Yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirish



Yüklə 286,43 Kb.
səhifə1/4
tarix05.06.2018
ölçüsü286,43 Kb.
  1   2   3   4

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI O’RTA MAXSUS, KASB – HUNAR TA’LIMI MARKAZI

FARG’ONA VILOYATI O’RTA MAXSUS, KASB – HUNAR TA’LIMI HUDUDIY BOSHQARMASI

YOSHLARDA MAFKURAVIY IMMUNITETNI SHAKLLANTIRISH

e:\kere ma\'lumaot\malaka oshirish\расм\57.bmp

O’QUV QO’LLANAMA

FARG’ONA

Mas’ul muharrir:

Mualliflar:

I.Nosirov – O’rta maxsus, kasb – hunar ta’limi hududiy boshqarmasi boshlig’i

G. Xojayeva – Farg’ona Davlat Universiteti qoshidagi 3-sonli akademik litsey “Milliy istiqlol g’oyasi” fani o’qituvchisi
Taqrizchilar:

F.f.n., B.Tolipov

F.f.n., D.Normatova
Mazkur o’quv-qo’llanma oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida tahsil olayotgan talaba-yoshlar, xususan, akademik litsey va kasb – hunar kollejlari o’qituvchi va o’quvchilari, oliy ta’limda magistrlar, katta ilmiy xodimlar, mustaqil izlanuvchilar hamda mazkur sohada ilmiy faoliyat olib borishi uchun hamda oliy o’quv yurtlarida ta’lim berayotgan professor-o’qituvchilar ”Milliy istiqlol g’oyasi”, “Ma’naviyat asoslari”, “Madaniyatshunoslik”, “Ma’naviyatshunoslik” fanlari hamda Prezident asarlarini o’rganish bo’yicha dars jarayonida foydalanish uchun mo’ljallangan.

Farg’ona davlat universiteti Ilmiy Kengashi tomonidan 2014 yil ___ _________ ___ -sonli yig’ilishida nashrga tavsiya etilgan


Kirish
Hozirgi murakkab sharoitda xalqimiz, avvalo, o'sib-unib
kelayotgan yosh avlodimiz ongi va qalbida mafkuraviy immunitet
hosil qilish muhim ahamiyatga ega. Bu ishni bamisoli yosh
niholga mevali daraxt kurtagini payvand qiladigan usta bog'bondek
noziklik va mehr bilan, oqilona yo'l bilan amalga oshirish lozim.


Islom Karimov
Hozirgi davr – bunyodkor va vayronkor g’oyalarning o’zaro kurashi kuchaygan davr. Nima uchun kishilarning ongi va qalbi uchun kurash turli mafkuralarning bosh maqsadiga aylanib qoldi? Chunki muayyan g’oya tom ma’noda g’oya bo’lishi uchun inson qalbidan mustahkam joy olishi va kishilar ongini egallashi zarur. Insoniyat tarixidan ma’luumki, qaysi bir davlatni ikkinchi bir davlat o’ziga mustamlaka, tobe’ bo’lishi uchun unga nisbatan kuchli qo’shin yordamida qurolli hujum uyushtirgan. Hozirgi davrga kelib esa harbiy texnika yuksak darajada rivojlangan va ayrim davlatlarning o’z yadro quroliga ega ekanligi, davlatlarni bir – biriga harbiy salohiyat jihatidan tenglashtirdi.

Bugungi kunda dunyoning ayrim siyosiy kuchlari o’z ta’sir doiralarini kengaytirish maqsadini har qanday yo’l bilan amalga oshirish maqsadida mafkuraviy poligon hosil qilishdi.Ya’ni, muayyan mafkuraviy ta’sir natijasida insonlar ongi va shuurini zabt etib, ularning qarashlarini o’zlarining yo’nalishiga yo’naltirib, natijada biror yerlik aholi ko’magida har qanday boylik, tabiiy resurslarga egalik qilishni o’z oldilariga maqsad qilib qo’yishgan.

Shunday ekan, mafkuraviy ta’sir va tahdidlar haqida gap ketar ekan, ularni aniqlash, baholash, xususiyatlarini ko’rsatish uchun O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan “ mafkuraviy immunitet “ ,

“ mafkuraviy profilaktika “ tushunchalari mazmunini chuqur o’rganishimiz talab etiladi. Chunki aynan ushbu tushunchalar yoshlarning dunyoqarashi va ongida sog’lom fikrlar paydo bo’lishi va rivojlanishini ta’minlovchi asos hisoblanadi. Yoshlarimizni turli mafkuraviy hurujlardan himoyalash barchamizning burchimizdir.

Dunyo miqyosida va mamlakatimiz ichida o’zlarining g’ayriinsoniy g’oyalarni tarqatishga urinayotgan, yoshlarimizning pok va beg’ubor qalbiga ta’sir etishga intilayotgan turli siyosiy kuchlarning o’y – fikrlari, g’oyaviy maqsad – muddaolari barchamizga ayon. Shuning uchun ham biz yoshlarimizdagi o’zlikni anglash, milliy g’urur va iftixor, ajdodlar tarixiga hurmat va qadriyatlarni e’zozlash ko’nikmalrini kuchaytirib borishimiz muhim ahamiyatga ega. Zero, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar inson va uning farovon hayoti uchun, yoshlar va ularning yorqin kelajagi uchun amalga oshirilmoqda. Buni yorqin misolini yildan – yilga yoshlarmiz uchun bunyod etilayotgan ta’lim muassasalari, sport inshootlari va ko’plab yaratib berilayotgan keng imkoniyatlardan ko’rishimiz mumkin. Prezidentimizning “ O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora – tadbirlari tog’risida” gi qarori ham yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlovchi, qat'iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va chuqur bilimlarga ega bo’lgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalash, ularda turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish maqsadini ko’zlaydi.

Quyidagi e’tiboringizga havola etilayotgan mavzu va tushunchalar sizlarni befarq qoldirmaydi va o’ylashga, fikr – mulohazaga, ogoh va hushyor bo’lib yashashga undaydi, degan umiddamiz.




I bo’lim

HOZIRGI ZAMONDA INSON QALBI VA ONGI
UCHUN KURASH



Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasi

Dunyoning siyosiy,iqtisodiy, madaniy qiyofasi bo'lgani kabi, mafkuraviy manzarasi ham bor.



Dunyoning mafkuraviy manzarasi deganda, odamlarning qalbi va ongini egallash uchun olib borilayotgan kurash qayerda qanday kechayotgani, bu yo'lda qaysi joyda qanday usul va vositalar qo'llanayotgani, qaysi hududning qanday g'oya va mafkuraviy poligon ta'sirida ekanligi tushuniladi.

Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasida inson qalbi va


ongiga ta'sir o'tkazuvchi turli xil vositalar bilan kurash olib boruvchi
mafkuraviy poligonlar faoliyati tobora yaqqolroq ko'zga
tashlanmoqda. Bunday mafkuraviy poligonlar jangovar qurollar
bilan emas, balki, avvalo, inson qalbi va ongiga ta'sir o'tkazuvchi
g'oyaviy qurollar bilan kurashish jarayonining kuchayib ketishi
natijasida paydo bo'lmoqda.

Bizga geografiya fanidan yaxshi ma'lumki, dunyo hududiy


jihatdan turli mintaqa va qit'alarga bo'linadi. Shu bois jahonning
siyosiy xaritasiga qarab va davlatlarning chegaralarini hisobga
olib, Yer yuzidagi hududiy bo'linishni bemalol tasavvur qila olamiz.

Bular — qat'iy chegaraga ega bo'lgan hududlar. Lekin insoniyat


XXI asrga kelib, chegara bilmaydigan muammolarga duch keldi.
Turli mintaqaviy, diniy-etnik, tajovuzkor millatchilik va shovinizm
asosidagi mojarolar, ekologiya falokatlari, ma'naviy tanazzul,
giyohvandlik, terrorchilik kabi muammolar shular jumlasidandir.

Shuningdek, globallashuv jarayonlari, axborot oqimining


tezlashuvi ham bir talay muammolarni yuzaga keltirmoqda. Eng
yomoni, turli mafkuraviy vositalar orqali dunyoda o'z ta'sir
doirasini kengaytirib, insonlar qalbi va ongini zabt etishga, shu
tariqa butun-butun xalqlar va davlatlarni o'z yo'rig'iga yuritishga
intilayotgan kuchlarning paydo bo'layotganidir.

Inson qalbi va ongini egallash uchun kurash kuchayib bormoqda.


Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasini belgilovchi asosiy
tamoyil ham shundan iborat.

«Poligon» grekcha so'z bo'lib, serqirra degan ma'noni bildiradi.
Biz, odatda, poligon deganda qurol-aslaha va texnika sinaladigan,
qo'shinlar harbiy tayyorgarlikdan o'tkaziladigan yoki harbiy mashq
va mashg'ulotlar olib boriladigan maxsus maydonni tushunamiz.

Tarix tajribasidan ma'lumki, o'zga hududlarni zabt etish yoki


himoyalanish maqsadida urush qurollari uzluksiz takomillashtirib
borilgan. Ularning barchasi ehtimol tutilgan dushman askarlari va
aholisini yo'q qilishga qaratilgan edi. Bugungi kunda esa, o'zga
hududlarni zabt etish uchun ularning aholisini qirib tashlash yoki
jismonan asir qilib olish shart emas.

Chunki tajovuzkor g'oya va mafkura bilan qalbi va ongi zabt


etilgan xalq shusiz ham yov qo'liga taslim bo'ladi.

«Mafkuraviy poligon» tushunchasini birinchi marta Prezidentimiz Islom Karimov «Tafakkur» jurnali bosh muharriri savollariga javoblarida qo'lladi1.
Mafkuraviy poligon deb, odamlarning qalbi va ongini egallashga
qaratilgan g'oya yoki mafkurani ham mablag', ham zamonaviy
texnikaviy vositalar bilan kuchlantirib, moddiy va ma'naviy
qurollarini ishga solib, dunyodagi axborot va fikr oqimini o'z
manfaati yo'lida boshqarib turgan, muayyan niyatiga yetish uchun
ishlatadigan va bu borada xilma-xil tarzda namoyon bo'ladigan
harakatlarni amalga oshiradigan g'oyaviy markazga aytiladi.
Yurtboshimiz aytganidek, «Bugungi kunda odamzod ma'lum bir
davlatlar va siyosiy kuchlarning manfaatlarigagina xizmat qiladigan,
olis-yaqin manbalardan tarqaladigan, turli ma'no-mazmundagi
mafkuraviy kuchlarning ta'sirini doimiy sezib yashamoqda».

Biror mamlakatga nisbatan harbiy hujum yoki iqdisodiy zarar yetkazishni osongina ko'rish va sezish mumkin. Ammo mafkuraviy ta'sir bunday emas.


Uning ta'siri radio, televideniye, gazeta-jurnal, internet, umuman, hamma axborot vositalari orqali kirib kelaveradi. Ular odamlarga uyda ham, ko'chada ham, ishda ham ta'sir etadi. Yadro poligonida tayyorlagan qurol faqat muayyan hududni vayron qiladi, ammo mafkura poligonidan tarqaladigan, sirtdan bezarar bo'lib tuyuladigan turli axborotlar, filmlar, badiiy asarlar, o'yinchoqlar,
kundalik ehtiyoj mollari esa, avvalo, insonlarning nozik his - tuyg'ulariga ta'sir etib, ularning qalbi va ongini egallashga qaratilgandir.

Masalan, «diniy adabiyot» niqobi ostida xorijdan


olib kelina yotgan ayrim kitoblarda dinga siyosiy tus beriladi, jihod haqida noto'g'ri ma'lumotlar bayon qilinadi va oqibatda, dinning mohiyatini bilmagan yoshlar bunday targ'ibotlarga ishonib, noto'g'ri yo'lga kirib ketishi mumkin. Yoki behayolikni, vahshiylik va zo'ravonlikni targ'ib etadigan filmlar ham ba'zi mafkuraviy poligonlardan tarqatilayotgan zararli ta'sirlardir. Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasida ikkita kuchning o'zaro kurashi aniq ko'zga tashlanmoqda, buning birinchisi xalqlarni taraqqiyot sari yetaklayotgan ilg'or mafkura, ikkinchisi esa ularning yo'liga g'ov bo'lishga urinayotgan zararli va buzg'unchi mafkuralardir.

Hozirgi vaqtda mafkuraviy vositalar orqali o'z ta'sir doirasini kengaytirishga
intilayotgan siyosiy kuchlar va harakatlar ham yo'q emas. Tajovuzkorlik,
millatchilik va shovinizm, neofashizm va fundamentalizm, irqchilik va
aqidaparastlik mafkuralari shular jumlasidandir. Prezidentimiz «Bugungi zamonda mafkura poligonlari yadro poligonlariga nisbatan ham ko'proq kuchga ega» deb bejiz uqtirmaganlar.

Erkin va farovon hayot asoslarini yaratib, yanada olg'a


intilayotgan ilg'or mamlakatlar o'z mafkuralarini umuminsoniy
qadriyatlar va demokratik tamoyillar negizida rivojlantirmoqda.
Chunki bunday mafkura insonning o'z salohiyatini erkin namoyon
etishi uchun imkon beradi. Jumladan, Vatanimizning butun kuch-
qudrati, yaratuvchilik iste'dodi yurtimizni yanada ravnaq toptirish,
tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash, shu muborak zaminda
yashayotgan barcha insonlar uchun farovon hayot poydevorini
yaratishga qaratilgan. Shu bilan birga, bugungi tajovuzkor
millatchilik, shovinizm, neofashizm, irqchilik va diniy ekstremizm
kabi zararli mafkuralar taraqqiyotga moslashib, yangi shakllarda
bosh ko'tarmoqda. Masalan, sobiq Yugoslaviya hududidagi
tajovuzkor millatchilik, hududiy ayirmachilik asosidagi
to'qnashuvlar, Afg'oniston hududida uya qurib olgan diniy
ekstremistik kuchlar bunga misol bo'la oladi.

Diniy ekstremizm dinni niqob qilib olib, zo'ravonlik asosida


konstitutsion tuzumga tajovuz qiluvchi, uni o'zgartirishga urinuvchi jinoyatkor xatti-harakatdir. U bugungi kunda ko'plab mintaqa va
mamlakatlarda uchrab turibdi. Hozirgi davrda mafkuraviy
jarayonlar o'ziga xos qator xususiyatlar kasb etmoqda. Bunda
mafkuraviy jarayonlarning, bir tomonidan, demokratiyalashuvi,
insonparvarlashuvi, ya'ni fikrlar xilma-xilligi va rang-barang siyosiy
kuchlarning tolerantligi namoyon bo'lmoqda. Ikkinchi tomondan
mafkuraviy jarayonlar siyosiylashish, inson va jamiyat hayotining
barcha sohalariga umumiy ta'sir ko'rsatish xususiyatiga ega
bo'lmoqda. Uchinchidan, mafkuraviy jarayonlarning milliy davlatlar
chegarasida qolib ketmaslik, globallashuv, integrallashuv va
differensiallashuv kabi xususiyatlari ko'zga tashlanmoqda. Bugungi
kunning mafkuraviy manzarasiga ijtimoiy jarayonlarning
globallashuvi ham kuchli ta'sir ko'rsatmoqda. Bu hol axborot tarqatish tizimining, jumladan, internet tarmog'ining butun yer
yuzini qamrab olishi bilan ham bog'liqdir. Endilikda dunyoning
bir burchagida qandaydir yangilik paydo bo'lsa, u darhol,
mafkuraviy maqsadlarga bo'ysundirilgan holda, butun jahonga
tarqaladi.

Masalan, dunyoning biron-bir mintaqasida texnik sabab yoki


tabiat hodisalari natijasida baxtsizlik sodir bo'lsa, bir mafkuraviy
markaz o'ziga dushman bo'lgan boshqa markazni ayblashga
tushadi. Ya'ni «bu fojiada falon markazning qo'li bor», deb butun
dunyoga jar soladi. Bu jarayonda qaysi markazning axborot
tarqatish imkoniyati ko'p bo'lsa, odamlarga nima ta'sir etishini,
ular nimaga muhtoj ekanini kim oldindan yaxshiroq bilsa, dastlab
o'sha kuch ularning qalbi va ongiga o'z nuqtayi nazarini singdiradi
va axborot jangida yengib chiqadi.

Shuning uchun bugungi kunda dunyodagi turli kuch va


markazlar o'rtasida axborot jangi yetakchi o'ringa chiqmoqda.
Aslida turli mafkuralar ba'zi odamlarning soddaligidan foydalanib,
mana shunday kurashlar orqali siyosiy maqsadlarni ko'zlaydi, ya'ni
jahon maydonlarini mafkuraviy jihatdan bo'lib olishga urinadi.

qadriyatlariga, ajdodlarining boy merosi va ma'naviyatiga ega


bo'lgan xalqimiz bunday «da'vat»larga uchmadi, milliy va
umumbashariy qadriyatlar, mustaqil taraqqiyotimiz tajribalari va
bugungi sivilizatsiya yutuqlari asosida o'z mafkurasini ishlab
chiqishga kirishdi.

Bunday xavf-xatarlarga qarshi turish uchun xalqimizda, avvalo,


yosh avlod qalbida mafkuraviy immunitetni shakllantirish taqozo
etiladi.

Immunitet (lotincha — ozod bo'lish, qutulish ma'nosidagi
immunitas so'zidan olingan) deganda organizmdagi mo'tadillikni
saqlab, uni turli tashqi ta'sirlardan, infeksiyalardan himoya qilishga
qodir bo'lgan muhofaza tizimi tushuniladi.


«Mafkuraviy immunitet» tushunchasini birinchi bor Prezidentimiz Islom Karimov ishlatgan va uning mohiyatini quyidagicha tushuntirib bergan: «Ma'lumki, har qanday kasallikning oldini olish uchun, avvalo, kishi organizmida unga qarshi immunitet hosil qilinadi. Biz ham farzandlarimiz yuragida ona Vatanga, boy tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sog'lom munosabatni qaror toptirishimiz, ta'bir joiz bo'lsa, ularning immunitetini kuchaytirishimiz zarur»2

Milliy g'oya asosidagi mafkuraviy immunitet, avvalo, har bir


yurtdoshimizning mustaqil e'tiqod va dunyoqarashga ega bo'lishini
taqozo etadi. U Prezidentimiz Islom Karimov asarlarida ilgari
surilgan oliyjanob g'oyalar, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohot
natijalari, Vatanimiz va dunyo tarixi, milliy va umumbashariy
qadriyatlar, zamonaviy sivilizatsiya yutuqlariga doir bilim hamda
tasavvurlarga tayanadi.

Sog'lom immunitetga ega bo'lmagan odam sog'lom e'tiqod va


dunyoqarashdan ham mahrum bo'ladi. Bunday kishilar yaxshi
bilan yomonning, ezgulik bilan jaholatning farqiga bormaydi. Ular
uchun xalq va Vatan manfaatlari begona.

Sog'lom immunitetli odam o'zini yomon ishlardan tiyadi, nohaqlik va zulmga qarshi qalbida norozi bo'lib, o'z nafratini bildiradi. Binobarin, yomonlikka


qarshi nafrat, yaxshilikka nisbatan muhabbat va xayrixohlik
sog'lom immunitetning asosiy belgilaridandir. Mafkuraviy
immunitetning asosiy xususiyatlari ogohlik, fikrga qarshi fikr,
g'oyaga qarshi g'oya, jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurasha olish
ko'nikmalaridir. Bu tamoyillarni Prezidentimiz asoslab bergan.

Ogohlik dunyodan, yon-atrofda bo'layotgan o'zgarishlardan,


odamlar va xalqlarning orzu-intilishlaridan doimiy boxabar bo'lib
yashashdir. Mana shunday qoidani hayot qonuniga aylantirgan
xalq hayotda paydo bo'layotgan muammolarni vaqtida hal etadi,
tajovuzkor kuchlarning har qanday g'oyaviy hamlalariga qarshi
munosib zarba bera oladi.

Yovuz g'oyalar mamlakatimizda tanlangan demokratik, tinch taraqqiyot yo'liga qarshi qaratilganligini Andijonda sodir etilgan terrorchilik harakatlari yana
bir bor tasdiqladi. Bu to'g'rida Islom Karimov shunday deydi:
«Xalqaro ekstremistik guruhlar tomonidan puxta o'ylab, tashkil
etilgan bu yovuz harakatlar, avvalambor, tinch, osuda hayotimiz
va orzuimizni buzishga, O'zbekistonni o'zining mustaqil yo'lidan
qaytarishga, yurtimizda konstitutsion tuzumni ag'darish, qandaydir
«xalifalik davlatini» o'rnatishdek xomxayollarni amalga oshirishga
qaratilgani bugun barchamizga ayon».

Bu mudhish xodisa oqibatida ko'pgina odamlar halok bo'lishining tegishli sabablarini yoshlar yaxshi bilishlari, tushunishlari lozim. Bu qo'poruvchilik harakatining chetdan turib tashkil etilgani, bunga uzoq tayyorgarlik ko'rilgani, katta mablag' ajratilganini ta'kidlash lozim. Bu har bir kishini, yoshlarni ogoh bo'lishga, unga befarqqaramaslikka undaydi. Shundagina turli tahdid va xavf-xatarlarning oldini olgan bo'lamiz. Xuddi shuningdek, fikrga qarshi fikr, g'oyaga qarshi g'oya,
jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashga intilish hissi inson qalbidagi
sog'lom e'tiqod, uning ongidagi sog'lom dunyoqarash
shakllanganidan, u endilikda o'z-o'zini himoya qila olish qobiliyatiga
ega bo'lganidan dalolat beradi.

Shunday qilib, mafkuraviy immunitet bugungi kunda hayotiy


zarurat bo'lib, u xalqimizni yot va zararli g'oyalar xurujidan
asrashda, yurtimiz bolalarini sog'lom va barkamol qilib voyaga yetkazishda, ko'zlagan oliyjanob maqsadlarimizga erishishda muhim
ahamiyatga egadir.

e:\kere ma\'lumaot\malaka oshirish\расм\zemla.bmp

e:\kere ma\'lumaot\malaka oshirish\расм\milit_1.jpg

Markaziy Osiyodagi mafkuraviy tahdidlar va ularga qarshi ogohlik
Markaziy Osiyo mamlakatlari o’z mustaqilligini qo’lga kiritib, taraqqiyot sari qadam tashlayotgan hozirgi sharoitda ham jahonda ma’lum bir siyosiy kuchlar, mafkuraviy poligonlar ulkan iqtisodiy salohiyat va qulay geopolik mavqega ega bo’lgan bu mintaqani o’z manfaatlari doirasiga tortish harakatlaridan to’xtagani yo’q. Ular o’z maqsadlariga erishish uchun ta’sir va bosim o’tkazishning barcha shakllarini qo’llamoqdalar. Jumladan, Markaziy Osiyo mamlakatlarining o’zaro iqtisodiy integratsiyalashuv jarayoniga to’sqinlik qilish, ularda o’zaro bir – birlaridan norozilik kayfiyatini uyg’otish kabi mafkuraviy ta’sir o’tkazish holatlari sodir bo’layotganligini ta’kidlash mumkin.

Taraqqiyotga nisbatan xavf-xatarlardan biri buyuk davlatchilik shovinizmidir. Buyuk davlatchilik shovinizmini, Prezident Islom Karimov ta’kidlaganidek: «Muayyan kuchlar va davlatlar tomonidan bo’ladigan siyosiy, mafkuraviy va iqtisodiy hukmronlik deb yoki millatlararo va davlatlararo, mintaqaviy munosabatlarda unga intilish deb tahriflash mumkin.

Shovinizm ba’zi ko’p sonli millatlarning nafaqat ko’p millatli imperiya doirasida, balki uni o’rab turgan jug’rofiy - siyosiy makonda ham o’zining mutlaq hukmronligini o’rnatish uchun kurashda namoyon bo’ladi»3.

Ko’rinib turibdiki, buyuk davlatchilik shovinizmi g’ayriinsoniy xarakterga ega. Zero, u o’z mohiyatiga ko’ra milliy tengsizlikni oqlash, targ’ib – tashviq qilish hamda himoya qilishning o’ziga xos shaklidir.



Buyuk davlatchilik shovinizmi paydo bo’lishining sabablari nimada? Tarixga nazar tashlaydigan bo’lsak, bugungi kunda buyuk davlatlar maqomiga ega bo’lgan ayrim mamlakatlar ko’pgina mintaqalarni o’zlarining «hayotiy manfaatlari» hududi sifatida bosib olib, uzoq vaqt mustamlakachilik siyosati yurgizganiga ishonch hosil qilish mumkin. Aynan bosib olingan hududlarning tabiiy xom ashyo resurslaridan foydalanish, bu mamlakatlarning moddiy va ma’naviy boyliklarini o’zlashtirish ularga ulkan va qudratli davlatga aylanishga imkoniyat yaratdi. Buning oqibati o’laroq, o’z atrofidagi mamlakatlar va xalqlar bilan munosabatda o’zini ustun, tanho va yagona deb bilish, insoniyat taqdiri, xalqlar kelajagini belgilashda alohida mavqega da’vogarlik ifodasi sifatida baholanishi mumkin bo’lgan mumtozlik mafkurasi tarix sahnasiga chiqdi. Bunday mafkura davlat siyosatining asosiga aylanganda uzoq davom etgan qonli urushlar kelib chiqishi, butun bir mintaqalarning vayron bo’lishi, ko’plab xalqlarning qaram qilinishini isbotlovchi misollarni ko’plab keltirish mumkin.

Iqtisodiy imkoniyatlari zaiflashgan, ijtimoiy totuvlikka zil ketgan, ichki ziddiyatlar kuchaygan, Vatan, millat taqdiridan o’zining tor manfaatlarini ustun qo’yadigan, o’zaro kelisha olmayotgan, hokimiyatga dahvogar siyosiy guruxlarning mavjud muammolarni tashqi kuchlar yordamida hal qilishga urinishi va ma’naviy-ruhiy parokandalik, ertangi kunga ishonchsizlik tuyg’ulari hukmron bo’lgan mamlakatlar buyuk davlatchilik shovinizmi nishoniga aylanishini zamonaviy tarix ham ko’rsatib turibdi.

Afsuski, bizning o’lkamiz ham buyuk davlatchilik shovinizmining falokatli ta’siridan chetda qolmadi. «U ham uzoq vaqt davomida hukmron shovinistik va agressiv millatchilik g’oyalarining butun jafolarini tortib keldi,- deb yozadi Islom Karimov.- O’zbekiston Rossiya imperiyasi, so’ngra esa sobiq Sovet imperiyasi tarkibida majburan ushlab turilgan murakkab davrni boshdan kechirdi» 4.

Buyuk davlatchilik shovinizmining xavfi bunday pozitsiyada turgan kuchlar, davlatlarning iqtisodiy, siyosiy yoki harbiy salohiyatining kattaligidagina emas, balki axborot orqali va mafkuraviy yo’l bilan tazyiq ko’rsatish imkoniyatlarining kengligida, ular qo’lidagi g’oyaviyta’siro’tkazish vosita va mexanizmlarining xilma-xilligida hamdir.

Buyuk davlatchilik shovinizmi bugungi kunda pansovetizm bilan o’ziga xos tarzda qo’shilib ketmoqda. Pansovetizm tushunchasi uzoq vaqt davomida bir ittifoq doirasida yashash natijasida ijtimoiy-madaniy hayotda yuzaga kelgan muayyan yaqinlik, o’xshashlik, umumiylik, iqtisodiy aloqadorlik va bog’liqlikni mutlaqlashtirishga asoslangan. Ammo, Prezidentimiz o’rinli ta’kidlaganidek, bunday qarashlar ortida ham sodda kishilarning bosh-ko’zini aylantirib, o’z umrini yashab bo’lgan g’oyalarini hayotimizga qaytadan tiqishtirishga, shu yo’l bilan yana eski tuzumni tiklashga, bir so’z bilan aytganda, milliy o’zligimizni yo’qotishga qaratilgan intilish yotganligini yoddan chiqarmaslik zarur.

Buyuk davlatchilik shovinizmining pansovetizm bayrog’i ostida jonlanishining sabablari nimada? Jiddiy tahlil qilinadigan bo’lsa, birinchidan, behisob xomashyo resurslari, ishchi kuchi, transport kommunikatsiyalaridan foydalanishdan, geostrategik mavqedan mahrum bo’lish; ikkinchidan, sobiq koloniyalarning o’z metropoliyasi ta’siri va tazyiqidan xalos bo’lishga intilishi, mustaqil ichki va tashqi siyosat yurita boshlashi; uchinchidan, xalqaro maydonda teng huquqli va o’zaro manfaatli hamkorlik ustuvor bo’lib borayotganini tushunmaslik, to’g’rirog’i tushunishni istamaslik; to’rtinchidan, boshqa kuchlar markazi tomonidan go’yoki uning «hayotiy manfaatlari» tan olinmayotgani, u amal qilayotgan hududlar toraytirilayotganini ro’kach qilish va, nihoyat, beshinchidan, maqtanchoqlik, insoniyat taraqqiyotiga qo’shgan xissasiga ortiqcha baho berish, uni betakror va noyob deb hisoblash hozirgi kunda buyuk davlatchilik shovinizmining jonlanishi uchun «asos» bo’lib xizmat qilmoqda.

Bunda ommaviy axborot vositalari orqali psixologik ta’siro’tkazishning yangidan - yangi usullaridan foydalanadilar. Xususan, milliy hayotimizga xos muayyan xususiyatlarni ochiqdan-ochiq qoralash, yerga urish yoki ayrim tarixiy voqea-hodisalarni umuman bo’lmagandek, jahon madaniyati, ilmu-faniga ulkan hissa qo’shgan ulug’ allomalarimizni bizga aloqasi yo’qdek qilib ko’rsatishga urinishlar mavjud.

Shuningdek, mintaqa davlatlari o’rtasida ziddiyatlar keltirib chiqarish va jahon afkor ommasida O’zbekiston haqida noto’g’ri tasavvur tug’dirishga bo’layotgan intilishlarni hech qachon e’tibordan chetda qoldirmasligimiz lozim.

Bugungi kunda inson ongi va qalbi uchun kurash keskin tus olayotgan ekan, xilma-xil qarashlarning mafkura maydonida hukmronlik qilishga intilishi tabiiy, albatta. Bunga e’tiqod umumiyligiga asoslangan holda yakka mafkura hukmronligini ta’minlash orqali jahon maydonlarini mafkuraviy jihatdan o’ziga qaram qilishga bo’layotgan xatti-harakatlarni misol keltirish mumkin. Diniy aqidaparastlik shular jumlasidandir. Masalan, islom dinidagi hozirgi aqidaparastlar ijtimoiy, milliy xususiyati, qaysi davlatga mansubligidan qat’iy nazar, barcha musulmonlarning ma’naviy birligi haqidagi tasavvurlarga tayanib ularning yagona xalifalik ostida siyosiy birlashuvi g’oyasini asoslashga harakat qiladi. Ko’rinib turibdiki, bu diniy-siyosiy ideologiya diniy asosda birlashuv g’oyasini birinchi o’ringa qo’yadi. U diniy-ma’naviy zamindagi uyg’unlik mamlakatlarning iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy, ilmiy-texnik sohalardagi hamkorligiga, ular salohiyatining birlashishiga va xalqlar taraqqiyotiga yo’l ochsa buning nimasi yomon degan savolni o’rtaga tashlaydi. Yuzaki qaraganda bu gap to’g’riga o’xshaydi. Bunday mafkura tarafdorlari o’z qarashlarini aksariyat hollarda ana shunday «beozor» shaklda taqdim etishga harakat qiladilar.

Ammo, jiddiy e’tibor beriladigan bo’lsa, birinchidan, ular milliy suverenitetdan voz kechish yoki uni boy berish hisobiga yagona davlat tuzishni ko’zlayotganlari ma’lum bo’ladi.

Ikkinchidan, xalifalikni tiklashga, uning to’g’ri ekanini asoslashga urinuvchilar, bu hol aynan millat sifatida o’zligimizni anglashga yo’l qo’ymasligini yashiradilar. Bu g’oyani tiqishtirishda ular bizning islom diniga e’tiqod qilishimizga alohida urg’u beradilar.

To’g’ri, biz musulmon xalqmiz. Masalaning nozik jihati shundaki, bunday kuchlar ana shu reallikni tan oladilaru, o’z tariximiz, tilimiz, betakror madaniyatimiz, jahon xalqlari o’rtasidagi o’ziga xos o’rnimiz, o’z taraqqiyot yo’limiz borligini inkor etishga harakat qiladilar. Albatta bu haqiqatni tan olish olmaslik ularning ishi. Ammo o’zlarining bunday g’ayriilmiy qarashlarini kishilarimiz, ayniqsa yoshlarimiz ongiga singdirishga harakat qilayotganliklariga befarq qarab bo’lmaydi.

Bundan tashqari, bu oqim tarafdorlari xalifalik bayrog’i ostida birlashishni noislomiy dunyoga qarshi turish maqsadi bilan bog’lashlarini ham ta’kidlash zarur. Bunday yondashuv o’ta xavfli ekanligi hech kimga sir emas. Zero, u insoniyatning diniy asosda qarama-qarshi qutblarga bo’linib ketishiga, ba’zan «sivilizatsiyalar to’qnashuvi» deb ataladigan hodisaning yuzaga kelishiga sabab bo’lishi mumkin.

Hozirgi kunda til, madaniyat, urf-odatlardagi umumiylik, boshqacha aytganda, etnik birlikka asoslangan holda yagona mafkuraviy maydonni yuzaga keltirish borasidagi qarashlar ham mavjud. Bunday qarashlarning shakllanish tarixi uzoq o’tmishga borib taqaladi. Bugungi kunda ularning har biri o’ziga xos tarzda dunyoning mafkuraviy manzarasida muayyan o’rinni egallashga urinmoqda.

Bugungi kunda xalqlarning lisoniy birligiga tayangan holda ularning ma’naviy-ma’rifiy birligini ta’minlash bayrog’i ostida taqdim etilayotgan g’oyalar ortida ham aslida g’arazli maqsadlar yashiringanligini unutmaslik lozim.

Ayniqsa, Markaziy Osiyo xalqlarining dunyoqarashi va ma’naviyatida islom dinining mustahkam o’rin egallaganidan foydalanib, ularga islomiy “saboq” berish, islomni qayta tiklash bayrog’i ostida mintaqada diniy ekstremizm va fundamentalizmni keng tarqatish borasida olib borilayotgan qo’poruvchilik harakatlari kuchaydi.

Ma’lumki, «fundamentalizm», «ekstremizm», terrorizm», kabi tushunchalar jamiyatda qabul qilingan qonun-qoidalarga mos kelmaydigan va ularga zid bo’lgan g’oyalar hamda ular asosidagi harakatlarni ifodalaydi. Qandaydir bir yo’nalishni buzib talqin etgan holda siyosiy maqsad qo’yuvchi harakat ekstremizmga olib keladi. Ekstremizm qanday nomlangan yoki qanday ko’rinishga ega bo’lmasin, uning asosiy maqsadi jangari guruhlarni shakllantirish orqali hokimiyat tepasiga kelishdan iborat. Xuddi shunday «fundamentalizm», «terrorizm» kabi so’zlar ham tom mahnoda hokimiyat yoki biror bir g’arazli maqsadlar uchun kurashuvchi ijtimoiy-siyosiy guruh va oqimlarga tegishlidir.

Masalan, «fundamentalizm» atamasi aslida, xristian dini bilan bog’liq holda shakllangan. Uning birinchi bor rasmiy qo’llanishi 1908 yili AQSHning Kaliforniya shtati protestantlari tuzgan «Xristian dinining fundamental tushunchalari konferentsiyasi»ga (The Confeoence on Coistian Fundamentalis) tegishli bo’lib, quyidagicha asosiy 5 aqidani ifodalaydi:

- iisusning bokira ayoldan dunyoga kelgani;

- uning insoniyat gunohlarini oqlash uchun qurbon bo’lgani;

- jisman qayta tirilishi;

- yer yuziga jismonan ikkinchi bor kelishi;

- kitobning muqaddasligi va uni dastlabki sof holiga qaytarish.

Diniy ekstremizm o’zining ikki xususiyati bilan ajralib turadi:


  • ularning aqidalariga ko’ra, go’yo barcha hozirgi zamon musulmon jamoalari islomiy tuslarini yo’qotganlar va johiliya (islomdan avvalgi) asri jamiyatlariga aylanganlar. Bunday yondashuv hukumat va uning olib borayotgan siyosatini tanqid qilishga «asos» bo’lib xizmat qiladi;

  • ular go’yo faqat «haqiqiy» musulmonlar, yahni ularning o’zlari hokimiyatga kelgach barpo bo’lajak «islomiy tartibni» o’rnatish uchun keskin va agressiv harakat qilish zarur deb hisoblaydilar.

Aslida «fundamentalizm» va «ekstremizm» g’oyalarining Markaziy Osiyoga kirib kelishidan ko’zlangan maqsad - dinning qadriyatlarini qaytadan tiklash emas, balki ana shu g’oyalardan vosita sifatida foydalanish orqali mintaqada beqarorlikni, diniy va millatlararo nizolarni vujudga keltirish, oxir-oqibat esa hokimiyatni qo’lga kiritishdir. Bu urinishlarda tuzatib bo’lmas fojialarga olib kelishi mumkin bo’lgan, tarix sahifasida qolib ketgan xalifalikni tiklash g’oyasiga ham zo’r berilmoqda. Ana shu yo’lda islom fundamentalizmi vakillari, hatto diniy e’tiqod darajasida, inson qalbi ma’naviy boyligining ajralmas qismi bo’lgan milliy o’ziga xoslikni «qurbon» qilish g’oyasidan ham toymayaptilar.

Diniy ekstremizm va fundamentalizmining mintaqamiz, hususan mamlakatimiz taraqqiyotiga xavf tug’dirayotganligini Prezidentimiz teran anglab, bu qanday dahshatli oqibatlarga olib kelishi mumkinligidan hammamizni ogoh qilgan edi. Toshkentda fevral fojealari sodir etilmasdan ikki yil oldin Prezident I.A. Karimov o’zining «O’zbekiston XX1 asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» nomli fundamental asarida shunday yozgan edi: «Ko’plab siyosatchilar, olimlar, jurnalistlar XX asr oxirida yuz bergan «Islom uyg’onish», «qayta islomlanish», «islom fenomeni» va boshqa turli-tuman nomlar bilan atalgan hodisaning sabablarini tushuntirib berishga harakat qildilar. Bu tushunchalar haqida munozaraga kirishmagan holda, ehtiborni jahon hamjamiyati hayotida islom qadriyatlarini tiklash bayrog’i ostida ro’y berayotgan hodisalar g’oyat xilma-xil, ko’p qirrali, ba’zan ziddiyatli va hatto qarama-qarshi qutbli ekanligiga qaratmoqchiman. Shu bilan birga aniq-ravshanki, jahon jamoatchiligi bu jarayonlarga juda katta qiziqish bilan qarabgina qolmayapti. Uning diniy ekstremizm va fundamentalizm kabi keskin hodisalar munosabati bilan bezovtalanayotganligi ba’zan esa, hatto xavfsirayotgani ham ko’zga tashlanmoqda. Afsuski, hozirgi zamon sharoitida ana shu o’ta keskin ko’rinishlar jiddiy mojarolarni, ziddiyatlarni keltirib chiqarishi, barqarorlik va xavfsizlikka tahdid solishi mumkinligini insoniyatni cho’chityapti. Shundan darak beruvchi fikrlar ancha-muncha to’planib qolgan. O’zbekistonning mustaqilligini mustahkamlash, uning xavfsizligini ta’minlash zarurligi nuqtai nazardan qaraganda, bu hodisalar bizda ham jiddiy tashvish tug’dirmoqda»5.

O’zlarini islom dinining «himoyachilari» deb ko’rsatishga urinayotgan terroristlarning asl niyati chinakam islomiy qadriyatlarni tiklash emas, balki hokimiyatni qo’lga kiritish, Markaziy Osiyodagi mamlakatlarni o’zlari tanlagan yo’ldan qaytarish va butun mintaqada o’z hukmronligini o’rnatish edi. Aslida, mustaqillik yillarida mamlakatimizda haqiqiy islomiy qadriyatlarimiz tiklandi va bu yo’nalishda izchillik bilan katta ishlar amalga oshirilmoqda. Dinimizning xalqimiz ma’naviyatining ajralmas qismiga aylanganligi Prezidentimizning quyidagi fikrlarida o’z aksini topgan: «Biz o’z millatimizni mana shu muqaddas dindan ayri holda aslo tasavvur qilolmaymiz. Diniy qadriyatlar hayotimizga shu qadar singib ketganki, ularsiz biz o’zligimizni yo’qotamiz.

Xalqimizning ming yillik tarixini, bugungi ma’naviy hayotini, dinu diyonatimizni muxtasar ifodalab aytish mumkinki, Olloh bizning qalbimizda, yuragimizda»6.

Markaziy Osiyo mintaqasidagi mafkuraviy jarayonlar tizimida Afg’onistonda davom etayotgan fuqarolar urushi ham alohida o’rin egallab turibdi. O’ttiz besh yildan buyun davom etib kelayotgan harbiy majoralar oqibatida umuminsoniy sivilizatsiyadan uzilib qolgan Afg’oniston hududi xalqaro terrorchilik va diniy ekstremizm, qurol-yarog’ va giyohvand moddalarning noqonuniy savdosi o’chog’i bo’lib qoldi. Bu esa turli zararli g’oyalarning terrorchilik, tahdid va tahlika yo’li bilan butun mintaqaga yoyilish xavfini tug’dirmoqda. Shuning uchun ham Prezidentimiz bu xavfning oldini olish zarurligiga jahon hamjamiyatining e’tiborini qaratmoqda.

Jamiyat hayotida mafkuraviy omillarning sezilarli ta’siri mavjudligini bir qarashdayoq sezish mumkin.

G’arazli geosiyosiy maqsadlarga erishish yo’lidagi mafkuraviy ta’sir o’tkazishda eng avvalo bo’lib tashla va hukmronlik qil degan qadimiy tamoyilga amal qilishga urinishni ta’kidlash zarur.

Bu tamoyilni ro’yobga chiqarishning birinchi yo’li mamlakat ichida ijtimoiy parokandalikni keltirib chiqarishdir. Va u jamiyat hayotining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy sohalarida o’ziga xos ko’rinishda namoyon bo’lmoqda. Masalan, mamlakatimizga nisbatan bu usul o’tish davridagi ijtimoiy - iqtisodiy qiyinchiliklarni bo’rtirib ko’rsatish orqali aholining mavjud holatdan noroziligini uyg’otish, o’z nog’oralariga o’ynaydigan muxolifatchi kuchlarni yuzaga keltirish yo’li bilan siyosiy beqarorlikni keltirib chiqarishga bo’lgan harakatlarda namoyon bo’ldi. Bu yo’lda diniy omildan foydalanishga urinishlar ham kuzatilayotir. Ana shu holat ham «maqsad vositani oqlaydi» degan aqida g’arazli geostrategik manfaatlarni ro’yobga chiqarishning asosiy qoidasiga aylanayotganligini ko’rsatadi.

«Bo’lib tashla va hukmronlik qil» tamoyilini amalga oshirishning ikkinchi yo’li mintaqa davlatlari o’rtasida turli ziddiyatlarni yuzaga keltirishdir. Bu yo’lning eng keng tarqalgan usuli go’yoki mintaqada gegemonlikka talabgor bo’lgan davlat borligini asoslash, tahbir joiz bo’lsa, shunday davlat obrazini yaratishdir. Bunday obrazlarning yaratilishi yer yuzining turli nuqtalarida nizoli, kam deganda davlatlararo munosabatlarda tanglikni yuzaga keltirganligi to’g’risidagi misollarni istagancha topish mumkin. Bunday «obrazlar» yaratilishi natijasida mamlakatlarning moddiy-moliyaviy, ma’naviy-intelektual salohiyati jamiyat taraqqiyotini ta’minlash o’rniga ana shu «obraz» ta’sirining oldini olishga yo’naltirilmoqda. Natijada ikkinchi asosiy maqsadga- muayyan davlatni zaiflashtirish orqali o’z «ittifoqchisiga» aylantirishga erishilmoqda.

«Bo’lib tashla va hukmronlik qil» tamoyilini amalga oshirishning uchinchi yo’li xalqaro maydonda muayyan mamlakat haqida noto’g’ri, noxolis tasavvurlarni shakllantirishdir. Xalqaro munosabatlar maydonidan ayrim mamlakatlarning vaqti-vaqti bilan «quvg’in» qilinib turilishi ana shunday harakatlar natijasidir.





Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2019
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə