O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va inovatsialar ta‘lim


Sintetik va analitik hisob



Yüklə 63,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix11.12.2023
ölçüsü63,01 Kb.
#148487
1   2   3   4
15.IKKI YOQLAMA YOZUV VA UNING QO\'LLANILISHI (1)

Sintetik va analitik hisob 
Xo‘jalik jarayonlari ro‘y berishi natijasida xo‘jalik mablag‘lari va 
ularning tashkil topish manba- larini doimo miqdoriy, tarkibiy hamda 
joylashishi jihatidan o‘zgarib borishini hujjatlashtirish, buxgal- teriya 
provodkalari yordamida schyotlarda aks ettirib borish buxgalteriya 
hisobining asosi hisoblanadi. Oldingi savollarimizda ko‘rib 
o‘tganimizdek, schyotlarni ular ma’lumotlarni qay darajada aks 
ettirishiga qarab sintetik va analitik yozuvga ajaratish mumkin. Sintetik 
yozuvda xo‘jalik mablag‘lari va ular tashkil topish manbalari haqidagi 


ma’lumotlar umumlashtirib, pul o‘lchov birligida aks ettiriladi. Sintetik 
schyotlar orqali yuritiladigan hisob esa sintetik hisob deb ataladi. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Buxgalteriya 
Hisobi 
Milliy 
Standartlarining 21-son «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy-
xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo‘llash 
bo‘yicha yo‘riqnoma» nomli standartda keltirilgan schyotlar sintetik 
schyotlardir. CHunki bu schyotlar bitta mablag‘ yoki manba to‘g‘risida 
umumiy ma’lumot beradi.
Ba’zi hollarda mablag‘ yoki manba to‘g‘risida aniqlashtirilgan, 
detallashirilgan, alohidalashtirilgan ma’lumotlar zarur bo‘lib qoladi. 
Bunday ma’lumotlarni olish uchun analitik hisobdan foydalaniladi. 
Analitik hisob xo‘jalik mablag‘lari va ular tashkil topish manbalari 
haqidagi ma’lumotlarni ularning alohida turlari bo‘yicha, aniq 
ko‘rsatkichlar orqali olishda foydalaniladi. Analitik schyotlar miqdori u 
qo‘llanilayotgan korxona, tashkilot va xo‘jalikning qaysi sohasida 
ekanligiga, ularning faoliyat doirasi katta yoki kichikligiga bog‘liq 
bo‘ladi. Analitik schyotlar bo‘yicha yuritiladigan hisob analitik hisob 
deyiladi. Quyidagi misollar orqali sintetik va analitik schyotlarning bir-
biridan farqi va shu bilan birga ularning o‘zaro bog‘liqligi ko‘rib 
o‘tiladi. 
«Tovarlar» schyoti 2900 raqami bilan belgilanib, sintetik schyot 
hisoblanadi. Tovarlar xo‘jalik mablag‘- larining aylanma aktivlar 
qismiga kirib, muomala sohasida bo‘ladi. SHuning uchun ham bu schyot 
aktivdir. «Tovarlar» schyoti debeti qoldig‘idagi summa savdo korxo- 
nasidagi mavjud bo‘lgan tovarlar qiymatini bildiradi, ammo tovarlarning 
qaysi turidan qancha qolganligi haqidagi ma’lumotni ham pul o‘lchov 


birligida, ham natura o‘lchov birligida analitik schyotlar orqali olish 
mumkin.
Sintetik va analitik schyotlarning bir - biridan farqi shundaki, sintetik 
schyotlarda xo‘jalik mablag‘lari va ular manbalari umumlashtirib 
ko‘rsatilsa, analitik schyotlarda esa ular haqidagi ma’lumotlar ularning 
turlari bo‘yicha alohida-alohida hamda uch o‘lchov birligi ham 
qo‘llanilib aks ettiriladi.
Misol
. Tovarlarning umumiy qiymati 2910 — «Ombordagi tovarlar» 
sintetik schyotidan olinadi, ya’ni 30320000 so‘m. SHundan, 
sovutkichlar: «SINO» — 2 ta 1000000 so‘mdan, jami 2000000 so‘m; 
«Orsk» — 8 ta 1200 000 so‘mdan, jami 9 600000 so‘m; 
«DAEWOO » —10 ta 800000 so‘mdan, jami 8000000 so‘m; 
videokameralar: «DAEWOO » —2 ta 1400000 so‘mdan, jami 2800000 
so‘m; «Samsung»—2 ta 1960000 so‘mdan, jami 3920000 so‘m; 
«Philips» 2 ta 2 000000 so‘mdan, jami 4 000 000 so‘mni tashkil etadi. 
Bu mablag‘lar sotish uchun «Ombordagi tovarlar» sintetik schyotida 
hisobga olinadi va har biri uchun alohida-alohida kartochka ochiladi. 
Mana shu kartochkalar 

Yüklə 63,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə