O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi 1-o‘quv kursi 124-guruh kursanti Abduraxmonov Toshmurod Dilmurod o‘g‘liga fikrnom a abdurahmonov Toshmurod Dilmurod o‘g‘li



Yüklə 18,33 Kb.
səhifə1/3
tarix28.09.2023
ölçüsü18,33 Kb.
#124602
  1   2   3
fikrnoma


O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi 1-o‘quv kursi
124-guruh kursanti Abduraxmonov Toshmurod Dilmurod o‘g‘liga



F I K R N O M A


Abdurahmonov Toshmurod Dilmurod o‘g‘li 2022-2023-o‘quv yilidan buyon O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida tahsil olib kelmoqda. Bugungi kunda Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi 1-o‘quv kursi
124-guruhida ta’lim olayotgan T.Abduraxmonovda vatanparvarlik tuyg‘usi kuchli shakllangan, dunyoqarashi keng, mantiqiy mushohada yuritish qobiliyati yaxshi rivojlangan, muammoli vaziyatlarda tezkorlik bilan to‘g‘ri yechim qabul qila oladi. Xarakteri og‘ir, bosiq, har qanday vaziyatda ham muvozanatni yo‘qotmaydi. U intizomli, zimmasiga yuklatilgan har qanday topshiriqqa nisbatan mas’uliyat va faollik bilan yondashadi, namunali xulqi, tirishqoqligi, chidamliligi, irodaliligi bilan atrofdagilarga o‘rnak bo‘la oladi, yetakchilik qobiliyatiga ega.
T.Abduraxmonov O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va bir qator vazirliklar tomonidan o‘tkazilgan fan olimpiadalari va respublika tanlovlarida faxrli o‘rinlarni egallagan. O‘nga yaqin ilmiy maqolalar muаllifi.
Joriy yilning 10-12 iyun kunlari Toshkent viloyati Bostonliq tumanida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Adliya vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oliy ta’lim, fan innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ittifoqining qo‘shma qaroriga ko‘ra yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, qonun ustuvorligini ta’minlash, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonun hujjatlariga hurmat hissini tarbiyalash, yoshlarning siyosiy faolligini yuksaltirish, ularning huquqiy tarbiyasiga salbiy ta’sir qiluvchi omillarga nisbatan immunitetni shakllantirish, qonun buzilishi va korrupsiya holatlariga nisbatan murosasizlik hissini uyg‘otish maqsadida yoshlar o‘rtasida tashkil etilgan respublika miqyosidagi “Yoshlar va qonun” tanlovida jamoa sardori sifatida ishtirok etib 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan. Akademiya iqtidorli kursantlar kengashi a’zosi.
Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida boshqa turdosh ta’lim muassasalari bilan o‘tkazilgan “Konstitutsiya bilimdoni”, “Mardlar bellashuvi” tanlovlarda, Toshkent davlat transport instituti tashabbusi bilan Toshkent shahrida joylashgan huquqshunoslik yo‘nalishiga ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Konstitutsiya bilimdoni” tanlovida faxrli 1-o‘rini egallagan.
Biz T.Abduraxmonovning kelajakda jamiyatimiz uchun foydali inson bo‘lib yetishishiga ishonch bildiramiz.



Yüklə 18,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə