Namangan Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti



Yüklə 14,59 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü14,59 Kb.
#152214
tashqi taqriz


Namangan Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti
Geografiya” kafedrasi 60530400 Geografiya yo‘nalishi 1-bosqich talabasi
Karimboyeva Sevara Rustam qizining
Geografik qobiqning rivojlanish bosqichlari” mavzusidagi kurs ishiga
Taqriz

Mavzuning dolzarbligi: Bizga ma’lumki geografik qobiq sayyoramizdagi eng yirik geotizim, ya’ni Yerning qattiq (litosfera), suv (gidrosfera) havo (atmosfera), hamda hayot (biosfera) qobiqlarining o‘zaro tutashuvi va ta’siri doirasida vujudga kelgan va rivojlanayotgan juda murakkab yaxlit tabiiy tizimdir. Aynan manashu geografik qobiq insoniyatning yashash va ishlab chiqarish faoliyati muhiti, tabiiy resurslarning asosiy manbayi hisoblanadi. Geografik qobiqning rivojlanishi juda qadimdan buyon rivojlanib va shakllanib kelmoqda.
Ayni paytda geografik qobiqning rivojlanishiga insonning xo‘jalik faoliyati (texnika inqilobi, kosmik asr) sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatmoqda. Bular tabiatni muhofaza qilish, ekologik, demografik muammolarni keltirib chiqaradi. Shulardan biri o‘lkamizdagi Orolbo‘yi ekologik muammosidir
Sevara Karimboyeva tomonidan tayyorlangan kurs ishi 5 ta rejadan iborat bo‘lib, uning kirish qismi geografik qobiq va uning rivojlanishi, asosiy qismi esa fanerozoy, kaynozoy va to‘rtlamchi davrda geografik qobiqning rivojlanishi yoritilgan. Ushbu davrlarda geografik qobiqning rivojlanishi yaxshi o‘rganilgan va qo‘yilgan rasmlar o‘z o‘rnida qo‘llanilgan.
Ushbu kurs ishida imlo xatolariga deyarli yo‘l qo‘yilmagan va har bir reja ma’lumotlari o‘z o‘rnida foydalanilgan. Ish bilan tanishilga jadval va sxemalardan foydalanilmaganlik holati aniqlandi, agarda qo‘llanilganda ishni saviyasi oshgan bo‘lar edi. Ushbu ko‘rsatilgan kamchiliklar ishning amaliy jihatlariga hech qanday ahamiyat kasb etmaydi va uning himoyasi uchun ta’sir ko‘rsatmaydi.
Xulosa qilib aytganda, Karimboyeva Sevara Rustam qizining “Geografik qobiqning rivojlanish bosqichlari” mavzusidagi kurs ishi dolzarbligi, ilmiy va amaliy jihatlariga ko‘ra to‘la tugallangan va uni himoyaga tavsiya etish mumkin.

TAQRIZCHI:
Yüklə 14,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə