O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti “Davlat byudjeti” fanidan Guruh


Ijtimoviy himoya qilishda moliyaviy ta’minlash masalalari



Yüklə 236,39 Kb.
səhifə6/7
tarix05.10.2023
ölçüsü236,39 Kb.
#125328
1   2   3   4   5   6   7
Zamonaviy sharoitda aholini manzili ijtimoviy himoya qilish davlat dasturlarini moliyaviy ta’minlash masalalari

2.2. Ijtimoviy himoya qilishda moliyaviy ta’minlash masalalari
Iqtisodiyot rivojlanishining turli bosqichlarida byudjet xarajatlari davlatsiyosatini amalga oshirish quroli, mo’ljallangan dasturlar va tadbirlarni amalga oshirish uchun pul mablag’larining asosiy manbai hisoblanadi. Davlat byudjeti xarajatlari tasdiqlangan byudjetdan mablag’ ajratish doirasida amalga oshiriladi. Byudjet tashkilotining kundalik xarajatlarini ham, tashkilotni rivojlantirish istiqbollari masalalarini ham hal etishdagi salohiyatini belgilaydi. Iqtisodiyotni rivojlantirish, aholini ijtimoiy himoyalash, onalik va bolalikni muhofaza qilish hamda mamlakat aholisining farovonligini ta’minlash bo’yicha maqsadli yo’naltirilgan davlat siyosatini amalga oshirgan holda davlat byudjeti mablag’lari hisobidan moliyalashtiriladi. O’zbekistonda byudjet tashkilotlari barqaror ravishda rivojlantirilmoqda. Davlat byudjetining iqtisodiy - ijtimoiy ahamiyatini oshirish - Davlat byudjetining vazifalarini bajarish, byudjet tashkilotlarining faoliyatini takomillashtirish, byudjetdan mablag’ oluvchilarning xarajatlarini moliyalashtirishga bog’liq. Shuning uchun O’zbekiston Respublikai Prezidenti moliyaviy ahvol qanchalik murakkab bo’lmasin, ta’lim, sog’liqni saqlash, fan va madaniyat sohasini qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish uchun zarur mablag’ qidirib topilishi shart, deb ta’kidladilar. O’zbekistonda o’tgan yillar davomida jamiyatimiz hayotidagi yangilanish jarayonlari va islohotlarni rivojlantirish va chuqurlashtirishning mantiqiy davomi bo’lib, iqtisodiyotimizning salohiyati, barqarorligi va mutanosibligini mustahkamlash yo’lida, eng muhimi, ijtimoiy himoyani kuchaytirishga va xalqimizning turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan ishlarimizda yangi va yuksak bosqich bo’ldi. Shuningdek, davlat byudjeti xarajatlari davlat tomonidan olib borilayotgan ijtimoiy islohotlarning tom ma’nodagi ifodasini o’zida aks ettiradi. Buni quyidagi 1- jadval ma’lumotlaridan ko’rishimiz mumkin.

 
1-jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, davlat byudjeti xarajatlarida ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlarining salmog’i yuqori bo’lmoqda. Xususan, ushbu xarajatlar 2018 yilda 39 026,9 milliard so’m bo’lib, jami byudjet xarajatlarida mos ravishda 48,9 foizni tashkil etlgan bo’lsa, 2019 yil uchun kelib ushbu xarajatlar 63 542,4 milliard so’m hajmida rejalashtirilgan va uning jami byudjet xarajatlaridagi ulushi 53,8 foizni tashkil etgan. 2020 yilda esa 74231,8 milliard so’m bo’lib, jami byudjet xarajatlarida mos ravishda 51,5 foizni tashkil etlgan. Demak, ushbu sohaga qilinayotgan xarajatlar, birinchidan, nominal mazmunda va shuningdek, umumiy xarajatlar salmog’ida ham ortib bormoqda. Aholini ijtimoiy himoyalashda davlat hal qiluvchi rol o’ynaydi. Chunki, boshqa institutlar aholini ijtimoiy muhofaza qilish sohasida davlat tomonidan belgilangan maqsadlarga erishishda davlatga ko’maklashadilar. Davlat aholini ijtimoiy muhofaza qilish boshqa institutlari bilan munosabatlarini ijtimoiy sherikchilik asosida yo’lga qo’yadi.Mehnat sohasidagi ijtimoiy himoya xalqaro hamjamiyatda tan olingan va davlat tomonidan kafolatlanadigan xodimning munosib hayot kechirishi uchun etarli fiziologik, ijtimoiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish imkoniyatidir. Mustaqillikka erishilgandan so’ng, davlat xarajatlarining salmoqli qismi aholini ijtimoiy-iqtisodiy talablarini qondirishga yo’naltirilmoqda. Byudjet xarajatlari tarkibida ijtimoiy soha va aholini qo’llab-quvvatlash xarajatlari jami xarajatlarning 60 %ga yaqinini tashkil etadi. Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlari o’z tarkibiga maorif, sog’liqni saqlash, madaniyat va sport, fan, ijtimoiy ta’minot, aholi uchun ijtimoiy ahamiyat kasb etgan xizmatlar baholaridagi farqlarni byudjetdan qoplash va oilalarga ijtimoiy nafaqalarni oladi. 2020 yilda ijtimoiy sohada ham chuqur sifat o’zgarishlari ro’y berdi. Bu sohaning barqaror faoliyatini ta’minlash va rivojlantirishga davlat byudjeti jami xarajatlarining qariyb 60 foizi yo’naltirilmoqda. Respublikamizda qabul qilingan byudjet parametrlarida qayd etilganidek, joriy ijtimoiy dasturlarni amalga oshirishni davom ettirish, ko’rsatilgan ijtimoiy xizmatlar sifatini yaxshilash bilan bir qatorda, 2021 yilgi byudjet siyosati kontseptsiyasida asosiy e’tibor byudjet xarajatlarining ijtimoiy yo’naltirilganligini yanada kuchaytirishga, aholini manzilli qo’llab-quvvatlashga va byudjet tashkilotlarining ish haqilari, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy to’lovlar miqdorini bosqichma-bosqich oshirish yuzasidan tadbirlarni amalga oshirishga qaratildi. Bu sohaning barqaror faoliyatini ta’minlash va rivojlantirishga davlat byudjeti jami xarajatlarining qariyb 60 foizi yo’naltirilmoqda. Respublikamizda davlatning ijtimoiy himoya sohasi uchun sarflagan xarajatlari, aholi jon boshiga hisoblaganda, besh martadan ko’proq oshdi, har yili Davlat byudjetining qariyib 60 foizi sog’liqni saqlash, ta’lim, kommunal xo’jalik va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bilan bog’liq boshqa sohalarni rivojlantirish uchun yo’naltirilmoqda.
. Ijtimoiy ta’minot xarajatlari 2018 yilda 3 026,2 milliard so’mni tashkil etdi. 2019 yilda yurtimizda ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvatlash xarajatlarining tarkibida nafaqalar, moddiy yordam va kompensatsiya to‘lovlari 4 740,3 milliard so’m, 2020 yilda 8190,9 milliard so’mni tashkil etgan. Davlat budjeti xarajatlari hamda ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llabquvatlash xarajatlari tarkibida oilalarga beriladigan ijtimoiy nafaqalar salmog’ini pasayotganligini ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvatlash xarajatlari tarkibida qishloq joylarda uy-joylar qurishni hamkorlikda moliyalashtirish uchun kredit liniyalari uchun ajratilayotgan xarajatlar salmog’ini oshishi bilan izohlash mumkin.
Rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotni yuksaltirish maqsadida soliq islohotlariga ko'proq e'tibor berilib, iqtisodiyotning har - xil tarmoqlarini tartibga solish va rivojlantirishda soliq amaliyotida unumli foydalanadi. Yuridik va jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyati soliqlar vositasida tartibga solinadi. Erkin bozor munosabatlari sharoitida davlatning iqtisodiyotga aralashuvi soliqlar asosida namoyon bo'lib, xo'jalik sub'ektlari faoliyatiga to'g'ridan - to'g'ri aralashuv davlat vazifasiga kirmaydi, tadbirkorlar va boshqa fuqarolar kabi o'zining xususiy faoliyati doirasida ozod bo'lishi kerak va ana shundagina mamlakat iqtisodiyoti rivojlanadi. Endilikda O'zbekistonda ham ma'muriy aralashuvlarga chek qo'yilib, xo'jalik sub'ektlari faoliyatini faqat soliqlar orqali tartibga solish yo'lidan bormoqda. Respublikamizda ham rivojlangan mamlakatlar ilg'or tajribalaridan foydalanib, soliqqa tortishni optimal darajada tashkil etib iqtisodiyotni rivojlantirish va zarur tarmoqlarni yuksaltirish mumkin. Bu borada respublikada zarur islohotlar bosqichma – bosqich amalga oshirilayotganligi bois, bir qator yutuqlarga ham erishilmoqda.
XX asrning 80-90 yillarda dunyoning ko'pgina mamlakatlarida, shu jumladan AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Yaponiya, Shvetsiya va boshqa qator mamlakatlarda tadbirkorlikni rag'batlantiradigan va kapital jamg'arishni tezlashtirishga qaratilgan soliq islohotlari olib borildi. Ushbu mamlakatlarda yuksak texnologiyali ishlab chiqarishlar soliqlar orqali rag'batlantiriladi. Masalan, Shotlandiya, Angliyaning shimoliy hududlari, Shimoliy Irlandiya, Belgiyadagi toshko'mir va metallurgiya hududlari fan texnikaning taraqqiyoti ta'siri ostida inqrozga yuz tutgan vaqtda iqtisodiyotni tushkunlikdan chiqarishning soliq yo'li muhim o'rin tutadi. Ushbu hududlarda infratuzilmani zamonaviylashtirish, sanoatni yangi ilg'or ishlab chiqarish texnologiyalari bilan ta'minlash, ish kuchiga qayta malaka berish vazifasi turardi. Shuning uchun ham xo'jalik sub'ektlarini moliyaviy faoliyatini mustahkamlaydigan va investitsiyani rag'batlantiradigan soliq islohotlari amalga oshirildi. Ushbu soliq islohotlari quyidagi yo'nalishda olib boriladi: - birinchidan, xo'jalik sub'ektlari daromadini ko'paytiradigan, investitsiyani amalga oshirishga yo'naltiriladigan va malakali xodimlar tayyorlashni rag'batlantiradigan soliq imtiyozlari berildi; - ikkinchidan, muomaladagi pul massasini kamaytirish va inqirozni jilovlash uchun bilvosita soliqqa tortish salmog'i biroz oshiriladi.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, davlat byudjeti xarajatlari ijtimoiy ishlab chiqarishni rivojlantirish va takomillashtirish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, xalq farovonligini va turmush darajasini oshirish, jamiyat uchun umumijtimoiy ehtiyojlarini ta’minlamoqda. Ijtimoiy sohaga qarashli byudjet tashkilotlarning moliyaviy ta’minlash jamiyatning barcha a’zolarining umumiy ehtiyojlarini qondirish, pul mablag’larini taqsimlash va ishlatish borasidagi iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirishni ta’minlaydi.
Aholini ijtimoiy himoya qilish ma’naviyatli jamiyat mavjud bo‘lishining zarur shartlaridan biri hisoblanadi.
Mazkur muammoni o‘rganish insonning munosib va ijtimoiy maqbul sifatga ega bo‘lgan turmush kechirishini ta’minlaydigan qonunchilik, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-psihologik tizim ijtimoiy himoyani aniqlash imkonini beradi.
Insonni ijtimoiy himoya qilishning asosiy institutlari-davlat, kasab uyushmalari va boshqa jamoat birlashmalaridir. Aytni vaqtda ijtimoiy himoya qilish ijtimoiy kafolatlarga asoslanadi. Bu kafolatlar qonunlarda qayt etilgan.


Yüklə 236,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə