Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti sirtqi fakulteti



Yüklə 1,28 Mb.
səhifə4/4
tarix28.11.2023
ölçüsü1,28 Mb.
#134603
1   2   3   4
ETIKA MASALALARINI TARTIBGA SOLISH

Zamonaviy ilmiy etika


Zamonaviy ilmiy etika quyidagi xususiyatlar bilan tavsiflanadi:

  • umuminsoniy maqsad — ob’ektiv bilimlarni olish va koʻlamini kengaytirish;

  • bagʻrikenglik standartlariga javob beradi.

Olimning axloq kodeksida utilitarlik emas, balki eng yuqori intellektual qadriyatlar taʼkidlangan. Ilmiy halollik, „yaxshi nom“ni asrab-avaylash, nafaqat shon-shuhrat, keng jamoatchilik orasida mashhurlik masalalariga ham alohida o‘rin berilgan. XX asrda vaziyat biroz oʻzgardi — talablar kamroq boʻldi, fan „boy“ boʻldi[2].
Globallashuv asri kishisining jamiyat bilan bo‘lgan munosabatlaridagi har qanday faoliyatiga beriladigan baho avvalambor, uning tashqi jihatlariga e’tibordan boshlanadi, ya’ni har bir kadrni malakali mutaxassis bo‘lib yyetishishda axloqiy madaniyat hamda turmush estetikasi borasidagi nazariy hamda amaliy ko‘nikmalarlarni egallashi lozim ekanligi bizda sir emas. Shu sababli ham etiketning insonda qat’iy odob qoidalarining go‘zal hatti-harakatlar bilan uyg‘unlashtiruvchi sohalardan biridir. Zero, kishilarning o‘zaro munosabati agar u ijobiy tus olsa, jamiyat va shahs ravnaqi uchun muvaffaqiyatli kechadi.
Ma’lumki, estetik va axloqiy madaniyat kishilik jamiyatining tarkibiy qismi hisoblanadi. Uning asosini jamiyatda inson o‘zini qanday tutishi kerakligini belgilab beruvchi axloqiy me’yorlar tashkil etadi. “Etiket” atamasi dastlab Fransiyada Lyudovik XIV davrida paydo bo‘lib, O‘rta asrlarda Yevropada nafaqat madaniyat belgisi, balki kiborlar (aristokrat) va oqsuyaklarni oddiy xalqdan ajratib turuvchi odob qoidalari sifatida xizmat qilgan. Biroq, dastlab olmon mumtoz falsafasining namoyondalari, keyinroq esa ruhiy tahlil axloqShunoslari bu kabi “odob qoidalari” inson erkinligi va ruhiy salomatligi uchun zararli ekanligini ta’kidlaydilar. Chunkio‘ta sertakalluflik, faqatgina jamiyat oldidagi obro‘si uchun qilinadigan yuzaki odoblar ikkiyuzlamachilik sifatida mulozamatni me’yordan chiqargan va uni qabul qilgan insonga ham ruhiy jihatdan aksil ta’sir ko‘rsatadi, deydilar.
Bunday fikrlar bugungi kunga kelib etiket yoki zamonaviy odob qoidalariga nisbatan bir tomonlama yondaShuv ekanligi tushunib yetilmoqda. Ma’lumki, xalqimiz azal-azaldan odob qoidalarini o‘rganish, o‘zlashtirish va unga amal qilishni komillikka yyetishishning muhim yo‘li sifatida e’tirof etadi. Shuning uchun axloq, axloq ilmi, muomala madaniyati va go‘zal turmush tarzini shakllantirish masalalariga jiddiy e’tibor berib kelganlar. Ayniqsa, bugungi globallaShuv va axborotlaShuv davriga kelib insonlararo axloqiy munosabatlar tizimi yangi ko‘rinish oldi. Endilikda odamlarda turmush tarzini go‘zallashtirishga ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Taraqqiyot qanchalik tezkor bo‘lmasin, hozirda muloyim tabassum, iliq qo‘l olishish, chin yurakdan olib borilgan suhbatning ilgaridan ham ko‘proq qadri oshmoqda. Madaniy muomala - bu oila baxti, hayot go‘zalligi va ilhombaxsh mehnat garovidir. Aytilishicha, «qilish oson bo‘lgan, lekin yuqori baholanadigan narsa - muloyim iliq muomaladir». Muloyim, iliq so‘z kishiga najot, tetiklik bersa, qo‘pol so‘z esa kishini izdan chiqaradi. Albatta, muloyim muomala, sof qalb, chiroyli xulq-atvorni o‘rganib bo‘lmaydi.
Ichki madaniyatni rivojlantirish yuksak insoniy sifatlarni shakllantiruvchi tarbiyaviy ishlar majmuasidan o‘rin olishi kerak Insonning xulq-atvori uning ko‘zgusi, - deyiladi. Shunday ekan, kishining har bir ishida qalbining go‘zalligi, sof tuyg‘ulari, yuksak g‘oyasi va madaniyati ko‘rinib turishi lozim. Shuningdek, har bir soha egasi professional etiketga ega bo‘lishi zarur. Axloq - inson va jamiyat o‘rtasidagi ob’yektiv aloqadorlik tufayli kelib chiqadigan, Shahsiy va umumiy manfaatlarni muvofiqlashtirib turish asosida har bir Shahsning hayoti va faoliyatini boshqaradigan, tartibga soladigan muayyan xulqatvor, odob, hatti-harakat normalarning majmuidir. “Axloq normalari iborasi odatda oldindan so‘z, yaxshi yoki yomon, ijtimoiy jihatdan ko‘rsatilgan xulq-atvor, har bir madaniyat uchun turli xulq-atvorlar yig‘indisini tashqil etadi”1 .
Kasb axloqi - jamiyat tomonidan qabul qilingan axloq qoidalarini kishilarning ixtisoslariga nisbatan amalda tatbiq qiluvchi aniq kasbiy burch, sha’n, or-nomus, qadr-qimmat kabi hatti-harakatlarning majmui, umumiy axloqning kishilar kasbkoridagi o‘ziga xos ko‘rinishidir. Professional etika- har bir kasb-hunarga xos axloqiy norma, prinsip va sifatlarni o‘rganadi,hayotga tatbiq etadi. Jamiyatda mutloq, abadiy va o‘zgarmas axloq yo‘q. Axloq tarixan o‘zgaruvchan va nisbiy mustaqillikka ega bo‘lgan ijtimoiy hodisadir. Yillar o‘tishi bilan ishlab-chiqarish, fan va texnika rivojlanib, ijtimoiy mehnat taqsimoti yanada chuqurlashadi.
Bu jarayonning uzluksiz davom yetishi esa o‘z navbatida, har biri muayyan ijtimoiy funksiyani bajaradigan yangidan-yangi faoliyat sohalari paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Ularning sohiblari esa shunga ko‘ra muayyan ijtimoiy burchlarni bajara boshlaganlar. Mazkur burch va majburiyatlar muayyan axloqiy qoidalar va xulq-atvor normalarida o‘z aksini topdi. Shunday qilib, professional etikaning paydo bo‘lish uzluksiz mehnat taqsimotining mahsuli, uning axloqiy dasturi, axloqiy bahosi sifatida faoliyat ko‘rsata boshladi. Xalqimiz azal-azaldan odob qoidalarini o‘rganish, o‘zlashtirish va unga amal qilishni komillikka yetishishning muhim yo‘li sifatida e’tirof etadi. Shuning uchun axloq, axloq ilmi, muomala madaniyati va go‘zal turmush tarzini shakllantirish masalalariga jiddiy e’tibor berib kelganlar. Ayniqsa, bugungi globallaShuv va axborotlaShuv davriga kelib insonlararo axloqiy munosabatlar tizimi yangi ko‘rinish oldi. Endilikda odamlarda turmush tarzini go‘zallashtirishga ehtiyoj tobora ortib bormoqda. “Professional etika va etiket” nomi bilan taqdim etilayotgan ushbu darslikda etiketning vujudga kelishi va rivojlanishi, kasbiy etikaning kategoriyalari, muomala madaniyati, etiket turlari, oila va turmush etiketi, marosimlar, mezbon va mehmon etiketiga doir zamonaviy mavzularning ilmiy asoslari tahlil qilingan.
Inson kamoloti ko‘p qirralidir. Uning buyukligi ma’naviy kamolot darajasi bilan belgilanadi. Yetuk ma’naviyatga ega bo‘lgan insongina jamiyat muammolarini aqli va zakovati bilan yechishga harakat qiladi. Chunki inson o‘z atrofidagi odamlar ta’sirida kamolotga erishadi. Zotan, inson jamiyatda yashar ekan, undan chetda turolmaydi. Insonlarga xos bo‘lgan axloq me’yorlari jamiyat taraqqiyoti va hayotiy ehtiyojlar ta’sirida o‘zgarib turadi.
Ta’lim-tarbiya, ijtimoiy munosabatlarning shakllanishi va rivojlanishi insonlarning hatti–harakatlarini, ular o‘rtasidagi munosabatlarni ma’naviyat bilan bog‘lanmagan tabiiy ehtiyojlar va imkoniyatlar chegarasidan tobora uzoqlashtirib boradi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, davlat boshqaruvining asosiy yo‘nalishi umume’tirof etilgan tamoyillar, xalqaro huquqiy hujjatlar hamda demokratik standartlar asosida huquqiy davlat qurishni belgilab oldi. Huquqiy davlatning shakllanishi va jamiyat ishlari boshqaruvining takomillashuvi o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik kuchayib borayotgan hamda erkin fuqaro ma’naviyatini, ozod Shahsni shakllantirish masalasi oldimizdagi muhim vazifaga aylanib borayotgan hozirgi paytda davlat boshqaruvi qat’iy qonunlar asosida amalga oshishini taqazo etmoqda. Bu esa bevosita davlat xizmatchidagi xodimdan yuksak fazilatlarni o‘zlashtirishni talab qiladi.
Davlat xizmatidagi xodimlarning huquqiy va axloqiy madaniyati bir-biriga mutanosib bo‘lishi kerak. Shu munosabat bilan mansabdor shahslarda siyosiy xislatlar bilan bir qatorda axloqiy fazilatlarni shakllantirish zaruriy holdir. Axloqiy barkamollik davlat xizmatidagi xodimlarning ishbilarmonlik sifatlaridan biri hisoblanadi. Jamiyatda mutloq, abadiy va o‘zgarmas axloq yo‘q. Axloq tarixan o‘zgaruvchan va nisbiy mustaqillikka ega bo‘lgan ijtimoiy hodisadir. Uning bu xususiyatlari umumiy axloqning tarkibiy qismlaridan biri bo‘lgan Professional etikada ham yaqqol namoyon bo‘ladi. Jamiyat rivojining tarixida ijtimoiy mehnat taqsimotining paydo bo‘lishi mehnatning bir turi bilan band bo‘lgan kishilar guruhlarining kasb – hunar jihatidan ajralib chiqishiga va shunga muvofiq ravishda turli xil mutaxassisliklarning vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Bu esa harbir insonning qilayotgan mehnat tarziga, mehnatni tashkil qilish usullariga qarab, ulardan muayyaan turdagi harakatlar va ruhiy quvvatlarni sarflashni talab etadigan qaytarilmas, o‘ziga xos ko‘nikmalarni vujudga keltiradi. Inson voyaga yetib, bir kasbning boshini tutgach o‘z kasbi doirasida odamlar bilan muntazam munosabatda bo‘ladi.
Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə