O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar


Yerlarni himoya qilish vositalari



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə5/7
tarix23.12.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#155314
1   2   3   4   5   6   7
9-mavzu. Yer joylashishi va undan ko’p maqsadli foydalanish

3. Yerlarni himoya qilish vositalari


Qishloq xo’jaligida olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlar natijasida jadal chora-tadbirlarning amalga oshirilishi va islohotlarning amaliyotga keng tatbiq etilishi, xususan, yer resurslaridan samarali foydalanish tamoyillariga alohida e’tibor qaratilishi o’zining ijobiy natijalarini bermoqda. Bu borada mavjud sug’oriladigan va lalmi yerlardan unumli foydalanish, ularning unumdorligini saqlash, tiklash va oshirish, ularni muhofaza qilishni ta’minlash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi.
So’nggi yillarda mamlakatimizda yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, unumdorligini oshirishga qaratilgan bir qator qonun, farmon va me’yoriy-huquqiy hujjatlar ishlab chiqarish tatbiq qilingan.
Davlatimiz tomonidan “Yer kodeksi”, “Davlat Yer kadastri”,
“Fermer xo’jaligi to’g’risida” va “Dehqon xo’jaligi to’g’risida”gi qonunlar, “Yer monitoringi” to’g’risidagi nizom hamda “Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmonning qabul qilinishi qishloq xo’jaligida qator islohotlarni amalga oshirishda to’la huquqiy asos bo’lib xizmat qilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasi:
Yer, yerosti boyliklari, suv, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir.
“Yer kodeksi” 1998-yilning 30-aprelida qabul qilingan bo’lib, yer munosabatlarini tartibga soluvchi hamda yer resurslaridan oqilona foydalanish va muhofaza qilish, yerdan foydalanish, uni muhofaza qilish ustidan nazorat qilish tushunchasi va mazmunini belgilab beradigan asosiy qonunchilik hujjati hisoblanadi.
Yer to’g’risidagi ushbu qonuniy hujjatning asosiy vazifasi hozirgi va kelajak avlodlarning manfaatlarini ko’zlab, yerdan ilmiy asoslangan tarzda oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish, tuproq unumdorligini tiklash va oshirish, tabiiy muhitni asrash va yaxshilash, xo’jalik yuritishning barcha shakllarini teng huquqlilik asosida rivojlantirish uchun sharoit yaratishni, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarini himoya qilishni ta’minlash maqsadida yer munosabatlarini tartibga solishdan, shuningdek, bu sohada qonuniylikni mustahkamlashdan iborat.
“Yer kodeksi” quyidagi asosiy prinsiplarga asoslanadi:

 eng muhim tabiiy resurs, fuqarolar hayotiy faoliyatining asosi

tariqasida yer fondini asrash, tuproq sifatini yaxshilash hamda uning unumdorligini oshirish;
 yerlardan oqilona, samarali va belgilangan maqsadda

foydalanishni ta’minlash;

 qishloq xo’jaligi uchun mo’ljallangan yerlarning, eng avvalo, sug’oriladigan yerlarning alohida muhofaza etilishini, kengaytirib

borilishini hamda ulardan qat’iy belgilangan maqsadda foydalanishni

ta’minlash;

  • qishloq xo’jaligi yerlarining unumdorligini oshirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash hamda yerlarni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishni davlat yo’li bilan va boshqa tarzda qo’llab-quvvatlash;

  • yerga va butun atrof tabiiy muhitga zarar yetkazilishining oldini olish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash;

  • yerga egalik qilish va undan foydalanish shakllarining xilmaxilligi, yer munosabatlari ishtirokchilarining teng huquqliligini ta’minlash hamda ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya etish;

  • yerdan foydalanganlik uchun haq to’lash;

  • yerlarning holati haqidagi axborotning to’liq bo’lishini hamda

undan erkin foydalanishga yo’l qo’yilishini ta’minlash.

O’zbekiston Respublikasi “Yer kodeksi”ning 8-moddasiga muvofiq, respublikamiz yer fondi yerlardan foydalanishning belgilangan asosiy maqsadiga ko’ra quyidagi toifalarga bo’linadi:

  1. qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlar – qishloq xo’jaligi ehtiyojlari uchun berilgan yoki ana shu maqsadga mo’ljallangan yerlar. Qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlar sug’oriladigan va sug’orilmaydigan (lalmikor) yerlar, haydaladigan yerlar, pichanzorlar, yaylovlar, ko’p yillik mevali dov-daraxtlar va tokzorlar egallagan yerlarga bo’linadi;

  2. aholi punktlarining (shaharlar, posyolkalar va qishloq aholi punktlarining) yerlari – shaharlar va posyolkalar, shuningdek, qishloq aholi punktlari chegarasi doirasidagi yerlar;

  3. sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo’ljallangan yerlar – ko’rsatilgan maqsadlarda foydalanish uchun yuridik shaxslarga berilgan yerlar;

  4. tabiatni muhofaza qilish, sog’lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo’ljallangan yerlar – alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar egallagan, tabiiy davolash omillariga ega bo’lgan yerlar, shuningdek, ommaviy dam olish va turizm uchun foydalaniladigan yerlar;

  5. tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar – tarixiy-madaniy yodgorliklar joylashgan yerlar;

  6. o’rmon fondi yerlari – o’rmon bilan qoplangan, shuningdek, o’rmon bilan qoplanmagan bo’lsa ham, o’rmon xo’jaligi ehtiyojlari uchun berilgan yerlar;

  7. suv fondi yerlari – suv obyektlari, suv xo’jaligi inshootlari egallagan yerlar va suv obyektlarining qirg’oqlari bo’ylab ajratilgan mintaqadagi yerlar;

  8. zaxira yerlar.

Davlat yer kadastri. Davlat yer kadastrlari yagona tizimining asosiy tarkibiy qismi hisoblanib, u yerlarning tabiiy, xo’jalik, huquqiy tartibi, toifalari, sifat xususiyatlari va qiymati, yer uchastkalarining o’rni va o’lchamlari, ularning yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar o’rtasidagi taqsimoti to’g’risidagi ma’lumotlar hamda hujjatlar tizimidan iboratdir.
Davlat yer kadastri yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarning davlat ro’yxatidan o’tkazilishini, yerlarning miqdori va sifatining hisobga olinishini, tuproq bonitirovkasini, yerlarning qiymat bahosini, shuningdek, yer kadastriga doir axborotlarni bir tizimga solinishini, saqlanishini va yangilab turilishini o’z ichiga oladi.
Davlat yer kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:



mamlakatning butun hududini to’la qamrab olish;



fazoviy koordinatlarning yagona tizimini qo’llash;



yer kadastriga doir axborotlar ishlab chiqish uslubiyotining

birligi;


yer kadastriga doir axborotlarning to’g’ri bo’lishi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5yanvardagi 8-sonli “Qishloq xo’jaligi korxonalarini fermer xo’jaliklariga aylantirish to’g’risida”gi qaroriga asosan 2004-yildan respublikamizda fermerchilikni keng targ’ib etish davri boshlandi. 2004-2007-yillar davomida respublikamizning barcha hududlarida shirkat xo’jaliklari to’liq tugatilib, ular negizida fermer xo’jaliklari tashkil etildi. Biroq fermer xo’jaliklari faoliyatini chuqur tahlil qilish ishlari natijasida tashkil etilgan fermer xo’jaliklari faoliyatida bir qator yechimini kutayotgan masalalar mavjudligi ma’lum bo’ldi.

Xulosa
Yer resurslarini boshqarish bо`yicha ijro – farmoyish berish organlari faoliyatining mazmuni yer resurslaridan foydalanishni rejalashtirish va bashoratlashtirishdan iborat. Yerlarni qayta taqsimlash va yerlardan foydalanish, yerga egalik qilishning tartibi va me`yorini belgilash, yerlarni muhofaza qilish va yerdan foydalanganligi uchun faoliyatini nazorat qilishni tekshirish va tezkor – farmoyish berishdir. Yer resurslarini boshqarish tizimida о`tadigan jarayonlar asosini uzluksiz axborot almashinuvi tashkil etadi. Bu almashinuvni ta`minlaydigan vosita yer kadastri hamda yer monitoringi hisoblanadi. Yer resurslarini boshqarishning maqsadi – jamiyatning mujassamlashgan ehtiyojini ifodalashdir. Maqsad yer resurslari xususiyatlaridan foydalanish asosida qondirilish holatini kelajagi va ulardan foydalanish jarayonini aks ettiradi. Yerdan foydalanishning о`zi bu yer resurslariga ayrim subyektlar yoki jamiyatning bevosita ta`sir kо`rsatishidir. Shu bilan birga har qanday ta`sir kо`rsatuvchi yerning aniq xususiyatini iste`mol qilish bilan pisanda qilingan ma`lum maqsadga ega. Jamiyat alohida subyektlar maqsadini ularning ommaviyligi va xilma-xilligi sababli tо`la nazorat qilishga qodir emas. Shuning uchun bu jarayonlarni boshqarishda yerdan foydalanishning umumiy qoida va chegaralarni о`rnatilishini talab qiladi. Bunday chegaralar foydalanish qoidalarini huquqiy rasmiylashtirish yer munosabatlarini chegaralash va foydalanish tizimini о`rnatish asosida yaratiladi



Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə