O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi



Yüklə 9,95 Mb.
səhifə55/66
tarix28.11.2023
ölçüsü9,95 Mb.
#133016
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   66
катта гурух саводхонлик 2

Kutilayotgan natijalar:

  • J“ tovushli so‘zlar ayta oladilar.

  • J“ tovushli so‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘la oladilar.

  • Qo‘lni uzmasdan nuqta-chiziqchalarni birlashtirib rasm chizishni bilib oladilar.

Kerakli jihozlar:

  • J“ tovushi bor suratlar

  • Nuqta- chiziqchalar bilan tasvirlangan tasvir

  • Mashg‘ulotning borishi:

  • Tarbiyachi bolalarga o‘rganilgan tovushlar, ularning o‘ziga xos xususiyatlari haqida savollar yordamida eslatadi: Unli tovushlar qanday aytiladi? Ular nimadan hosil bo‘ladi? Ular nima hosil qiladi? (Bo‘g‘in hosil qiladi.) So‘zni bo‘g‘inga qanday bo‘lamiz? Bugun bolalar “J” tovushi bilan tanishamiz.

  • Jo`ja so‘zi necha bo‘g‘inli? Men aytaman, siz aniqlaysiz: Jo`ja men shu so‘zni qayta aytaman, siz birinchi tovushni aytasiz: J-j-jo`- ja, Xattaxtaga bitta to‘rtburchak chizaman. Endi: 2- tovushni ayting: Jo`-o`-o`-ja 2- to‘rtburchak chiziladi. 3-tovushni toping: Jo`-j-j-j-a 3- to‘rtburchak chiziladi: — Jo`ja so‘zining modeli hosil bo‘ladi: Bu so‘zda biz tanishmagan qaysi tovush bor? (“J“ tovushi) Bugun siz “J“ tovushi bilan tanishasiz. “J“ tovushi bolalarga talaffuz qildiriladi.

Lablar aylana shaklida va oldinga bir oz oldinga chiqqan, tishlar bir- biriga yaqinlashgan, tilning keng uchi alveolaga yoki qattiq tanglayning oldingi qirrasiga ko‘tarilgan bo‘lib, ular o‘rtasida tirqish(bo‘shliq)hosil bo‘ladi, tilning o‘rtasidan iliq havo oqimi o‘tadi. Buni his etish uchun qo‘l kaftining orqa tomonini og‘iz oldiga olib kelish kerak, yumshoq tanglay tomoqning orqa devoriga siqilgan bo‘lib, burun yo‘llarini yopib qo‘yadi, o‘pkadan chiqayotgan havo og‘iz orqali o‘tadi, tovush bog‘lamlari bog‘langan bo‘lib, tebranib tovush hosil qiladi.
Tarbiyachi endi “J“ tovushini birga talaffuz qilamiz. “J“ tovushini cho‘zib aytib bo‘ladimi? (Yo‘q) “J“ undosh tovush. Undosh tovush unli bilan birga bo‘g‘in hosil qiladi.
a) “J“ tovushi qanday tovush?
B) Undosh tovushlar qanday rang bilan belgilanadi?
J“ undosh tovush. Undosh tovush unli bilan birga bo‘g‘in hosil qiladi.
j tovushining talaffuzi o‘rgatiladi. “J“ tovushining so‘z boshida (jayron, jo`ja, jala, joy), o‘rtasida (baqlajon, anjir, jajji, jo`jaxo`roz ), oxirida (toj) kelishi, so‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘lib aytish, bo‘g‘inlardan tovushlarni ajratish, “J“ tovushi so‘zning qaysi o‘rnida kelganini aniqlatish kabi tushunchalar beriladi.

Yüklə 9,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə