandan keyin 
esa ko‘rish analizatorlarining sezuvchanligi keskin susayib, biz 
odatdagidek ko‘ra boshlaymiz; 
– kuchsiz qo‘zg‘atuvchining ta’siri ostida sezgirlikning ortishi 
ham 
adaptatsiya 
deb ataladi.  
Analizator sezuvchanligining boshqa sezgi a’zolarining qo‘z-
g‘alishi ta’siri ostida o‘zgarishi 
sezgilarning o‘zaro munosabati 
deb 
ataladi. Sezgilarning o‘zaro munosabati xuddi adaptatsiya kabi ikkita 
bir-biriga qarama-qarshi jarayonda: sezuvchanlikning ortishi va 
pasayishida namoyon bo‘ladi. Bu o‘rinda umumiy qonuniyat shundan 
iboratki, analizatorning o‘zaro munosabatlarida kuchsizlari analizator-
larning sezuvchanligini oshiradi, kuchlilari esa susaytiradi.  
 
50


 
Analizatorlar o‘zaro munosabati va mashq qilish natijasida sezuv-
chanlikning ortishi 
sensibilizatsiya 
deb ataladi. Sezgi a’zolari sezuv-
chanligining o‘zgarish qonuniyatlarini bilgan holda maxsus tanlangan 
qo‘shimcha qo‘zg‘atuvchilarni qo‘llanish yo‘li bilan u yoki bu 
retseptorni sensibillashtirish, ya’ni uning sezuvchanligini oshirish 
mumkin. Sensibillashtirishga mashq qilish natijasida ham erishish 
mumkin. 
Sezgilarning o‘zaro munosabati 
sinesteziya 
deb atalmish yana bir 
hodisada namoyon bo‘ladi. Sinesteziya bir analizatorning qo‘zg‘alishi 
ta’siri ostida boshqa analizatorga xos sezgining hosil bo‘lishidir. 
Sinesteziya sezgilarning har xil turlarida kuzatiladi.  

Yüklə 325,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə