O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi 1-o‘quv kursi 124-guruh kursanti Abduraxmonov Toshmurod Dilmurod o‘g‘liga fikrnom a abdurahmonov Toshmurod Dilmurod o‘g‘li



Yüklə 18,33 Kb.
səhifə3/3
tarix28.09.2023
ölçüsü18,33 Kb.
#124602
1   2   3
fikrnoma

Jinoyat-protsessual huquqi
kafedrasi boshlig‘i o‘rinbosari, y.f.b.f.d M. Mo‘minov


O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Sirdaryo akademik litseyining 3-bosqich 302-guruh o’quvchisi Abdurahmonov Toshmurod Dilmurod o’g’liga
FIKRNOMA
Abdurahmonov Toshmurod Dilmurod o’g’li 2019-2020-o’quv yilidan buyon O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Sirdaryo akademik litseyida tahsil olib kelmoqda. Bugungi kunda akademik litseyning 3-bosqichi
302-guruhida tahsil olmoqda.
T.Abdurahmonov litseyning kundalik hayotida va jamoat ishlarida faol ishtirok etadi, xulqi namunali, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, sport tadbirlarida muntazam va faol qatnashadi. Kitob o’qishga qiziqishi kuchli, litsey miqyosida o’tkazilgan “Yosh kitobxon” tanlovining g’olibi bo’lgan. O’zidagi barcha ijobiy sifatlari uchun 1-bosqichdan boshlab guruh sardori vazifasini mas’uliyat bilan to’laqonli bajarib, guruhdoshlariga ibrat bo’lib kelmoqda. Unda vatanparvarlik tuyg’usi kuchli shakllangan, dunyoqarashi keng, mantiqiy mushohada yuritish qobiliyati yaxshi rivojlangan, muammoli vaziyatlarda tezkorlik bilan to’g’ri yechim qabul qila oladi. Xarakteri og’ir, bosiq, har qanday vaziyatda ham muvozanatni yo’qotmaydi. U intizomli, zimmasiga yuklatilgan har qanday topshiriqqa nisbatan mas’uliyat va faollik bilan yondashadi, namunali xulqi, tirishqoqligi, chidamliligi, irodaliligi bilan atrofdagilarga o’rnak bo’la oldi, yetakchilik qobiliyatiga ega.
T.Abduraxmonov O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan 2021-yilning 23-24-mart kunlari vazirlik akademik litseylari o’quvchilari o’rtasida o’tkazilgan “Huquqshunoslik” fan olimpiadasida faxrli 1-o’rinni egallagan.
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Adliya vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi, Yoshlar ittifoqining qo’shma qaroriga ko’ra yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, qonun ustuvorligini ta’minlash, ta’lim muassasalari o’quvchilarining huquqiy savodxonligini oshirish, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonun hujjatlariga hurmat hissini tarbiyalash, yoshlarning siyosiy faolligini yuksaltirish, ularning huquqiy tarbiyasiga salbiy ta’sir qiluvchi omillarga nisbatan immunitetni shakllantirish, qonun buzilishi va korrupsiya holatlariga nisbatan murosasizlik hissini uyg’otish maqsadida umumiy o’rta ta’lim muassasalari, akademik litseylar, Temurbeklar maktablari, ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar, kasb-hunar kollejlari o’quvchilari o’rtasida tashkil etilgan respublika miqyosidagi “Yoshlar va qonun” tanlovida guruh sardori sifatida ishtirok etib, uning guruhi
1- o’rinni qo’lga kiritgan. 2021-yil noyabr oyida O’zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan o’rta-maxsus va professional ta’lim muossasalari o’quvchilari o’rtasida o’tkazilgan ,,Mehnat huquqi bilimdoni” respublika tanlovida 2-o’rin, 2021-yil dekabr oyida Ichki ishlar vazirligi tomonidan o’tkazilgan ,,Ichki ishlar vazirligi idoraviy akademik litseylari va Temurbeklar maktabi o’rtasida o’tkazilgan zakovat intellektual o’yinida” jamoa sardori sifatida ishtrok etib 1-o’rini egallagan.Ichki ishlar vaziri stipendiyasi sohibi.
Biz T.Abduraxmonovning kelajakda jamiyatimiz uchun foydali inson bo’lib etishishiga ishonch bildiramiz.

Ijtimoiy-gumanitar fanlar


kafedrasi rahbari: B.S.Boboev
Yüklə 18,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə