Oʻzbekiston respublikasi oliy sudi



Yüklə 79,51 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix10.04.2022
ölçüsü79,51 Kb.
#85257
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi - Vikipediya



Oʻzbekiston

Respublikasi Oliy

sudi

Oʻzbekiston respublikasi oliy sudi —

Oʻzbekiston fuqarolik, jinoiy va maʼmuriy

sud ishlarini yuritish sohasida sud

hokimiyatining oliy organi. Oliy sudning

tashkil etilishi va uning faoliyat

koʻrsatishi masalalari Oʻzbekiston

Respublikasining Konstitutsiyasi (110-

modda), "Sudlar toʻgʻrisida"gi qonuni




(yangi tahriri, 2000 yil 14 dek.), Fuqarolik

protsessual va Jinoyatprotsessual

kodekslari normalari, shuningdek,

qonunchilikning boshqa hujjatlarida

belgilab berilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy

sudlari, viloyatlar, shaharlar, tumanlararo,

tuman sudlari va harbiy sudlarning

sudlov faoliyati ustidan nazorat olib

borish huquqiga ega. Oliy sud ishlarni

1instansiya sudi sifatida va nazorat

tartibida koʻradi. Oʻzbekiston

Respublikasi Oliy sudi Oliy sud raisi,

uning 1-oʻrinbosari va oʻrinbosarlari,

sudlov hayʼatlari raislari, Oliy sud




sudyalaridan iborat. Oʻzbekiston

Respublikasi Oliy sudiga qonunchilik

tashabbusi huquqi berilgan.

Oʻ.R.Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi

Oliy sud Plenumi, Rayosati, Fuqarolik

ishlari boʻyicha sudlov hayʼati, Jinoyat

ishlari boʻyicha sudlov hayʼati, Harbiy

hayʼat tarkibida ish olib boradi. Oliy sud

Plenumi eng yuqori sudlov instansiyasi

boʻlib, 4 oyda 1 marta chaqiriladi hamda

Oliy sud sudyalari va Qoraqalpogʻiston

Respublikasi oliy sudlarining raislaridan

iborat tarkibda ish olib boradi. Oliy sud

Plenumi ishlarni nazorat tartibida koʻradi,

sud amaliyotini umumlashtirish

materiallarini koʻrib chiqadi va qonun




hujjatlarini qoʻllash masalalari boʻyicha

tushuntirishlar beradi, Oliy sud raisining

taqdimnomalariga binoan, Oliy sud

Rayosatining tarkibini, sudlov

hayʼatlarining tarkibi va raislarini

tasdiklaydi. Oliy sud Rayosati

Oʻ.R.Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi

sudyalaridan belgilangan miqdorda

tuziladi. Oliy sud Rayosatining majlislari

har oyda kamida 1 marta oʻtkaziladi. Oliy

sudning sudlov hayʼatlari ishlarni

1instansiyada, appelyatsiya, kassatsiya

tartibida va nazorat tartibida koʻradi, sud

amaliyetini oʻrganadi va umumlashtiradi,

qonun hujjatlarini takomillashtirish

yuzasidan takliflar ishlab chiqadi, sud

statistikasini tahlil qiladi va h.k. Oliy sud



raisi, rais oʻrinbosarlari, sudyalari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

taqdimnomasiga binoan, Oʻzbekiston

Respublikasi Oliy Majlisining Senati

tomonidan 5 yil muddatga saylanadi.

Oʻ.R.Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi "

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining

axborotnomasi" (1989 yildan oʻzbek va

rus tillarida), Oliy sud Plenumi qarorlari

toʻplamini nashr etadi. "Kuch — adolatda"



gaz.ning muassisi hisoblanadi.

Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga

ishorat yoʻq. 

Siz ularni topib va ushbu maqolaga

qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz

mumkin.

Yüklə 79,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə