O’zbekiston respublikasi oilaviy va


«Halokatga uchragan kema»



Yüklə 342 Kb.
səhifə12/16
tarix23.05.2023
ölçüsü342 Kb.
#112379
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Юқори синф ўқувчилари учун Машқ ва ўйинлар

«Halokatga uchragan kema»
O’yin boshlanishidan oldin boshlovchi «Javobgarlikning o’zi nima? Siz buni qanday tushunasiz?» degan savolni o’rtaga tashlagan ma’qul.
Boshlovchi ishtirokchilarning javoblarini flinchartga yozar ekan, ishtirokchilar tomonidan «javobgarlik» so’zini ma’nosini tushunishga harakat qilishlarini odilona baholashi va ushbu masala yuzasidan bildirilgan fikrlar kundalik turmush tarzimizda uchrab turishini ta’kidlab so’ng javoblarni qo’shimcha yangi misollar bilan yanada boshiga harakat qilishi lozim.
Bu o’rinda boshlovchi «O’zbek tilining izohli lug’ati»da javobgarlik so’ziga qanday ta’rif berilganligini aytib o’tishi mumkin. Lekin lug’atdagi so’zining ma’nosi faqat bir tushuncha bilan kifoyalanib qolmaydi. Undagi «javobgarlik» tushunchasining izohidan tashqari o’z zimmasiga olingan «javobgarlik ma’suliyati», «javobgarlikni o’z zimmasiga olish», o’z bo’ynidan javobgarlikni «soqit» qilish, javobgarlikka «tortish», javobgarlik kimgadir «tushyapti» kabi javobgarlikka taaluqli umumiy tushunchalar izohi bilan ham yaqindan tanishtirib o’tish kerak.
Lug’atda «javobgarlik» so’ziga biror narsaga javob berish, bo’yin egish, kafil bo’lish, qarzni uzish kabi ma’nolar singdirilgan.
Alohida iqtidorli ishtirokchilar uchun «javobgarlik» so’zining ma’nosi, uning kelib chiqishi (etimologiya) bilan yaqindan tanishtirib o’zagi «javob»dan iborat «javobgarlik» so’zi o’zbek tiliga qadimdan mavjud ekanligini ba’zi tillarda shu jumladan rus tilida «javobgarlik» so’zi XIX asr oxirida paydo bo’lganligining qayd etilishi so’zining ahamiyatini va unga bo’lgan e’tiborini yanada oshiradi.
Suhbat mavzusiga nisbatan ishtirokchilarning faolligini yanada oshirish maqsadida so’zga tegishli izoh bermasdan avval o’rtaga «Javobgarlik» so’zi qanday kelib chiqqan? U qanday paydo bo’lgan? Qani kim javob beradi?, deb savol tanlash o’rinli.
«Javobgarlik» so’zi tushunchasi haqida to’la-to’kis ma’lumot berilganidan so’ng, «o’z zimmasiga javobgarlik olish»ning ahamiyati qayt etiladi, keyin boshlovchi tomonidan ishtirokchilarga ushbu sifatni shakllantirish mashqini taklif etish maqsadga muvofiqdir. Ushbu mashqni bajarish uchun o’qituvchi tomonidan quyidagi yo’riqnoma beriladi: «O’zingizni tinch okeanida yaxtada suzib ketayotgandek his qiling. Yong’in tufayli yaxtaning va yuklarning ko’p qismi nobud bo’ldi. Yaxta asta-sekin cho’ka boshlaydi. Zarur jihozlarning ishdan chiqqanligi sababli siz turgan joy noaniq. Yaqin quruqlikdan taxminan janubiy-g’arbiy yo’nalish bo’yicha 1000 km masofada turibsiz. Bu holtdan qanday chiqish mumkin?
Quyida yong’indan so’ng butun qolgan va ziyon ko’rmagan 4 ta jihozning ro’yxati berilgan. Bunda qo’shimcha ravishda ixtiyoringizda eshkagibor pufaki qayiqcha ham saqlanib qolgan. U ekipaj a’zolarining saqlash imkoniga ega. Shunindek, bunday holatlarda juda zarur bo’lgan 4 ta narsa ham omon qolgan. Bular bir qutti sigaret, bir necha qutti go’gurt va qog’oz pul.
Har biringizga 15 minutdan vaqt beriladi. Shu vaqt ichida okeanda siz o’zingiz uchun hamda boshqalar uchun javobgarlik ma’suliyatini his etishingiz kerak. Pastda berilgan 14 ta jihozdan hayot uchun zarur bo’lgan 4 ta narsani aniqlash lozimki, bu jihozlar yordamida cho’kayotganlarni ham qutqarish mumkin bo’lsin. Bunday tanlash jarayonida eng muhim hisoblangan jihoz 1- o’ringa keyingi muhim jihoz 2- o’ringa undan keyingisi 3- o’ringa va h.k. qo’yiladi.
Shu usul yordamida mavjud barcha jihozlarning o’rni belgilanadi. Oqibatda 14-o’rinli unchalik ahamiyatga ega bo’lmagan jihoz egallaydi.
Endi quyidagi 14 ta jihozni o’z o’rniga qo’yishingiz kerak bo’ladi. Bunda aslo siz o’zingiz va do’stlaringiz uchun javobgarlik vazifasini olayotganligingizni unutmasligingiz kerak». Shundan keyin ishtirokchilarga quyidagi jihozlar ro’yxati havola etiladi.

  1. Kompas

  2. Soqol olish uchun ko’zgu

  3. 5 litrli suv idish

  4. Baliq tutadigan to’r

  5. Tinch okeani xaritalari

  6. Havo to’ldiriladigan yostiq

  7. 2 litrli neft va gaz aralashmasi idishi

  8. Kichik tranzistrli radio

  9. Akulalarni qo’rqituvchi jihoz, repellent

10.Yomg’ir suvini yig’ish uchun katta yuzali timqora plastik (kleyonka)
11. Bir necha 80% li Peurto-riko romi
12. Ikki quti shikolad
13. 25 metr neylon yo’g’on arqon
14. Bir yashik kanserva
Ishtirokchilar tomonidan tegishli jihozni ajratib olish olish jarayonini bajarilgach, bir qarorga kelib olishlari uchun sinfga yana vaqt beriladi. Ishtirokchilar berilgan vazifani alohida-alohida bajarib bo’lishganidan so’ng, birgalikda hayot uchun yordam beradigan 4 ta asosiy jihozni tanlab olishlari kerak bo’ladi.
Ularning umumiy bir to’xtamga kelishi osonroq bo’lishi uchun ishtirokchilarga quyidagilarni tavsiya qilish mumkin:
- o’zini shaxsiy fikrini himoya qilishdan ehtiyot bo’lish, ya’ni o’zini ustun qo’ymasdan, ko’pchilik tomonidan qabul qilingan yagona qarorga javobgarlikni olish;

  • bu qiyin bo’lsa umumiy qarorning ma’qul jihatlarigina qisman qabul qilish.

Butun guruh yuqorida qayt etilganlarning eng muhimlarini tanlaganidan keyin shaxsiy natijalarni guruh natijalari bilan solishtirish va tegishli jihozlarni tanlab olgan betaraf guruh fikri bilan qiyoslash foydadan holi bo’lmaydi.
Betaraf guruh tomonidan tanlab olingan jihozlar quyidagilardan iborat:
1. Soqol olish uchun ko’zgu. U havo va dengiz qutqaruvchilari uchun signal berish vazifasini o’taydi;

  1. Gugurt yoki pul bilan yoqish mumkin bo’lgan neft va gaz qorishmasining ikki litrli idishi. Bu ham qutqaruvchilar e’tiborini tortadigan vositalardan biridir;

  2. Сhanqoqni qondirish uchun besh litrli suv idishi;

  3. 1 yashik konserva.

«Kemaning halokatga uchrashi» mashg’uloti tugaganidan keyin boshlovchi o’z zimmasiga javobgarlik ma’suliyatini olish og’ir paytlar yuzaga kelmay, bu sifat har kishining oilaviy hayotida kundalik turmush tarzining asosiy xususiyatlaridan biri bo’lishi lozimligi alohida qayt etadi.



Yüklə 342 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə