O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi sudlov hay’atining



Yüklə 22,76 Kb.
tarix09.04.2023
ölçüsü22,76 Kb.
#104814
19-1603 6480 26.09.2016




[OKOZ:

1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.03.00 Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik;

2.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.06.00.00 Xo‘jalik protsessual qonunchiligi / 17.06.03.00 Qarorlarni qayta ko‘rish bo‘yicha ish yuritish]

[TSZ:

1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari;

2.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Fuqarolik va xo‘jalik sud ish yurituvi]

O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi sudlov hay’atining
Qarori
Haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasi bo‘yicha ijrochi buyurtmachining topshirig‘i bilan ashyoviy shaklda bo‘lmagan xizmatni bajarish (muayyan harakatlarni qilish yoki muayyan faoliyatni amalga oshirish), buyurtmachi esa bu xizmat uchun haq to‘lash majburiyatini oladi
[Ko‘chirma]
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (bundan buyon matnda — adliya boshqarmasi) “Termiz Umid Trans” MChJ (bundan buyon matnda – da’vogar) manfaatida xo‘jalik sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qilib, “Ramziddin Kamazi” xususiy korxonasidan (bundan buyon matnda — javobgar) 18 683 672 so‘m asosiy qarz, 6 352 390 so‘m penya undirishni so‘ragan.
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bilan da’vo qisman qanoatlantirilib, javobgardan da’vogar foydasiga 18 683 672 so‘m asosiy qarz, 2 000 000 so‘m penya undirilgan. Da’voning qolgan qismi rad etilgan.
Apellatsiya instansiyasi sudining qarori bilan hal qiluv qarori o‘zgarishsiz qoldirilgan.
Javobgarning kassatsiya shikoyatida sudlar tomonidan da’vogar hisobiga 2016-yil 26-martda 2 000 000 so‘m pul mablag‘i o‘tkazib berilganligi inobatga olinmaganligi, penya miqdori noto‘g‘ri belgilanganligi bayon qilinib, sud qarorlarini bekor qilish va javobgar tomonidan to‘langan 7 500 000 so‘mni inobatga olish so‘ralgan.
Sudlov hay’ati javobgar vakilining tushuntirishini hamda prokurorning sud qarorlarini o‘zgartirish haqidagi fikrini tinglab, kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarni ish hujjatlari asosida muhokama qilib, quyidagi asoslarga ko‘ra sud qarorlarini o‘zgartirishni lozim topadi.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining (bundan buyon matnda — FK) 703-moddasiga ko‘ra haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasi bo‘yicha ijrochi buyurtmachining topshirig‘i bilan ashyoviy shaklda bo‘lmagan xizmatni bajarish (muayyan harakatlarni qilish yoki muayyan faoliyatni amalga oshirish), buyurtmachi esa bu xizmat uchun haq to‘lash majburiyatini oladi.
Ish hujjatlaridan aniqlanishicha, da’vogar (yuk tashuvchi) va javobgar (mijoz) o‘rtasida 2015-yil 28-mayda yuk tashish to‘g‘risida 14-sonli shartnoma tuzilgan.
Shartnomaga asosan da’vogar javobgarning buyurtmasiga asosan 10 000 000 so‘mlik yukni ko‘rsatilgan manzilga yetkazib berish, javobgar esa ko‘rsatilgan xizmat uchun belgilangan haqni 100 foiz to‘lash majburiyatini olgan.
Da’vogar tomonidan 2015-yil 23-iyuldagi 16-sonli hisob-fakturaga asosan 9 600 000 so‘mlik, 2015-yil 21-avgustdagi 17-sonli hisob-fakturaga asosan 6 800 000 so‘mlik, 2015-yil 02-oktabrdagi 26-sonli hisob-fakturaga asosan 7 700 000 so‘mlik, 2015-yil 26-oktabrda 7 400 000 so‘mlik,. 2015-yil 21-dekabrda 3 302 500 so‘mlik, jami 34 802 500 so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan, javobgar tomonidan 16 188 828 so‘m to‘lovlar amalga oshirilgan bo‘lsada, qolgan 18 683 672 so‘mlik ko‘rsatilgan xizmatlar haqi to‘lab berilmagan.
Shu sababli, adliya boshqarmasi da’vogar manfaatida xo‘jalik sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qilib, javobgardan 18 683 672 so‘m asosiy qarz va to‘lov muddati kechiktirilgan kunlar uchun 6 352 390 so‘m penya undirishni so‘ragan.
Birinchi instansiya sudi javobgarning da’vogar oldidagi qarzdorligi 18 683 672 so‘mni tashkil qilganligi asosi bilan javobgardan da’vogar foydasiga 18 683 672 so‘m asosiy qarz undirish haqida noto‘g‘ri xulosaga kelgan.
Chunki, ish hujjatlaridagi mavjud to‘lov topshiriqnomalariga ko‘ra da’vogar xo‘jalik sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qilgunga qadar javobgar tomonidan 2016-yil 26-martdagi 03-sonli to‘lov topshiriqnomasi bilan 2 000 000 so‘m to‘lovlar amalga oshirilgan, ya’ni da’vo arizasi berilgan vaqtda javobgarning da’vogar oldidagi qarzdorligi 16 683 672 so‘mni tashkil qilgan.
Lekin, birinchi instansiya sudi tomonidan ushbu holatlarga e’tibor berilmasdan, javobgardan 2 000 000 so‘m ortiqcha pul mablag‘i undirilib, xatolikka yo‘l qo‘yilgan. O‘z navbatida apellatsiya instansiya sudi ham ushbu yo‘l qo‘yilgan xatolikni e’tibordan chetda qoldirgan.
FKning 333-moddasiga asosan qarzdor aybi bo‘lgan taqdirda, majburiyatni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun, agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, javob beradi.
Bundan tashqari, da’vogar shartnomaning 4.5-bandiga asosan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lov muddati kechiktirilgan kunlar uchun javobgardan 6 352 390 so‘m (18 683 672 so‘m x 0,4%=74 734 so‘m x 85 kun) penya undirishni so‘ragan.
Lekin, da’vogar tomonidan xo‘jalik sudiga da’vo arizasi berilgan vaqtda javobgarning da’vogar oldidagi qarzdorligi 16 683 672 so‘mni tashkil qilganligi sababli (16 683 672 x 0,4%=66 734 so‘m x 85 kun) )=5 672 448 so‘m penya hisoblanishi lozim edi.
FKning 326-moddasiga ko‘ra, sud alohida hollarda qarzdor va kreditorning manfaatlarini hisobga olib, kreditorga to‘lanishi lozim bo‘lgan neustoykani kamaytirish huquqiga ega.
Ushbu qonun normasiga tayanib, birinchi instansiya sudi undirishi so‘ralgan penya miqdorini 2 000 000 so‘mga kamaytirish haqida qonuniy xulosaga kelganligi sababli, apellatsiya instansiya sudi hal qiluv qarorining ushbu qismini o‘zgarishsiz qoldirish haqida asosli xulosaga kelganligi uchun sud qarorlarining ushbu qismi o‘zgarishsiz qoldirilishi lozim bo‘ladi.
Garchand, “javobgar kassatsiya shikoyatida sudlov hay’atidan javobgar tomonidan to‘lab berilgan 7 500 000 so‘m to‘lovlarni inobatga olishni” so‘ragan bo‘lsada, sudlov hay’ati ushbu holatni inobatga olishni lozim topmaydi.
Chunki, 7 500 000 so‘m to‘lovlar birinchi instansiya sudi tomonidan hal qiluv qarori qabul qilinganidan so‘ng, ya’ni 2016-yil 28-iyun va 2016-yil 10-avgustda to‘lab berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining (bundan buyon matnda — XPK) 188-moddasi birinchi qismiga ko‘ra moddiy yoki protsessual huquq normalarining buzilishi yoxud noto‘g‘ri qo‘llanilishi xo‘jalik sudining hal qiluv qarorini yoki qarorini o‘zgartirish yoxud bekor qilish asos bo‘ladi.
Bunday holatda, sudlov hay’ati kassatsiya shikoyatini qisman qanoatlantirib, sud qarorlarini o‘zgartirishni, sud qarorlarining javobgardan da’vogar foydasiga undirilgan 18 683 672 so‘m asosiy qarz — 16 683 672 so‘mga, javobgardan respublika budjetiga 250 360 so‘m davlat boji undirish qismini — 223 562 so‘mga o‘zgartirishni, da’vo talabining rad etilgan qismi bo‘yicha 26 798 so‘m davlat bojini da’vogar zimmasiga yuklashni, lekin O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 330-moddasiga asosan adliya boshqarmasi davlat boji to‘lashdan ozod etilganligi bois, da’vogardan davlat boji undirmaslikni, ishni kassatsiya instansiyasi sudida ko‘rilishi bilan bog‘liq to‘langan 111 781 so‘m davlat boji va 7 000 so‘m pochta xarajatini javobgar zimmasida qoldirishni, ortiqcha to‘langan 13 399 so‘m davlat bojini javobgarga qaytarishni, sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilishi bilan bog‘liq 30 000 so‘m sud xarajatini javobgardan undirishni lozim topadi.
2016-yil 26-sentabr.,
19-1603/6480-son

Yüklə 22,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə