O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi



Yüklə 71 Kb.
səhifə4/4
tarix14.06.2023
ölçüsü71 Kb.
#117201
1   2   3   4
8-amaliy mashg\'ulot ishlanmasi

2. Kirish quyidagilarni qisqacha o`z ichiga olishi lozim: magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi; tadqiqot ob`ekti va predmeti; tadqiqot maqsadi va vazifalari;
ilmiy yangiligi; tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari; tadqiqot mavzusi bo`yicha adabiyotlar sharqi (taqlili); tadqiqotda qo`llanilgan metodikaning tavsifi; tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy aqamiyati; ish tuzilmasining tavsifi.
3.. Magistrlik dissertatsiyasining asosiy qismi kamida uch bobdan iborat bo`lib, boblar xajm jiqatidan o`zaro mutanosib bo`lishi va quyidagilarni o`z ichiga olishi lozim: tadqiqot mavzusiga taalluqli boshqa manbalarda keltirilgan nazariy, amaliy va empirik tadqiqotlar natijalarining tanqidiy tahlili; tadqiqot metodikasi va ishning amaliy qismi bayoni; tadqiqot olib borilgan masalani qal etishda magistratura talabasining shaxsiy qissasi ko`rsatilgan holda tadqiqotning asosiy natijalari bayoni.
Dissertatsiya mavzusi qisqacha maqsadi va vazifalari.
4. Talablar 12 qismdan tashkil topgan bo’lib, ular quyidagilardir:
1. Umumiy qoidalar
2. Ilmiy rahbarlik
3. Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini shakllantirish va tasdiqlash (o’zgartirish) tartibi
4. Dissertatsiya tayyorgarligining oraliq attestatsiyasi. Magistr faoliyatining samaradorligi monitoringi
5. Magistrlik dissertatsiyasini taqdim etish
6. Magistrlik dissertatisyasiga taqriz yozish
7. Magistrlik dissertatsiyasi himoyasi
8. Magistrlik dissertatsiyasining tarkibi va mazmuniga qo’yilgan talablar
9. Magistrlik dissertatsiyasini rasmiylashtirish qoidalari
10. Professional etika
11. Magistrlik dissertatsiyasini baholash mezonlari
12. Yakuniy qoidalar
Shuningdek, magistrlik dissertatsiyasi himoyasiga kirishdan oldin zarur bo’lgan ilmiy maqolalar soniga ham o’zgartirish kiritilgan. Bundan buyon dastlabki himoyaga kirgunga qadar magistr ichki va tashqi taqrizga hamda dissertatsiya mavzusiga doir kamida 2 ta ilmiy maqola va tezisga ega bo’lishi talab etiladi. Yana bir tomoni maqola oliy ta’lim muassasasi rasmiy saytida (elektron jurnalda) e’lon qilinishi ham mumkin

Olimning professional va ijtimoiy mas'uliyati” mavzusida esse


Mamlakatning taraqqiyoti, yurt istiqboli ilm-fanning rivoji bilan belgilanadi. Bugungi kunda bu isbot talab qilmaydigan aksiomaga aylandi. Ilm-fanning ravnaqi uchun jon kuydirish va islohotlar olib borish mamlakatning kelajagi uchun fidoyilik demakdir. Ilm ilm uchun emas, balki mamlakat manfaati va uning rivojiga xizmat qilsa nur ustiga a’lo nur. Aks holda, uning qiymati qolmaydi.
Demak, ilmning sifati olimning siyrati bilan belgilanadi. Fanga vijdonan yondashib keng qamrovli bilimga ega bo‘lmagan, qaysi tilda bo‘lmasin, yozma va og‘zaki nutq madaniyati qoidalarini to‘la egallamagan olimdan fan bo‘yicha yangilik kutish mumkinmi? Aslo, yo‘q. Ilmiy maqola yozish ko‘nikmasini egallash va malaka hosil qilish uchun albatta, ilmning sifati, mashaqqati, mas’uliyati va majburiyati borasida ilmiy suhbatlar uyushtirish katta ahamiyat kasb etadi.
«Olim hech qachon faqat bitta ta’limotga tayanib qolmasligi, hech qachon o ‘z tafakkur metodlarini faqat bitta falsafa bilan cheklab qo‘ymasligi kerak»
Mas'uliyat -ijtimoiy axamiyatli burch va vazifalarning bajarilishi,uning oqibatiga javobgarlikni xis etish, anglash.

Olim mas'uliyati: a) kasbiy va b) ijtimoiy mas'uliyat ko’rinishlarida namoyon buladi. Yirik olim V.I.Vernadskiy fikricha olimlar o’z ilmiy izlanishlari oqibatlari uchun ko‘z yummasliklari, ular ilmiy tadqiqot oqibatlari uchun mas'ul ekanligini unutmasliklari lozimligini qat'iy ta'kidlagan edi. Olimlar o’z ilmiy izlanishlari davomida yaratadigan ilmiy kashfiyotlari haqiqatdan xalq, jamiyat uchun ahamiyatli ekanligi va izlanishlar salbiy tus olmasligini inobatga olgan holda faoliyat olib boorish darkor deb hisoblayman. Fan (ilmiy bilimlar)ning axloqiy motivlarini to‘g‘ri anglash olimning ijtimoiy mas'uliyatida namoyon bo‘ladi. Dastlab fan taraqqiyoti, ilmiy bilimlar doimo ezgulikka xizmat qilishga odamlar ishonar edilar, deydi . Lekin avgust 1945 yili ikkinchi jaxon urushi fashizm ustidan g‘alaba bilan yakunlangan bir davrda Yapon shaxarlarida sinab ko‘rilgan yadro quroli fan xar doim xam ezgulikka xizmat qilavermasligini yaqqol ko‘rsatdi. Bu xol olimlarni uz ilmiy izlanishlari nimaga olib borishi mumkinligini o‘ylashga majbur qildi. Axloqiy mas'ullik masalasi yangi fan soxalarining yuzaga kelishi bilan yana xam keskin qo‘yila boshlandi. Bunga gen muxandisligining rivoji bilan bog’liq muammolar misol bo‘la oladi.


Olim - doim u yoki bu ijtimoiy-madaniy muhit vakili. Mavjud ilmiy-ijodiy imkoniyatlarga butun ijtimoiy-madaniy maydonning ta’siri fanning «soflik» darajasini ko‘rsatadi. Fanda haqiqatni izlash, tanqid, bahs, munozara qo'llab-quwatlanadi. Olim о ‘zining kasbiy mahoratini maqolalar, asarlar e’lon qilish, ilmiy davralarda ma’ruzalar bilan chiqish, fanga doir malakaviy talablarga javob berish orqali muttasil tasdiqlaydi va ko‘pincha o‘z opponentlari hamkasblari bilan ham, jamoatchilik fikri bilan ham murakkab munosabatlarga kirishadi. Olim faoliyatining e ’tirof etilishi unga ilmiy daraja va unvonlar berilishi bilan bilan birgalikda jamiyatda keskin ijobiy o’zgarishlarga olib keladigan yangiliklarni yaratishni taqozo qiladi. Fanda eng nufuzli mukofot Nobel mukofoti hisoblanadi. Albatta, shaxsning ijodiy imkoniyatlari ro‘yobga chiqmasligi yoki ijtimoiy tizim bunga imkoniyat bermasligi ham mumkin. Biroq ixtiro biror yangi narsani kashf etishga jamiyat emas, balki faqat teran aql va zarur bilimlarga ega bo’lgan individgina qodirdir.
Olimlarning ijtimoiy mas'uliyatining ortib boruvi XX asr oxiri vaxozirgi davrda tabiiy-ilmiy va texnik bilimlarning insonparvarlashuvida o‘z ifodasini topdi.Fikr erkinligi va olim mas'uliyati muammosi xilma xil fikrlarning shakllanishiga sabab bo‘ldi. Ayrimlar ilmiy tadqiqotlar uchun xech qanday to‘siq bo‘lmasligi lozim, deb xisoblasalar, boshqalar fan albatta davlat tomonidan boshqarilmasligi lozim, degan fikrni ilgari surganlar.Lekin ilmiy izlanishlar chegarasini aniqlash vaqti keldi, degan xulosa kelib chiqadi. Bu chegara inson, insoniyatning manfaatlari bilan bevosita bog’liq va tabiat bilan jamiyat aloqadorligiga bevosita taalluqli. Ilmiy bilimlarning amaliyotga tatbiqi tabiat-jamiyat munosabatlariga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Bu esa uz navbatida dunyoning, insonning unga ta'sirini inobatga oladigan “yangicha” modelini ilmiy asoslash zaruratini keltirib chiqarmoqda.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, olimning mas’uliyati inson, jamiyat kelajagiga , uning farovonligiga xizmat qiladigan hamda turli xavflardan , tanazzuldan olib chiqishga qodir kashfiyotlar qilishni taqozo qiladi. Bunda biz jamiyat oldida soxta olimlar emas, haqiqiy ilm egasi,fidoiysi bo’ladigan olimlarni tayyorlash masalasini e’tiborga olish lozim deb hisoblayman.Bu darajaga erishish masalasi har bir ilm ahli uchun dolzarb masala ekanligini his qilishi lozim.
Yüklə 71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə