O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim va inovatsialar ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti


BOQIY DARBADAR” ROMANI HAQIDA OʻYLAR



Yüklə 92,67 Kb.
səhifə3/3
tarix08.06.2023
ölçüsü92,67 Kb.
#116209
1   2   3
Isajon sultonning ozod ramanining tahlili

BOQIY DARBADAR” ROMANI HAQIDA OʻYLAR
Istiqlol davri oʻzbek nasrida Isajon Sulton ijodi alohida oʻrin egallaydi. Ayniqsa, yozuvchining “Boqiy darbadar” nomli romani badiiy-gʻoyaviy, ifodaviy jihatdan oʻziga xosligi bilan ajralib turadi. Bu romanda umuminsoniyatga xos azaliy muammolar yangicha yoʻnalishlarda, Sharq va Gʻarb estetik tafakkuri anʼanalarining sintezi oʻlaroq oʻz badiiy yechimini topadi.
Bugun dunyo shiddat bilan oʻzgarmoqda. Yangi asr yuksak texnologik yutuqlarni taqdim etgani holda, insoniyat qarshisiga yana minglab muammolarni ham koʻndalang qoʻymoqda. Global isish natijasida ekologiya yil sayin oʻzgarib hayvonot va nabodot olamiga zarar yetmoqda. Siyosiy-ijtimoiy munosabatlar taranglashgan, demokratiya krizisga uchragan. Yadroviy qurollarning havfi kundan-kunga ortib bormoqda… Xoʻsh, shunday chigal vaziyatda inson qanday hayot kechirmogʻi lozim? Bu muammolarning muayyan yechimi bormi? Isajon Sulton oʻz romanlari bilan ana shu savollarga javob izlashga urinadi. Bugungi global dunyoda insonga yoʻl koʻrsatishga, uning hayotiy maqsad va vazifalarini eslatib qoʻyishga harakat qiladi. Shu maʼnoda yozuvchi oʻz romanlarida olam va odam munosabatlarining yangi modeli, yangicha konsepsiyasini ilgari suradi. Aslida, Isajon Sulton asarlaridagi oʻziga xoslik ham, uning nasrimizga kiritgan yangiligi ham shunda koʻrinadi.
“Boqiy darbadar” romani (“Sharq yulduzi” 2010 yil, 6-son) tom maʼnoda yozuvchining ijodiy salohiyatini, uning oʻziga xos yoʻnalishini belgilab berdi. Mutaxassislar asarni oʻzbek romanchiligidagi yangi hodisa deya baholadi. “Boqiy darbadar” ramziy-falsafiy roman boʻlib, yozuvchi atigi 80 sahifalik asarga bugungi dunyoning global muammolarini, jar yoqalab borayotgan insoniyatning mudhish qismatini sigʻdira olgan. Bu qadar keng qamrovli mavzuni kichik hajmli asarga jo etishda yozuvchiga postmodernizm yoʻnalishi juda qoʻl keladi. Adabiyotshunos D.Quronov bu haqida shunday yozadi: “Boqiy darbadar”da anʼanaviy eposga xos voqeaband syujet oʻrnida sirtdan bir-biriga bogʻlanmay turli makon va zamonda, goh reallik, gohi xayolotda kechuvchi voqealar tasvirlangan, markazida risoladagidek qahramon turmagan boʻlsa-da, ularni bir narsa – hayotning maʼnisiyu bashariyat taqdiri haqida oʻyga tolgan muallif shaxsi birlashtiradi, yaxlit butunlikka – romanga aylantiradi…”(1) D.Quronovning mazkur taʼrifidan soʻng aytish mumkinki, romanga postmodernizm yoʻnalishi kuchli taʼsir oʻtkazgan. Zero, olamni uzuq-yuluq turli fragmentlar bilan tasvirlashga urinish postmodernizmning asosiy qonuniyati hisoblandi.
Rus faylasufi P.Grechko “Hozirgi kunda “postmodernizm”day ommabop, mavhum va koʻp qirrali termin yoʻq”, deb yozgan edi. Shu maʼnoda oʻzbek adabiyoti namunalarini postmodernizm yoʻnalishi tamoyillari asosida tahlilga tortish baʼzi nazariy chalkashliklaru sunʼiy xulosalarni keltirib chiqarishi mumkinligini inkor etmaymiz. Ammo muammoning ikkinchi bir tarafidan aslo koʻz yumib boʻlmaydi: glaballashuv, ilm-fan taraqqiyotining yangi bosqichga koʻtarilishi, har qancha taraqqiy topmasin, tabiatning “oddiy” hodisalariga oydinlik kiritolmayotgan, na koinotning va na kichik zarra(molekula)ning cheku chegarasini topolmay tang boʻlayotgan inson salohiyati va uning oʻzgarib borayotgan maqsadlari, hayotiy maʼnosi, umuman, adabiy jarayon shakllanayotgan davr, yangi ijtimoiy munosabatlarning sanʼatga taʼsiri masalasi ham borki, bu milliy adabiyotimizda yaratilayotgan muayyan asarlarga yangicha bir nigoh bilan qarashga undayveradi. “Boqiy darbadar” romanida ham yozuvchi olamning yaxlit modelini turli diniy rivoyatlar, tarixiy maʼlumotlar, zamonaviy ilmiy qarashlar, texnologik yutuqlar, jahon falsafasiga doir yoʻnalishlar va qarashlarning oʻzaro kesishgan nuqtasida yaratishga urinadi. Eʼtiborli jihati, yozuvchi oʻz badiiy konsepsiyasini ilgari surishda Gʻarb adabiy anʼanalaridan toʻliq andaza olmaydi, balki Sharq va Gʻarb anʼanalarini oʻzaro sintez qiladi. Yaʼni muallif postmodernizmning shakliy xususiyatlariga murojaat etadi, xolos. Asarda postmodernizmga xos ifoda shakllari sharqona tafakkur xususiyatlari bilan payvandlanadi va mazmun-mohiyati bilan gʻarbcha dunyoqarashni inkor etadi. Agar Gʻarb postmodernizmi olamni bemaʼni deya hukm chiqarsa, Isajon Sulton romanida shu maʼnisizdek koʻrinayotgan dunyoda darbadarlikdan qochish kerakligi gʻoyasi olgʻa suriladi. Ahamiyatlisi, ijodkor mavjud sharoitning xaotik ifodasidan qochmaydi. Yaʼni roman qahramonlari oʻz mavjudligidagi haqiqatni turli yoʻllardan qidirarkan, muallif aniq bir hukm, Idealni koʻrsatishga ojiz ekanligini yashirmaydi. Lekin uning qahramonlari ana shu Idealni qidirishdan charchamaydi.
“Boqiy darbadar” romanida ketar yoʻlidan adashgan bashariyat qismati qalamga olingan boʻlib, unda oʻrgimchak toʻriday chirmashib ketgan oʻnlab yoʻllarda manzilga intilayotgan, hayotdan, yashashdan maʼni qidiriyayotgan qahramonlarni koʻrish mumkin. Tom maʼnoda asar “men kimman?”, “otim nima?” savollari tegrasiga qurilgandek tasavvur uygʻotadi. Zero, asardagi har bir qahramon shu savvollarga javob izlashga urinadi. Yozuvchi insoniyatning tobora tanazzulga yuz tutayotgani sababini oʻz Robbisidan yuz oʻgirayotganida, azaliy qadryat va aqidalariga bepisandlik qilayotganida koʻradi. U bu gʻoyani asarning markaziy qahramonlaridan biri – etikdoʻz misolida berishga urinadi. Asarning badiiy gʻoyasida etikdoʻz tom maʼnoda butun insoniyatning ramzi sanaladi. Zero, ming yillar oldin shu etikdoʻz Yaratganning suyukli bandasiga qoʻl koʻtarib tavqi lanatga uchraydi. Shu kundan boshlab bu lanatlangan inson chigal dunyoning boqiy darbadariga aylanadi. U oʻz manzili haqida biladi, ammo unga olib boruvchi yoʻllarni bilmaydi. Bani bashar esa kundan kunga oʻzi shundoq ham manzili mavhum yoʻllarni yanada koʻpaytirish, chigallashtirish bilan ovora. Bu ketishda u manzilidan butunlay adashadi… Xoʻsh unda yoʻlda adashmaslik uchun, saodat manziliga toʻgʻri borish uchun nima qilmoq kerak? Yozuvchi bu savolga professor Ziyoning oʻgʻli misolida javob axtarishga urinadi. Oʻgʻil barcha jumboqlarning yechimini Allohga imon keltirish, taqdiri azalga tan berishda koʻradi: “Kengligiga aql bovar qilmas ulkan kurrai zaminni muallaq suzdirib qoʻysayu qaynoq suvlarda, daraxt tanasining gʻovaklarida va hatto toshlarning ichida ham oʻzining qudratiga dalolat boʻlsin va inson bolasi koʻrsin uchun jonzotlarni yaratgan boʻlsa… shularni anglasamu oʻzimning haqirligimdan xabardor boʻlsam… qanday qoʻrqmasdan tura olay?” (2) Oʻgʻil inson oʻzligini anglashi uchun tevarak atrofga quloq tutishi kerakligini ham aytadi: “…Tevaragimiz ramzlarga va timsollarga toʻladir. Har bir oʻt-oʻlan aql qulogʻiga, siz nazarda tutgan tafakkur bois, baland ovoz bilan xitob qilib turmoqdadir. Toshlarning va jamiki maxluqlarning ham imon keltirib qichqirishini eshita olish uchun ilm va tafakkur kerak”. Yaʼni professorning oʻgʻli shu ilmlarni egallab abadiy darbadarlikka yuz tutgan odamlar safidan chiqishni orzu qiladi: “Men hozir dunyoning har bir mamlakatida, har bir goʻshasida, halol va imonli kishilar bilan bir qatorda, ana shunday darbadar insonlarni ham koʻrmoqdaman… Shunday darbadarlikka mubtalo boʻlmaslikning yoʻllarini izlamoqdaman”. Oʻgʻilning bu soʻzlarida asarning umumiy xulosasi jo boʻlganday, goʻyo. Chunki darbadarlikka mubtalo boʻlmaslikning yoʻllarini har bir inson izlashi, shu bilan oʻzini va dunyoni jar yoqasidan qaytarishga urinmogʻi lozim.
Yüklə 92,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə