O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiya ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti Pedagogika fakulteti Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishlari yo‘nalishi



Yüklə 160,05 Kb.
səhifə16/21
tarix30.08.2023
ölçüsü160,05 Kb.
#121135
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Kamolova G

Mavzu:Assalom Navro’z!

  • 1-boshlovchi:

  • Salqin saharlarda bodom gulida

  • Binafsha labida qirlarda bahor.

  • Qushlarning ovozi, yellarning nozi,

  • Baxmal vodiylarda qirlarda bahor.

  • 2-boshlovchi:

  • Yana bahor keldi yana olamga,

  • Ajib bir go`zallik ajib bir bayot.

  • Men seni qutlayman shu ulug` damda

  • Ulug` yelkadoshim muzaffar hayot.

  • -Assalomu alaykum qalbi qaynoq mehri buloq, so`zlari dur bo`lgan o`qituvchi, ustozlar va bilimga chanqoq o`quvchi yoshlar.

  • 1-boshlovchi:

  • Qish qahratonidan bezillagan qalblar-u, go`zallikka tashna ko`zlar , mag`rur qorli tog`lar boshidan sizayotgan sho`x jilg`alar, ko`ngillar torini betakror ifori ila mayin chertayotgan pushtirang bodom gullari, moviy osmon-u undagi qatot-qator turnalarning mahzun nolalari zumrad bahordan darak bermoqda.

  • 2-boshlovchi:

  • Ha, bahor uyg`onish, yasharish fasli. Bu faslda yuraklar shodlikka, zavq-u shavqqa oshufta bo`ladi. Bahor bayramlar, shodiyonalar fasli.

  • 1-boshlovchi:

  • Ajib nafosatda uyg`ondi olam,

  • Tabiat labida xandon tabassum.

  • Yam-yashil qirlarda Navro`z jilvasi,

  • Go`dak kulgusidek quvnoq va mas`um.

  • 2-boshlovchi:

  • Jilg`alar qiqirlar, toydek irg`ishlar.

  • Boshin ko`taradi maysalar hayron.

  • Ajib bir chiroyni baxsh etmish olam

  • Bu kun o`lkamizda Navro`z hukmron.

  • 1-boshlovchi:

  • Hayotimizning go`zal onlarini bahor fasliga qiyos etamiz. Negaki, bahor ham yoshlik, ham go`zallik timsoli.

  • Ko`hna maskan, ko`hna bir diyor,

  • Nafosatda tengi yo`q saroy.

  • Unda hamon yashar bir ruxsor,

  • Seplari mo`l fusunkor bahor.

  • 2-boshlovchi:

  • Bahor yangilanish, yasharish fasli, o`lkam bo`ylab qanot qoq. Sening tashrifing, qalblarda, dillarda bir olam orzularni olib kelsin.

  • Bahor bir sen, quvonch bir sen,

  • Qalbim ruhi tashrifisan sen.

  • Qiyosingdir g`uncha misoli

  • Haroratdir o`tli visoli.

  • 1-boshlovchi:

  • Bugun baxtdan sarmast chehralarda, shukronalik duolarida, sho`x-shodon yallalarda Navro`z shukuhi.

  • Bugun butun dunyoda go`zal va betakror bo`lgan milliy bayramimiz Navro`z keng va tantanali nishonlanayotgan bir paytda maktabimizda ham bu tadbirning debochasi sifatida “Har tuning qadr o`libon, har kuning o`lsin Navro`z” deb nomlangan tadbirimizni ochiq deb e`lon qilamiz.

  • 1-boshlovchi:

  • Yana tenglashibdi kecha va kunduz,

  • Ko`kda nur taratar yarqirab yulduz.

  • Lablarda tabassum, aytib shirin so`z

  • Assalom yangi kun, assalom Navro`z!

  • Yurtimizga biz orziqib kutgan borliqdagi uyg`onish va yangilanish timsoli bo`lgan Navro`zi olam kirib keldi. Bu betakror ayyomni har bir xonadon, har bir oilada bag`rimizni keng ochib “Xush kelibsan o`lkamga Navro`zi olam, qadaming qutlug` bo`lsin, yurtimizga tinchlik-omonlik olib kel” deb qarshi olish azaliy odatimizga aylanib qolgan.

  • Navro`z ayyomi bilan qutlash uchun so`z navbatini maktabimiz MMIBDO` Yodgorova O.S.ga beramiz.

  • 2-boshlovchi:

  • Shu an`anaga sodiq qolgan holda maktabimiz o`qituvchi va o`quvchilari bugungi tadbirda milly urf-odatlarimizga bir nazar solish maqsadida kuy-raqs, qo`shiq,milliy laparlar, milliy urf-odatlarimizni tarannum etuvchi dastur tayyorlaganlar. Bu dasturimizda 8-9-sinf o`quvchilarimiz o`rtasida milly taomlar va sahna ko`rinishlari bo`yicha bellashuvlar o`tkaziladi. Bu bellashuvni baholab boradigan hakamlar bilan tanishing. 

  • “Ro`molim”raqsi.

  • 1-boshlovchi:

  • Oq yomg`irlar yog`moqda sim-sim,

  • Chor atrof bog`, gul-u lolazor.

  • Xush kelibsan, mening ilk sevgim

  • Xush kelibsan, yurtimga bahor!

  • 2-boshlovchi:

  • Maysalarga boshimni qo`yib,

  • Adirlardan to`yaman ifor.

  • So`ng quvonchdan yig`layman to`yib,

  • Xush kelibsan o`lkamga bahor.

  • 1-boshlo2-boshlovchi:

  • Bahorning ko`klami sozi muborak,

  • Qirlarning chiroyi nozi muborak.

  • Yangi kun, yangi yil, yangi tilaklar,

  • Olib kirgan Navro`zi olam muborak.

  • 1-boshlovchi:

  • Navro`z kelsa sumanbar malak,

  • Ikki qo`llab tutar sumalak.


  • 2-boshlovchi:

  • -Navro`z yashnash, yasharish bayrami tabiatning uyg`onishi bilan bog`liq yangi kunning boshlanishidir.

  • 1-boshlovchi:

  • Qirlarning to`shida eriyotir qor,

  • Termulib qor kabi eriydir ko`zim,

  • Horimay, sog`-omon keldingmi, bahor.

  • Keldingmi, qadami qutlug` Navro`zim!

  • Navro`zoy kirib keladi.

  • 2-boshlovchi:

  • Prezidentimiz I.A.Karimov ta`kidlaganidek “Navro`z hayot abadiyligining tabiatning ustuvor qudrati va cheksiz saxovatining shu bilan birga ming yillik milly qiyofamizning urf-odatlarimizning mangulik ifodasi tasdig`idir”

  • 1-boshlovchi:

  • Bokiralik timsoli bahor,

  • Bu go`zallik, yasharish asli.

  • Tuhfa etar qalbga beg`ubor,

  • Sog`inchlarni muhabbat fasli.

  • 2-boshlovchi:

  • 1-boshlovchi:

  • Surxon o`lkasida bahor tarovati.

  • 2-boshlovchi:

  • Quyosh tegrasida aylanib falak

  • Tabiat bezanib, misli kelinchak

  • Bugun yuz ochibdi turfa xil chechak.

  • Assalom yangi kun, Assalom Navro`z!

  • 1-boshlovchi:

  • Atlas kiygan qizlar ko`zga ko`rinar go`zal,

  • Go`yo atlas yaxshi kuyday e`zozda azal.

  • Navbatni adrasu atlaslar makoni Marg`ilon joylashgan Andijon milliy ohanglari

  • 2-boshlovchi:

  • Beshik bilan bog`liq bo`lgan xalqimiz an`analarini davom ettirish beshik to`yiga keng yo`l ochib berish lozim. “Beshikka chaqaloqni belash marosimi”ni tomosha qilamiz.


  • 1-boshlovchi:

  • Navro`z bilan keladi shodlik,

  • Navro`z bilan elda obodlik.

  • Navro`z kelsa gullaydi bog`lar.

  • Navro`z kelgach yashnaydi tog`lar.

  • Endi yigit-qizlar aytishuviga navbat beramiz.

  • 2-boshlovchi:

  • Milliy taomlar va chiqishlarni baholash uchun so`z navbatini hakamlar hay`ati a`zolariga beramiz.

  • 1-boshlovchi:

  • Marhamat, hakamlar hay`ati a`zosiga beramiz

  • 2-boshlovchi:

  • Kelinglar azizlar, har birimiz xalqimizni eng go`zal va eng ulug` ayyomi Navro`zi olam bilan qutlab, dasturimizga yakun yasaylik.

  • 1-boshlovchi:

  • Poyi qadamlari, qutlug` mehmonim.

  • Navro`zing muborak, O`zbekistonim!

  • **************************************


  • Yüklə 160,05 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə