O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent viloyati angren shahri «angren universiteti» fakultet: pedogogika va tillar yo‘nalish: pedogogika va psixologiya fan: pedogogika nazariyasi gurux: 23-3 mavzu



Yüklə 20,67 Kb.
səhifə1/3
tarix29.11.2023
ölçüsü20,67 Kb.
#141794
  1   2   3
PEDOGOGIKA NAZARIYASI


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT VILOYATI ANGREN SHAHRI
«ANGREN UNIVERSITETI»

FAKULTET: PEDOGOGIKA VA TILLAR


YO‘NALISH: PEDOGOGIKA VA PSIXOLOGIYA

FAN: PEDOGOGIKA NAZARIYASI
GURUX: 23-3



MAVZU: PEDOGOGIK MUTAHASISNING SHAXSIY VA KASBIY FAZILATLARI HAQIDAGI G‘OYALAR
Bajardi: Zokirova N.
Tekshirdi: Gapparova M.




ANGREN-2023
Pedogogik mutahasisning shaxsiy va kasbiy fazilatlari haqidagi g‘oyalar
Reja:



  • Kirish

  • O’qituvchining asosiy vazifalari va uning shaxsiga qo’yiladigan talablar.

  • Pedagogik mahoratni egallash yo’llari.

  • Pedagogning shaxsiy va kasbiy sifatlari

  • Xulosa


Haq yo'lida kim sega bir harf o'qutmish ranjila,
Aylamak boʻlmas ado oning haqin yuz ganjila.

A.Navoiy
O’qituvchi – inson ruhining muhandisidir.
M.I.Kalinin
Jamiyatda o‘qituvchi kasbi eng nufuzli va obro‘li kasb bo‘lishi lozim!
SH.M.Mirziyoyev


Kirish
Mustaqillik yillarida O’zbekiston Respublikasida malakali (mahoratli) o’qituvchilarni qo’llab-quvvatlash, ularning tajribalarini ommalashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mahoratli o’qituvchilarni aniqlash maqsadida turli ko’rik, tanlovlar tashkil etilmoqda. Xususan, «Yil o’qituvchisi» Respublika ko’rik-tanlovi ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan o’qituvchilarga pedagogik mahoratlarini individaul ravishda namoyish etish imkoniyatini berayotgan bo’lsa, «Yil maktabi» Respublika ko’rik-tanlovi o’qituvchilarga jamoa asosida ta’lim muassasasida qo’lga kiritilayotgan yutuqlarni ommaga ko’rsata olishlari uchun sharoit yaratmoqda.
O’qituvchining asosiy vazifalari va uning shaxsiga qo’yiladigan talablar
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» g’oyalarini amaliyotga tadbiq etish Respublika ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar muvaffaqiyatini ta’minlash, ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan o’qituvchi, tarbiyachi, ishlab chiqarish ustalarining ma’naviy qiyofasi hamda kasbiy mahoratlariga ham bog’liqdir.
Shaxsni tarbiyalash ishi nihoyatda murakkab faoliyat jarayoni bo’lib, juda qadimdan ushbu faoliyatga jamiyatning yetuk kishilari jalb etilgandir. Mazkur holat yosh avlod tarbiyasi, uning tashkil etilishi mazmuni nafaqat shaxs kamoloti, balki jamiyat taraqqiyotini ham belgilashda muhim ahamiyatga ega ekanligini anglatadi.
Bizning nazarimizda, zamonaviy o’qituvchi-bakalavr qiyofasida quyidagi fazilatlar namoyon bo’la olishi kerak (so’z yuritilayotgan sifatlar mohiyatan o’qituvchi-bakalavr tomonidan amalga oshirilishi zarur bo’lgan vazifa, burch va mas’uliyatlarini ifodalaydi):
1. O’qituvchi jamiyat ijtimoiy hayotida ro’y berayotgan o’zgarishlar, olib borilayotgan ijtimoiy islohotlar mohiyatini chuqur anglab yetishi hamda bu borada o’quvchilarga to’g’ri, asosli ma’lumotlarni bera olishi lozim.
2. Zamonaviy o’qituvchining ilm-fan, texnika va texnologiya yangiliklari va yutuqlaridan xabardor bo’lishi talab etiladi.
3. O’qituvchi o’z mutaxassisligi bo’yicha chuqur, puxta bilimga ega bo’lishi, o’z ustida tinimsiz izlanishi lozim.
4. O’qituvchi pedagogika va psixologiya fanlari asoslarini puxta bilish, ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda faoliyat tashkil etishi kerak.
5. O’qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonida eng samarali shakl, metod va vositalardan unumli foydalana olish imkoniyatiga ega bo’lmog’i lozim.
O’qituvchi pedagogik muloqot jarayonining faol ishtirokchisi sifatida o’zida bir qator sifatlarning tarkib topishiga erishishi zarur. Chunonchi, u eng avvalo, mulohazali, bosiq, vaziyatni to’g’ri baholay oladigan, mavjud ziddiyatlarni barataraf etishning uddasidan chiqa olishi zarur. O’quvchi, ota-onalar hamda hamkasblari bilan mulohot jarayonida fikrini aniq va to’la bayon etilishiga ahamiyat qaratishi maqsadga muvofiq. Ular bilan munosabat jarayonida so’zni salbiy holatlar haqidagi dalillarni keltirishdan emas, aksincha, o’quvchi (yoki hamkasbi, ota-onalar)ning muvaffaqiyatlarini e’tirof etishi, ularning yanada boyishiga ishonch bildirishi u bilan tillasha olishiga imkon beradi. Muloqot jarayonida o’qituvchining so’zlaridan suhbatdoshiga nisbatan xayrihohlik, samimiylik, do’stona munosabat sezilib turishi, shuningdek, imkon qadar ko’tarinki kayfiyatda bo’lishi zarur.
O’qituvchi shaxsining mazkur talablarga muvofiq keluvchi qiyofasi uning o’quvchilar, hamkasblar hamda ota-onalar o’rtasida obro’-e’tibor qozonishini ta’minlaydi.

Yüklə 20,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə