O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi



Yüklə 3,28 Mb.
səhifə3/12
tarix24.06.2023
ölçüsü3,28 Mb.
#118744
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
asila hisobot (2)

Amaliyot maqsadi:
Termiz davlat universiteti “Turizm” yo‘nalishi o’quv jarayonida olgan bilimlarimni va ko’nikmalarimni amaliy kasb faoliyatida chuqurlashtirish, amaliyot bo‘yicha bilim, tashkiliy ko’nikmalarni hosil qilib dastur rejasiga amal etish, amaliyot jarayonida ish sifatimni doimiy takomillashtirib kelgusida yetuk mutaxassislikka ega bolish, “Turizm” mutaxassisligiga kasb etikasi tartiblari manfaatlaridan kelib chiqqan holda muammoli masalalar va vaziyatlarni yechish, amaliyot davomida olgan bilimlarimni nazariy bilimlar bilan solishtirib, amaliyot obyekti iqtisodiyotini takomillashtirish bo`yicha mustaqil ravishda takliflar berishdan iboratdir.
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan nizomga muvofiq oliy dargohda kunduzgi shaklda tahsil olayotgan bakalavrlar tanlangan mutaxassisliklari bo’yicha tanishuv malakaviy amaliyotini o’tashlari shart.
Bakalavrlar o’z bilim doiralarini yanada kuchaytirish mqasadida o’z ish joylarida mukammal faoilyat yuritishlari va jarayonni oliy dargohidagi nazariy bilimlari bilan boyitib borishlari shart.
Tanishuv malakaviy amaliyotni o’tashdan asosiy maqsad: turizm sohasida sodir bo’layotgan iqtisodiy o’zgarishlarni bilish, turistik korxonalar, mehmonxonalar, restoranlar faoliyati bilan yaqindan tanishish, amaliy tomondan o’z bilim doiralarini yanada kuchaytirish maqsadida izlanishlar olib borish, turistik kompaniyalar va mehmonxonalarda ishlash va sayyoharga xizmat ko’rsatuvchi korxona faoliyatini yuksaltirish borasidagi amaliy isbotlab berishlari lozim. Bu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi belgilangan vazifalarni bajarish lozim bo’ladi:
- Ikkinchi: amaliyotni o’tash jarayonida bozor iqtisodiyoti munosabatlariga
mos keladigan me’yoriy hujjatlar, turli xildagi amaliy ko’rsatmalar, tavsiyanomalar bilan yaqindan tanishish, amaliyot o;tilayotgan turistik korxona, mehmonxona, restoran yoki tashkilotlarning moliyaviy iqtisodiy ko’rsatkichlari bilan tanishish, xo’jalik faoliyatini tahlil qilish, uni takomillashtirish, mehnat jamoasini ijtimoiy rivojlantirish borasidagi amaliy ko’nikmalarini ishlab chiqish va ularni tadbiq qilishda qatnashish;
- Uchunchi: malakaviy amaliyotni o’tayotgan har bir talaba yakka tartibda
berilgan vazifalarni rahbar – amaliyotchi va rahbar – o’qituvchi yordamida hal qilishi lozim;
- To’rtinchi: amaliyotni o’tash davrida talaba, qayerda amaliyot o’tayotgan
bo’lsa, shu turistik tashkilot, mehmonxona, restaranlar, hayvonot bog’lari yoki sayyohlarga xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlarning iqtisodiy mexanizmlarini ishlashi, ularning samaradorligi, ishni tashkil qila bilish va boshqalarga e’tiborini qaratgan holda ayrim chet el firmalari, chet el elchixonalari bilan ishlash, turistik korxonalarida ishni tashkil qilish, turoperatorlar, turagentlar, mehmonxona sohasida reseption, xona tozalovchi, menejer, oshxona nazorati, ishlarini.

Yüklə 3,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə