O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi



Yüklə 114,02 Kb.
səhifə2/6
tarix11.12.2023
ölçüsü114,02 Kb.
#147136
1   2   3   4   5   6
mustaqil ish yuzi o\'z.finlandiya (2)

MUHOKAMA VA NATIJALAR


  • Hayot ko`zgusi hisoblanmish matbuot ―to`rtinchi hokimiyat‖ darajasiga ko`tarilmog`i lozimligi ko`p bora ta‘kidlangan. Bu borada hali oldimizda turgan vazifalar juda ko`p. Mamlakatimiz ommaviy axborot vositalari uzoq vaqt mafkuraviy va ma‘muriy nazorat ostida ishlagani tufayli ularning hali-beri bu holatdan chiqishi, avvalo psixologik jihatdan o`zini erkin his etishi qiyin kechmoqda. Shu sababli ular o`zi uchun yangi bo`lgan hozirgi vaziyatda ba‘zan hali ham nima qilish yoki nima qilmaslik haqida yuqoridan ko`rsatma kutib o`tirgandek ko`rinishi to`g`ri tanqid qilinmoqda. Shu o‘rinda ba‘zi tanqidiy-tahliliy fikrlarga e‘tibor qaratsak. www.kun.uz saytida berilgan xabarda quyidagilar bayon etilgan:

  • ―O`zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov OAV bo`yicha selektor o`tkazmoqda. Hukumat rahbari vazirlik, hokimlik idoralari va boshqa tashkilotlarda OAV bilan ishlash talab darajasida emasligini tanqidga oldi. «Bugungi kunda OAV mamlakatda sodir bo`layotgan dolzarb voqealarga tezkor munosabat bildirmoqda.

  • Matbuotda ham turli mavzulardagi tanqidiy va tahliliy materiallar keskin ko`paydi. Bu esa jamoatchilik fikri shakllanishida muhim rol o`ynamoqda. Tan olish kerak, bundan 2-3 yil avval OAVdagi bunday ochiqlikni ko`pchilik tasavvur ham qila olmasdi.Ammo davlat organlari va OAV o`rtasida hamkorlik qanday yo`lga qo`yilgani haqidagi savolga javob yo`q. To`g`risini aytish kerak, ba‘zi rahbarlar matbuot bilan ishlashni ikkinchi va hatto beshinchi darajali ish deb qaramoqda. Ba‘zi tashkilotlar Axborot xizmati vakillariga yetarli sharoit yaratib bermagan. Shu kungacha 20 ga yaqin davlat va xo`jalik boshqaruv organlarida, 150 dan ortiq tuman, shahar va viloyat hokimliklarida Axborot xizmatlari tashkil qilinmagan. Boriga ham yana boshqa ishlar topshirib qo`yilganki, u o`z ishi bilan shug`ullanishga ulgurmaydi ham…‖ deya Aripovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri‖

Bunday tanqidiy-tahliliy fikrlarga yana bir misol tariqasida www.uza.uz saytida berilgan ―Saida Mirziyoyeva: ―Axborot xizmatlari tizimini tubdan takomillashtirish lozim!‖ sarlavhali xabarda yanada teranroq va tahliliy fikrlar bayon etilgan. Berilgan xabarga ko‘ra ―Hyatt Regency Tashkent‖ mehmonxonasida ―OAV sohasida milliy qonunchilikni yanada takomillashtirishning dolzarb masalalari‖ mavzusida respublika konferensiyasi o‘tkazilgan. Konferensiyada agentlik direktor o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva ham o‘z ma‘ruzasi bilan ishtirok etgan. Ma‘ruzada ta‘kidlanishicha, o‘tkazilgan tahlillar va o‘rganishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, sohada eng asosiy muammo, bugungi kunda yagona davlat axborot siyosati to‘g‘risidagi konseptual hujjatning mavjud emasligidir. Hozirda esa ushbu hujjat tayyorlanmoqda.


  • Bunday tanqidiy-tahliliy fikrlarga yana bir misol tariqasida www.uza.uz saytida berilgan ―Saida Mirziyoyeva: ―Axborot xizmatlari tizimini tubdan takomillashtirish lozim!‖ sarlavhali xabarda yanada teranroq va tahliliy fikrlar bayon etilgan. Berilgan xabarga ko‘ra ―Hyatt Regency Tashkent‖ mehmonxonasida ―OAV sohasida milliy qonunchilikni yanada takomillashtirishning dolzarb masalalari‖ mavzusida respublika konferensiyasi o‘tkazilgan. Konferensiyada agentlik direktor o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva ham o‘z ma‘ruzasi bilan ishtirok etgan. Ma‘ruzada ta‘kidlanishicha, o‘tkazilgan tahlillar va o‘rganishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, sohada eng asosiy muammo, bugungi kunda yagona davlat axborot siyosati to‘g‘risidagi konseptual hujjatning mavjud emasligidir. Hozirda esa ushbu hujjat tayyorlanmoqda.

  • Shuningdek, Saida Mirziyoyeva o`z nutqida davlat va xo`jalik tashkilotlari Axborot xizmatlari faoliyatidagi mavjud kamchiliklar xususida alohida to`xtaldi. Sohada ish hajmining ko`p, zamonaviy talablarga javob bera olmayapti. Mavjud sharoitlarning yetarli darajada emasligi sabab axborot xizmatlari faoliyati qoniqarsiz ahvolda qolib ketmoqda. O`ndan ortiq respublika darajasidagi tashkilotlar, ko`pgina tuman va shahar hokimliklarida haligacha axborot xizmati faoliyati tashkilotlari etilmagan. Ko`plab davlat va xo`jalik tashkilotlari veb-saytlari, ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida axborotlar yetarli darajada emasligini ham tanqid qilindi.

  • – Ularning veb-saytlariga kiruvchilarning umumiy soni 400 ming, Facebook ijtimoiy tarmog`idagi rasmiy sahifalariga murojaat qiluvchilar soni 150 mi ng, Telegram tarmog`ida a‘zolar 300 ming nafardan oshmaydi, – dedi Saida Mirziyoyeva.

  • –O`zbekistonda internetdan foydalanuvchilar soni 20 milliondan ortiq ekanini hisobga olsak, yuqoridagi ko`rsatkichlardan o`zingiz xulosa olishingiz mumkin. Saida Mirziyoyeva shu va boshqa bir qator kamchiliklarni sanab o`tar ekan, «Axborot xizmatlari tizimini tubdan takomillashtirish lozim», deya qat‘iy ta‘kidladi‖[3].

Yüklə 114,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə