O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar


Yerdan yaroqsiz foydalanish va qayta baholash



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə4/7
tarix23.12.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#155314
1   2   3   4   5   6   7
9-mavzu. Yer joylashishi va undan ko’p maqsadli foydalanish

2. Yerdan yaroqsiz foydalanish va qayta baholash


Insonning tuproqqa faol ta’sir ko’rsatishi natijasida uning xossaxususiyatlari o’zgarishi, unumdorligining oshishi yoki pasayishi, sho’rlanishi, eroziyalanishi, degumifikatsiyasi kabi jarayonlarning yuzaga kelishi yer resurlarini muhofaza qilishda avvalgidan ham e’tiborli bo’lishlikni taqozo etadi2.
O’tgan mustabid tuzum davrida mamlakatimiz yer boyliklaridan intensiv usulda, juda katta xarajat va isrofgarchiliklar yo’li bilan foydalanilganligi, yer maydonlarining sho’rlanishi va eroziyaga uchrashi holatlari ekologik muvozanat buzilishiga olib kelgan. Natijada tuproq unumdor qatlamining yemirilishiga sabab bo’lishi bilan bir qatorda, bir qancha ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy muammolarni keltirib chiqargan.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida ishlab chiqarishning har qanday vositalaridan to’g’ri va oqilona foydalanish ko’p jihatdan uning muhim xususiyatlarini qanchalik chuqur va har tomonlama o’rganishga bog’liqdir. Shu jihatdan, bugungi kunning dolzarb muammolaridan hisoblangan yer resurslarini muhofaza qilish va tuproqlar degradatsiyasining oldini olish hamda uning oqibatlarini bartaraf etishda, eng avvalo, tuproqlardan oqilona foydalanish, uning unumdorligini oshirish, sifati, iqtisodiy bahosi, yer muhofazasini bilish, har xil o’simliklarni tuproq holatiga ko’ra ilmiy asoslangan holda ketma-ket ekish, qishloq xo’jaligi ekinlari ixtisoslashuvini to’g’ri tashkil etish, tuproqqa to’g’ri ishlov berish talab etiladi.
Tarixiy davr mobaynida insoniyat taxminan 2 mlrd. ga yaqin hosildor yerlarning yo’qotilishini, tuproqlar unumsiz yerlarga va antropogen sahrolarga aylanishini tuproqlar degradatsiyasi jarayonining global va turli-tuman xususiyatidan darak beradigan ma’lumotlarga qo’shish mumkin3.
Yer resurslarining meliorativ holatini baholashda, albatta, uning unumdorligi, sho’rlanish darajasi, ball bonitetining baholanishi, grunt suvlarining joylashuvi va boshqa omillar hisobga olinadi. Litosferaning tarkibiy qatlami bo’lgan unumdor tuproq inson hayoti uchun yaratilgan tabiiy resurs, toza havo, toza suvdan ahamiyati jihatidan kam bo’lmagan buyuk ne’mat hisoblanadi.
Zoologiya va ekologiya bo’yicha buyuk fransuz olimlardan biri JanDorst ta’biri bilan aytganda, tuproq – bizning eng qimmatbaho boyligimiz. Hayot va yerning ustki biotsenozlari uchun qulay, tabiiy va sun’iy yerning eng ustki yupqa qatlami bilan bog’liq insonlar hayoti uchun zarur barcha mahsulotlar tuproqdan olinadi. Shuning uchun biz tuproqni, ona zaminimizni asrab-avaylashimiz zarurdir.
Yer fondi tarkibining yer turlari bo’yicha taqsimlanishi va yer fondi tarkibidagi asosiy yer turlari quyidagilardan iborat:

  • qishloq xo’jaligi yerlari (ekin yerlar, ko’p yillik daraxtzorlar (bog’zorlar, tokzorlar, tutzorlar, mevali daraxt ko’chatzorlari va mevazorlar), bo’z yerlar, pichanzor va yaylovlar);

  • tomorqa yerlar;

  • o’rmonzorlar;

  • bog’dorchilik-uzumchilik shirkatlari;

  • meliorativ holatini yaxshilash bosqichidagi yerlar;

  • boshqa yerlar.

Qishloq xo’jaligi yerlari qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish maqsadida uzluksiz foydalaniladigan yer turlaridir.
Ekin yerlariga qishloq xo’jaligi ekin turlari (shu jumladan, ko’p yillik o’tlar) ekiladigan yerlar kiradi. Ekin yerlar ikki turga bo’linadi:




- Sug’oriladigan; - Lalmi yerlar.

Sug’oriladigan yerlarqishloq xo’jaligida foydalanish va sug’orish uchun yaroqli bo’lgan, suv resurslari shu yerlarni sug’orishni ta’minlay oladigan sug’orish manbayi bilan bog’langan, doimiy yoki muvaqqat sug’orish tarmog’iga ega bo’lgan yerlar. Qishloq va suv xo’jaligi organlari sug’oriladigan yeri bo’lgan yer egalari va yerdan foydalanuvchilarni sug’orish ishlari uchun manbalarning sersuvligini hisobga olgan holda joriy etilgan limitlar bo’yicha suv to’g’risidagi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan tartibda suv bilan ta’minlashlari shart.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1992-yil Rio-de-Janeyro shahrida o’tkazilgan “Atrof-muhit va rivojlanish” mavzusidagi xalqaro konferensiyasining qarorida tuproq muhofazasi va undan oqilona foydalalanish davlat siyosatining markaziy bo’g’ini bo’lishi kerakligi, tuproqning holati insonlarning taqdirini belgilashi va atrof-muhitga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatishi ta’kidlangan. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, bugungi kunda dunyo bo’yicha eroziyaga, deflyatsiyaga uchragan va xavfli deflyatsiyaga moyil qishloq xo’jaligi ekinlari ekiladigan maydonlar 50 foizdan ko’pchilikni tashkil qilmoqda va bu jarayon davom etmoqda.
Tuproq degradatsiyasi degan aniq bir tushuncha yo’q, chunki ko’p yerlarning ustki qismi tuproq qatlamiga ega, shuning uchun bir vaqtning o’zida tuproq degradatsiyasi yer degradatsiyasi deb ham yuritiladi. Quyida bir qator mazmuni bir-biriga yaqin bo’lgan ta’riflar keltirilgan.
Qishloq xo’jaligini yanada rivojlantirish, ekinlarning hosildorligini oshirish bo’yicha vazifalarni bajarish uchun tuproqning sho’rlanishiga va botqoqlanishiga qarshi kurash tadbirlarini amalga oshirishning ahamiyati kattadir. Sho’rlanish va sho’rxoklanish jarayonlarining oldini olishda, avvalo, shu hodisalarni keltirib chiqaruvchi quyidagi asosiy sabablarni bartaraf qilish kerak:

  • suv isrofgarchiligiga yo’l qo’ymaslik (chunki bu suvlar sizot suvlariga qo’shilib, ularning sathi ko’tarilishiga sabab bo’ladi);

  • tuproq namligining bug’lanishini har taraflama kamaytirish;

  • yuza joylashgan sho’r yoki chuchuk sizot suvlari sathini pasaytirish.

Degradatsiya so’zi polyak tilidan olingan bo’lib, (Degradaya – lotin tilida esa degradation) “sekin-astalik bilan kamayish” va “pastga ketish” degan ma’noni anglatadi4.
Tuproq degradatsiyasi jarayonlar yig’indisi bo’lib, ular tuproqlarning funksiyasi o’zgarishi, xossalarining miqdor va sifat ko’rsatkichlari yomonlashishi va unumdorlikning pasayishiga olib keladi, yani tabiiy va antropogen omillar ta’sirida elementlarning ekologik tizimda tuproqlarning turg’un xossalari buzilishi, xo’jalik nuqtayi nazardan bahosining tushishi va samaradorlikning pasayishidir.
Tuproq degradatsiyasi quyidagi turlarga bo’linadi:

  • fizik va mexanik degradatsiya tuproq granulometrik tarkibining o’zgarishi bilan tuproq materiallarining yomonlashish jarayoni kuzatilishi, tuproq qatlamlarining nazoratsiz qolishi, ularning zichlashishi, havo va suv rejimlarining buzilishidir;

  • kimyoviy va fizikaviy degradatsiya tuproq singdirish sig’imidagi jarayonlar, jumladan kislotalik-ishqoriylik xossalarini, oksidlanishqaytarilish potensialini, makro va mikroelementlari hamda o’simliklar uchun zarur bo’lgan hayot elementlarining salbiy tomonga o’zgarishidir;

  • biologik va biokimyoviy degradatsiya tuproq organik qismining o’zgarishi va sifatining yomonlashishi, tuproq organizmlarining sifat va miqdor tarkibi salbiy tomonga o’zgarishidir.

“Tuproq degradatsiyasi tuproq tizimi vazifalarining o’zgarishi yoki tarkibi va qattiq fazaning tuzilishi hamda tuproqning boshqarish vazifalari, mavjud natijalarning ekologik mezonlardan chetga burilishi va barcha ko’rsatkichlari hamda inson va biotalar uchun muhim vazifalarining yomonlashishidir”5.
“Tuproq degradatsiyasi deganda, barcha tuproq xossalari, funksiyalari yig’indisi, tabiiy rejimlari hamda ekologik tizimlar elementi sifatidagi tuproq vazifalarining o’zgarishi jarayonlari va natijalari tushuniladi”6.
Degradatsiya so’zi polyak tilidan olingan bo’lib, (Degradaya – lotin tilida esa degradation) “sekin-astalik bilan kamayish” va “pastga ketish” degan ma’noni anglatadi.
Tuproq degradatsiyasi jarayonlar yig’indisi bo’lib, ular tuproqlarning funksiyasi o’zgarishi, xosslarining miqdor va sifat ko’rsatkichlari yomonlashishi va unumdorlikning pasayishiga olib keladi, yani tabiiy va antropogen omillar ta’sirida elementlarning ekologik tizimda tuproqlarning turg’un xossalari buzilishi, xo’jalik nuqtayi nazardan bahosining tushishi va samaradorlikning pasayishidir.
Yuqorida keltirilgan aniqliklarni tuproq elementar arealidagi barcha kompleks degradatsiyaga oid o’zgarishlarga qo’llash mumkin va shu bilan birga, aniq bir degradatsiya turiga ham tatbiq qilsa bo’ladi. Bu yondashishlar tuproq tuzilmalari qoplami ko’lamida tarqalishi mumkin.
Zamonaviy tuproqshunoslik tushunchasida “tuproq degradatsiyasi” yoki “tuproq qoplami degradatsiyasi” antromarkazlashgan vaziyat ko’rinishida baholanadi yoki qulaylik vaziyati sifatida va insonni o’rab turgan atrof-muhitdagi xotirjamlik va farovonlik tushuniladi.
Tuproqning degradatsiyaga uchrashining asosiy sababi tabiiy-iqlimiy omillar va inson faoliyati natijasida yerlarning cho’llanishi va tanazzulidir.
Bular jumlasiga quyidagilar kiradi:

  • cho’llanish, o’rmonsizlashish va hokazo;

  • sug’orma dehqonchilik sharoitlarida yerning ikkilamchi

sho’rlanishi, suv va zax bosishi;

  • tog’ va tog’oldi hududlaridagi tuproqlarning suv va irrigatsiya eroziyasiga uchrashi;

  • intensiv ko’chma chorvachilik hududlarida yaylovlarning

degressiya va tuproqlarning deflyatsiyaga uchrashi;

  • yerlarning qishloq xo’jaligi va sanoatda o’zlashtirishdagi texnogen cho’llanishi;

  • agrokimyoviy vositalar qo’llanilishi, sanoat va maishiy chiqindilar tashlanishi va ziroatchilikdagi yakkahokimlik natijasida tuproqning ifloslanishi va hosildorlikning yo’qotilishi;

  • Orol dengizining qurishi va tuz-chang to’zonlari, aerozol va boshqalarning tuproq yuzasiga o’tirishi hisobiga tuproqlarning sho’rlanishi.

Tuproq degradatsiyasining darajalari: tuproq degradatsiyasining barcha turlari har xil darajada bo’lishi mumkin, ya’ni kuchsizdan kuchligacha va hokazo. Tuproq degradatsiyasi miqdor ko’rsatkichlari yordamida ajralib turadi yoki sifat belgilari ko’rinishida ham bo’ladi. Tuproq degradatsiyasi quyidagi tiplarga bo’linadi:

  • texnologik (yerdan uzoq muddat foydalanish);

  • tuproq eroziyasi;

  • sho’rlanish;

  • botqoqlanish;

  • tuproqning ifloslanishi;

  • cho’llashish (qurg’oqchilik).

Atrof-muhit va tuproq qoplamining degradatsiyasini baholashda ayrim olimlar tomonidan taklif qilingan quyidagi gradatsiyadan (14-jadval) foydalanish mumkin.
Tuproq va yerlarning degradatsiyaga duchor bo’lishida quyidagi jarayonlar va tadbirlar asosiy rol o’ynaydi:

  1. Mineral va organik o’g’itlar hamda pestitsidlarning noto’g’ri qo’llanishi.

Tuproqlarga yuqori miqdorda mineral o’g’itlar va pestitsidlarning qo’llanilishi tuproq tuzilmasiga va ayrim xossalariga salbiy ta’sir qilib, uni eroziyaga moyil bo’lishiga olib keladi.

  1. Meliorativ ishlar. Meliorativ ishlarni noto’g’ri texnologiyalar asosida olib borish natijasida tuproqlarning gumusli qatlami kamayishiga va tuproqning unumdor qatlamiga tuproq hosil qiluvchi ona jins mahsulotlarini aralashib ketishiga olib keladi.

  2. O’rmon qurilish materiallarini tayyorlash. O’rmon qurilish materiallarini tayyorlash vaqtida og’ir texnikalarning harakati o’rmon qiyiga, o’simliklar qoplamiga salbiy ta’sir qiladi va daraxt ildizlarini ko’chirishda u bilan ko’p miqdorda gumus ham chiqib ketadi, natijada tuproqning ustki gumusli qatlami yo’qoladi.

  3. O’rmon yong’ini. O’rmonlarda yong’in sodir bo’lganda o’rmon bilan birga o’rmon qiyi, o’simlik qoplamiga salbiy ta’sir qiladi va natijada tuproqning gumusli qatlami yo’qoladi.

  4. Qo’riq va torfli tuproqlarning yonishi. Qo’riq va torfli tuproqlarda yong’in sodir bo’lganda tuproqning to’liq organik qismi yonib ketadi.

Tuproq degradatsiyasi yana quyidagi turlarni o’z ichiga oladi. Eroziya jarayonlari tuproq faunasi va florasiga salbiy ta’sir qiladi, ya’ni o’simlik qoplami o’zgarishga uchraydi, tuproq unumdorligi pasayadi va natijada cho’llashish jarayoni vujudga keladi. Bundan tashqari kuchli shamol, muzliklarning siljishi, ko’chkilar, daryo toshqinlari, vulqonlar, yer silkinishi, tayfun, sunami va boshqa eroziyani keltirib chiqaruvchi kuchlar mavjud.






Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə