O'zbekiston respublikasi maktabgacha ta'lim vazirligi maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə26/133
tarix28.11.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#135342
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   133
Faoliyat ishlanma

Jihoz va materiallar:undirilgan urug' yoki o'simlikli lotok yoki tuvakcha, leyka, turli hajmdagi baklajkalar, naychalar, baklajka uchun uchlik.
Faoliyatning borishi:

  1. Unib chiqqan urug'larni kuzatish.

  2. «o'simliklarni tomchilatish usulida sug'orish» tajribasini o'tkazish.

  3. Kuzatish jadvaliga yozuvni qayd etishadi: sana va urug'ning taxminiy bo'yi.

Qo'shimcha qism: bajarilgan ishni tasvirlab berish yoki rasmda aks ettirish.
E'tiborga molik jihati: bolalarning mexnatga munosabati, birgalikdagi faoliyatni tashkillashtirish.


San'at markazi

Xosilni terib olamiz


Maqsad: did, tafakkur, qo'l motorikasini rivojlantiradi, hajm, shakl va rangni uyg'unlashtira oladi.
Jihoz va materiallar: oq tuproq yoki sho'r xamir, guashlar, tabiiy materiallar, plastilin.
Faoliyatning borishi:

  1. Sho'r xamir yoki oq tuproqdan savat yasash;

  2. Plastilindan meva va sabzavotlarni tayyorlash (bola tanloviga ko'ra)

  3. Savatni meva va sabzavotlar bilan to'ldirish.

Qo'shimcha qism: ijodiy ishlar ko'rgazmasini tashkil etish.
E'tiborga molik jihati: xayoti va sog'ligini muxofaza qilinishini kuzatish va toza ishlashni bilish, tafakkuri va mayda motorikani rivojlantirish

OKTYaBR 3 HAFTA

«NON ENG AZIZ NE'MAT»

Qurish-yasash va matematika markazi.


Legodan yuk mashinasi.
Maqsad: shakl va rang xaqidagi bilimlaridan foydalanadi, lego bo'laklaridan katta yuk mashinasi yasaydi, yuk mashinasining qismlari joylashuvini tushunadi, xaydovchi kabinasi va yuk bo'limi, mashinaning vazifasi xaqidagi bilimlarini mustahkamlaydi.
Jihoz va materiallar: lego, Qo'shimcha qism detallar.
Faoliyatning borishi:

  1. «Yuk mashinasi» suratini tomosha qilish;

  2. Yuk mashinasini yasash uchun lego bo'laklarini tanlab oladi;

  3. Yuk mashinasining yasalishi;

  4. Bolalar bir-birlariga ishlarini ko'rsatishadi.


Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə