Zulfiyaxonim izdoshlari



Yüklə 27 Kb.
tarix03.03.2023
ölçüsü27 Kb.
#101891
Zulfiyaxonik ssenariysi


"Zulfiyaxonim izdoshlari"
1-boshlovchi.Assalomu alaykum,ey nuri ziyolarim, Alpomish,Barchinoy-u,Rustam-u dostonlarim..Yurtimning kelajagi,ey bag'ri osmonlarim. Davralarda o'zbekcha so'zligingiz muborak, O'zbekona lutfingiz,o'zligingiz muborak.
2-boshlovchi. Shukrona aytamiz, qutlug' kunlarga,
Ma'no-yu mazmunga to'liq kunlarga.
Farovon,nurafshon ulug' kunlarga
Ey ozod diyorim,O'zbekistonim!
Ey obod diyorim,O'zbekistonim!
1-boshlovchi. Assalomu alaykum ,aziz ustozlar! Hurmatli yotoqxonamiz talabalari, Kursdoshlar
2-boshlovchi. Assalomu alaykum, tadbirimizni tomosha qilgani tashrif buyurgan mehmonlar!
1-boshlovchi. Ayolini asragan, ulug'lagan xalq-buyuk xalq. Ayollari baxtli elning farzandlari esa barkamol,kelajagi nurafshondir.
2-boshlovchi..O'zingiz umrning avvali-boshi
Farzandlar qalbining porloq quyoshi
Jannat chamanining mohir naqqoshi
Yolg'iz siz o'zingiz,aziz ayollar!
1-boshlovchi. Bahor asli sizning ko'nglingizdadur,
Sadoqat va vafo yo'lingizdadur.
Dunyoning beshigi qo'lingizdadur,
O'zingiz azizsiz,aziz ayollar.
2-boshlovchi. Biz bejizga so'zimizni ayollar ta'rifidan boshlamadik."Nafaqat o'z she'rlari, balki butun hayoti bilan o'zbek ayolining ma'naviy qiyofasini namoyon etgan atoqli shoiramiz Zulfiyaxonimni ham men ana shunday fidoyi insonlar qatoriga qo'shgan bo'lardim.Uning jahon minbarlaridan yangragan she'rlari Sharq ayolining aql-u zakosi, fazl-u kamolining yorqin ifodasi sifatida millionlab she'riyat muxlislariga odamiylik,muhabbat va sadoqatdan saboq bergan,desak,mubolag'a bo'lmaydi"degan edi hurmatli birinchi Prezidentimiz Islom Abdug'aniyevich Karimov
1-boshlovchi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 2014-yil 31-oktabrdagi "O'zbekiston xalq shoiri Zulfiya tavalludining 100 yilligini nishonlash to'g'risida" gi qarorini xalqimiz ,keng jamoatchilik ayol zotiga ,adabiyotimiz hamda ajdodlarimizga yuksak ehtirom namunasi sifatida kutib olinib kelinmoqda.
2-boshlovchi. Bugun mamlakatimiz ahli har bahorni shoira Zulfiya tavallud topgan kunni nishonlash bilan kutib olishni an'anaga aylantirdi.Shoira kitoblarini yurtimizdagi ko'plab oilaviy kutubxonalar javonida ko'rish mumkin. Birinchi Prezidentimizning 1999-yil 10-iyundagi qaroridan so'ng har yili yurtimizdagi iste'dodli qizlardan bir guruhi Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlanmoqda.
1-boshlovchi. Bizning Yotoqxonamizda ham o'zining a'lo o'qishlari,ijodkorligi,iste'dod va qobiliyatlari bilan Zulfiyaxonim qizlaridan qolishmaydigan o'quvchi talaba qizlarimiz ta'lim oladilar.Zulfiya,tavalludining108 yilligiga bag'ishlab mana shu qizlarimiz o'rtasida belllashuv tashkil etganmiz.
2-boshlovchi. Bellashuvimiz shartlari bilan tanishtirib o'tamiz .Birinchi shart-tanishtiruv sharti bo'lib,bu shartda qizlarimiz o'z jamoalarini tanishtiradilar.
1-boshlovchi. Ikkinchi shart-savol-javob sharti bo'lib,bunda qizlarimizning Zulfiya hayoti va ijodini qanchalik o'zlashtirganliklarini bilib olamiz.
2-boshlovchi. Uchinchi shartda Zulfiyaxonim she'rlari asosida qizlarimizning badiiy o'qish mahoratlarini sinab ko'ramiz.
1-boshlovchi. To'rtinchi shartimiz "Arzanda bo'lmang, pazanda bo'ling" deb nomlanib, qizlarning vitaminlarga boy salatlar tayyorlash retsepti sirlarini qanchalik egalliklarining guvohi bo‘lamiz.
Shartlarni baholash uchun
1.Hakamlar hay'ati raisi TTJ bosh tarbiyachisi Dilsora opa Negmatova
2.Hakamlar hay'ati a'zolari:
1.
2.
3.
4.Qo'yilgan ballarni hisoblab boruvchi- .......- matematika fani talabasi.
Endi tadbirimiz ishtirokchilari bo'lgan yotoqxona qizlari jamoalarini davraga taklif etamiz va jamoalar navbat o'zlarini tanishtirib o'tadilar. Tanishtirib bo'lgan jamoalar davradan ajratilgan joylariga borib o'tiradilar.
1-boshlovchi. Gul bo'lib,gul-gul yonib
Gulshan aro Gulchehralar,
Gul bo'lib, o'ynar qo'yib
Qo'lga hino Gulchehralar
Hakamlar hay'ati tanishtiruv shartini baholagunga qadar
Yotoqxonamiz qizlari ijrosida go'zal bir raqsni tomosha qilamiz.
"SHUKRONA"raqsi

1-shart bo'yicha ballar e'lon qilinadi.


2-boshlovchi. Marhabo:ey,aziz qalbim xumori,
Ulug' mujdalaring mana,qo'limda.
Kuchga to'l! Guvilla,yurtim bahori!
Chechaklar porlasin yurgan yo'lingda.
1-boshlovchi.
Bahor-olam va odam yangilanadigan faslning boshlanish arafasida tavallud topgan Zulfiya Isroilova hayoti va ijodi haqidagi qizlarimiz bilimlarini sinab ko'ramiz. Guruhlar navbatma-navbat tezkor savollarga javob beradilar
2-boshlovchi."Men elimning tilagida yashayman, Erk deganning yuragida yashayman" deganida Hamid Olimjon tamomila haq edi.Shoira Zulfiya ham o'zining yoniq she'rlari bilan qalblarimizdan mustahkam o'rin olgan. Jamoalar tayyorlab kelgan she'rlarini ifodali yod aytadilar.
1-boshlovchi. Hakamlarimiz "Ifodali o'qish" shartini baholagunga qadar yotoqxonamiz talabalari tomonidan ijro qilinadigan qo‘shiqni e'tiboringizga havola etamiz.
"Begim demang, begoyim"
Ifodali o'qish sharti bo'yicha guruhlarning ballari e'lon qilamiz.
2-boshlovchi. "Bu xonim kim?"-deya tashlansa savol,
Bilgan javob aytar tildan to'kib bol;
-"Tinchlik-Birdamlik!-deb mushoirada
Jahonga jar solgan g'oliba ayol.
etamiz.Ular hammamizning ko'z o'ngimizda pazandalik mahoratlarini namoyish etadilar.
1-boshlovchi. Yulduz olar dam,
Jo'shqin mushoira etadi davom,
Do'stim,kel sen ham.
Yotoqxonamizda she'r yozishni mashq qilayotgan ijodkor talabalarimizning she'riy mashqlari bilan tanishamiz, marhamat!
2-boshlovchi. Hakamlarimiz 4-shartni baholagunga qadar talabalarimiz tomonidan ijro qilinadigan sahna ko‘rinishiga beramiz
1-boshlovchi. Vatanim betakror O'zbekistonim,
Andijonim mening qutlug' makonim,
Ilhomim ildizi suv ichgan yurt bu,
Shu chamanga tuhfa she'r-u dostonim.
2-boshlovchi. Ulug' ustozlarga dilda cho'ng havas,
Murodim ularga bo'lmoq chambarchas.
Armonim yo'q mening xalqim oldida,
Shoirlar safida yursam hamnafas.
Endi qizlarimizning ijodiy salohiyatlarini "Erkin mavzu" orqali sinab ko'ramiz..
1-boshlovchi. Endi esa jamoalarning umumiy to'plagan ballarini eshitamiz.
2-boshlovchi. Yuragimning sara gulin senga tutay,
Ismim aytsam ruhim baland-arshga
Jonim Vatan,onamsan sen ,bolangman men.
1-boshlovchi.
Nasabimni so'raadilar,o'zbek dedim,
Ardoqlagan mulk,boyligim,bu-erk dedim,
Navoiydan-chehramdagi nur,ko'rk dedim,
Jonim Vatan,onamsan sen,bolangman men.
Shu bilan bugungi tadbirimiz o‘z nihoyasiga yetdi
2- boshlovchi . Keyingi tadbirlarga qadar ko‘rishguncha xayr sog‘ salomat bo‘lingizlar
Yüklə 27 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə