O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va inovatsialar ta‘lim



Yüklə 63,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix11.12.2023
ölçüsü63,01 Kb.
#148487
  1   2   3   4
15.IKKI YOQLAMA YOZUV VA UNING QO\'LLANILISHI (1)



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY 
TA’LIM FAN VA INOVATSIALAR TA‘LIM 
VAZIRLIGI FARG‘ONA DAVLAT 
UNIVERSITETI 
SIRTQI FAKULTET 
IQTISOD (TARMOQLAR VA SOHALAR ARO) 
YO’NALISHI 
21/163-GURUH TALABASI: 
VOXIDOV XURSHID ABDULAZIZ O’G’LI 
BUGALTERYA HISOBI FANIDAN 
 
MAVZU: IKKI YOQLAMA YOZUV VA UNING QO'LLANILISHI 
 
 


IKKI YOQLAMA YOZUV VA UNING QO'LLANILISHI 
 
Reja: 
1.
 
Ikkiyoqlama yozuv va uning qo‘llanilishi 
2.
 
Sintetik va analitik hisob 
3.
 
Oborot (aylanma) vedomostlar 
 
 
 
 


Ikkiyoqlama yozuv va uning qo‘llanilishi 
 
Ko‘rib o‘tganimizdek, jamiyatda ikkiyoqlama yozuvning paydo 
bo‘lishi buxgalteriya hisobi rivojlanishiga asos bo‘lgan. XIII—XIV 
asrlarda ikkiyoqlama yozuv tizimi paydo bo‘ldi va SHimoliy Italiyaning 
bir necha savdo markaz- larida undan foydalanila boshlandi. Topilgan 
yagona qo‘lyozmalarga ko‘ra ikkiyoqlama yozuv 1340- yili paydo 
bo‘lgan
1

YAna boshqa manbalarga ko‘ra bundan ham oldinroq Fransiyaning 
SHampan viloyati savdo firmalarida (1299—1300) ikkiyoqlama 
yozuvdan foydalanilgan. Uning asoschisi Italiyada yashagan fransuz 
monarxi Luko Pacholi hisoblanadi. U o‘zining ulkan ishi hisoblangan 
«Schyot va yozuvlar to‘g‘risida risola» nomli asarida (1494- yil) hisob 
yozuvlari bo‘yicha tushunchani ochib berdi. Hozirda ham bu kitob juda 
dolzarb hisoblanadi. 
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar qaysi tarmoqqa qarashliligidan va 
unda qanday xo‘jalik jarayoni ro‘y berishidan qat’iy nazar har doim ikki 
va undan ortiq xo‘jalik mablag‘i yoki ularning tashkil topish manbalari 
ishtirok etadi. SHuning uchun ham xo‘jalik jarayonlarini schyotlarda aks 
ettirishda ikki yoki undan ortiq schyotlardan foydalaniladi. Xo‘jalik 
yurituvchi sub’ektlarda sodir bo‘layotgan xo‘jalik jarayonlari tufayli 
mablag‘lar va ularning tashkil topish manbalari bir-biri bilan bog‘lanadi 
va natijada ular uchun mo‘ljallangan buxgal- teriya hisobi schyotlari 
ham 
bir-biri 
bilan 
bog‘lanadi 
(bu 
bog‘lanish 
«Schyotlar 
1
Б.П.Караванова, А.В.Пушинин Бухгалтерский учет на предприятиях туристской индустрии : учеб. пособие 
для студ. учреждений высш. проф. образования 7-стр 


korrespondensiyasi» deyiladi). Schyotlar bog‘lanishining buxgalteriya 
hisobi yozuvlarida aks ettirilishiga «Ikkiyoqlama yozuv» (buxgalteriya 
provodkasi) deb aytiladi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda sodir bo‘layotgan jarayonlarga 
tegishli summalar buxgalteriya hisobi yozuv- larida eng kamida ikkita 
schyotga yoziladi, albatta bir schyotning debetiga, ikkinchi schyotning 
kreditiga. 
Quyidagi misollar yordamida ikki yoqlama yozuv va uning 
amaliyotda qo‘llanilishini tushunib olish mumkin. 
Misol. Mehnat haqi berish uchun hisob-kitob schyotidan kassaga 
7000000 so‘m pul olindi. Ushbu xo‘jalik jarayon tufayli korxonaning 
bankdagi hisob-kitob schyotidagi mablag‘i kamayib, korxonaning 
kassasida esa naqd pul ko‘paydi. Bu jarayonni schyotlar chizmasida aks 
ettirish quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:

D
T
кassa K
T

D
T
Hisob-kitob schyoti K

Yuqorida keltirilgan misoldagi xo‘jalik jarayoni tufayli «Kassa» va 
«Hisob-kitob schyoti» schyotlari bir-biri bilan bog‘lanadi. 
Xulosa qilib aytish mumkinki, ikkiyoqlama yozuv — bu xo‘jalik 
jarayonida vujudga keladigan o‘zgarishlarning schyotlar tizimi orqali 
ifodalanishidir. 

7000000 
 
 

7000000 


Ikkiyoqlama yozuv usulining ahamiyati shundaki, uning yordamida, 
hisob ishlari to‘g‘ri yuritilayotganligini nazorat qilib borish imkoniyati 
yaratiladi. Amaliyotda xo‘jalik jarayonini bir schyoti debeti va ikkinchi 
schyotning kreditida aks ettirilishi buxgalteriya provodkasi deyiladi.
Buxgalteriya yozuvining ikki turi mavjud: 
— oddiy buxgalteriya yozuvi(Упрощенная форма)
2

— murakkab buxgalteriya yozuvi. 
Oddiy buxgalteriya yozuvida faqat ikki schyot qatnashib, biri 
debetlanadi, ikkinchisi kreditlanadi. 
Misol.
Bankdan qisqa muddatga 1000000 so‘m kredit olindi va 
hisob-kitob schyotiga o‘tkazildi. Bank oldidagi qarz, shu bilan birga 
hisob-kitob schyotidagi pul mablag‘i ham ko‘paydi. Bank bilan qisqa 
muddatli kreditlar yuzasidan hisob-kitoblar schyotining passivligini va 
hisob-kitob schyotining aktivligini inobatga olsak, bu jarayon 
buxgalteriya yozuvida quyidagicha aks ettiriladi: 
D
T
5110 — «Hisob-kitob schyoti» - 1000000 so‘m 
K
T
6810 — «Bankning qisqa muddatli kreditlari» - 1000000 so‘m. 
Murakkab buxgalteriya yozuvida esa uch yoki undan ortiq schyotlar 
qatnashib, bir schyot debetlanishi va ikki yoki undan ortiq schyot 
kreditlanishi va aksincha, bir schet kredit- lanib, ikki yoki undan ortiq 
schyot debetlanishi mumkin. 
Misol.
Korxonadagi asosiy vositalarga eskirish summasi hisoblandi: 
a) asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vositalarga 220000 so‘m; 
b) yordamchi ishlab chiqarishdagi asosiy vositalarga 30000 so‘m; 
d) ma’muriy boshqaruvdagi asosiy vositalarga 29500 so‘m. 
2
Там же 6 стр 


D
T
2010 – 220000 
D
T
2310 – 30000 
D
T
9420 – 29500 
K
T
0250 – 279500. 
SHuningdek, ba’zi hollarda xo‘jalik jarayonlari bir tomonlama yozuv 
orqali ham aks ettiriladi. Masalan, ko‘rib o‘tganimizdek, balansdan 
tashqari schyotlar faqat bir tomonlama yozuv orqali ko‘rsatiladi. 
Misol.
Korxona qisqa muddatli ijaraga asosiy vosita oldi. Uning 
balans qiymati 61 500 900 so‘m. 
Ushbu xo‘jalik jarayoni buxgalteriya hisobi yozuvlarida quyidagicha 
aks ettiriladi: 
a) olinganda: 
D
T
001 — «Operativ ijaraga olingan asosiy vositalar» — 61 500 900; 
b) egasiga qaytarilganda: 
K
T
001 — «Operativ ijaraga olingan asosiy vositalar» — 61 500 900. 

Yüklə 63,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə