47
suyuq moddalar agro va gidrodinamik tadqiqotlari yordamida ularning bir jinsliligi
tekshiriladi.
Endoskoplar to’la ichki qaytish hodisasiga asoslangan bo’lib ingichka
naydan iborat. Uning ichida lampochka va linza qo’yilgan. Undan asosan odam va
hayvonlar
ichki organlarni, asosan oshqozonni tekshirishda ishlatiladi.
Endoskopning ikkinchi uchi monitorga ulangan bo’lib, ichki organlar tasvirini
ko’rsatib turadi. Undan ichki organlarni jarrohlik usulida davolashda ham
ishlatiladi. Endoskop
shlangi svetovoddan iboratdir, u har qancha egilib, buralsa
ham monitorda tasvir aniq ko’rinadi.
Refraktometrlar yordamida veterinariyada
hayvon organizmidan olingan
turli suyuqliklar, ayniqsa, siydik sindirish ko’rsatkichini aniqlash yo’li bilan uning
kasalliklarini diagkostika qilish mumkin. Qonda, siydikda shakar miqdorini yuqori
darajad aniqlikda o’lchash mumkin. Bularni aniqlash esa hayvon organizmi holati
haqida to’la ma’lumot olishga imkon beradi. Olingan natijalarga ko’ra davolash
usullarini qo’llash mumkin.
Fotometriya
optikaning
yorug’lik
intensivligini
o’lchash
bilan
shug’ullanadigan bo’limidir, fotometriyada ikki xil kattaliklarga qaraladi.
1.
Energetik-optik nurlanishni quvvat tomondan xarakterlaydi.
2.
Yorug’likning fiziologik ta’siri o’rganiladi.
Nurlanish oqimi Фe deb, biror sirtdan o’tayotgan yorug’lik
nurlanishi
elektromagnit to’lqinlarining shu sirtdan 1sekundda olib o’tgan energiya miqdoriga
aytiladi.
t
W
Ф
e
(4.4)
Nurlanish oqimi vatt (Vt) larda o’lchanadi.
Nuqtaviy yorug’lik manbai deb, o’lchamlari yorug’lik yetib borgan masofaga
nisbatan juda kichik bo’lgan manbaga aytiladi. Yorug’lik kuchi deb, nuqtaviy
yorug’lik manbaining birlik fazoviy burchak hosil qiluvchi yorug’lik
oqimiga
aytiladi.
Ф
I
(4.5)
Bunda
- fazoviy burchak. Yorug’lik kuchining birligi Vt/sterradian
Yorug’likning turli to’lqin uzunliklarda ko’zga ta’siri har xil bo’lgani uchun
faqat yorug’lik uchun maxsus birliklar kiritiladi. SI birliklar tizimida yorug’lik
kuchining birligi – kandela asosiy birlikdir.
I
Ф
(4.6)
Bundan yorug’lik oqimi ta’rifi kelib chiqadi.
Yorug’lik oqimi fazoviy burchak bir sterradian bo’lganda 1 kd yorug’lik
nurlayotgan nuqtaviy manbaning hosil qilgan oqimi deb qarash mumkin. U holda
uning o’lchov birligi 1 lyumen bo’ladi.
стер
кандeла
лм
1
1
1
Sirtlarni yoritishni miqdoriy baholash uchun yoritilganlik tushunchasi
kiritilgan.