|
![](/i/favi32.png) O‘zbekiston respublikasi oliy
|
səhifə | 39/267 | tarix | 27.12.2023 | ölçüsü | 8,18 Mb. | | #163023 |
| 5.71.01.01 Feldsher Akusherkik(1)O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG`LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
O`RTA MAXSUS PROFESSIONAL TA’LIMNING
- FELDSHER - AKUSHERLIK ISHI kasbi bo`yicha
TIBBIY BIOLOGIYA. UMUMIY GENETIKA NAMUNAVIY O`QUV DASTURI
Kvalifikatsiya raqami va nomi:
|
5.71.01.01. Umumiy amaliyot feldsher –
akusheri.
|
O`quv rejadagi tartib raqami:
|
2.07.
|
Ajratilgan auditoriya soat:
|
108
|
Toshkent 2021yil
Tuzuvchilar:
|
1 – Respublika Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi o`qituvchisi Z.K. Nuralieva
|
Taqrizchilar:
|
1 – Respublika Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi bosh o`qituvchisi D. Boboeva
|
|
TashPTI Tibbiy biologiya va umumiy genetika fani o`qituvchisi Z.X. Poliboeva
|
O`quv dasturiga qo`yiladigan talablar
O`quv dasturining nomi
|
Tibbiy biologiya. Umumiy genetika
|
Ajratilgan soat
|
108soat
|
Mavzular soni
|
18
|
Dasturning maqsadi
|
Talabalarda tibbiy-biologik va klinik fanlarni o`rganishda zarur bo`ladigan bilim asoslarini shakllantirish;
talabalarda tirik materiyaning molekulyar, hujayraviy tizimlar darajasida aniqlangan umumbiologik qonuniyatlar asosidagi nazariy va amaliy bilimlarini shakllantirish;
talabalarga odam biologik va ijtimoiy mavjudot ekanligi, odamdagi belgi va xususiyatlarning namoyon bo`lishi genetik qonuniyatlarga bo`ysingan holda tashqi va ichki omillar ta’sirida o`zgarishini tushuntirish orqali ilmiy dunyoqarashini shakllantirish;
irsiy kasalliklar, ularning turlari va irsiylanish qonuniyatlariga oid bilim, ko`nikma va malakalarini xosil qilish.
hamshiraning ish faoliyati davomida kerak bo`lgan bilim va ko`nikmalarni talab darajasida etkazib berish;
|
O`zlashtirish (o`qitish) natijalari
|
– Turmush qurishda oilani rejalashtirishda genetik ma’lumotlarning ahamiyatini anglagan holda kasalliklar va belgilar asosida avlodlar shajarasini tuza olishga va olgan bilimlarini o`z faoliyatlarida qo`llay bilish va ulardan foydalanish, odamda normal va patologik belgilarni irsiylanishini, hulq atvor, belgi va xususiyatlarning irsiylanishi bo`yicha masalalalarini echish, avlod shajarasini tahlil
qilish orqali belgi va xususiyatlarni irsiylanish qonuniyatlarnini aniqlashbo`yicha bilim va ko`nikmalarga ega bo`ladilar
|
Bilim
|
Odamning biosotsial tabiati va uning biologiyasi;
hujayraning tuzilishi va funktsiyalari;
turningpopulyatsionstrukturasi;
DNK replikatsiyasi va uning ahamiyati. DNK replikatsiyasidafermentlarningahamiyati;
tibbiyot genetikasining rivojlanish tarixi, yutuqlari va o`rganish usullari;
klassik genetika asoslari;
irsiyatningtsitologikvabiokimyoviy asoslari;
irsiyat va muhit, o`zgaruvchanlik qonunlari;
irsiy kasalliklar patologiyasi;
tibbiyot genetikasining tekshirish usullari;
irsiy kasalliklar profilaktikasi va davolash xususiyatlarini bilish.
|
Ko`nikma
|
Birikkan va jinsga bog`liq holda irsiylanish bo`yicha masalalar echa olish;
irsiy belgilar va kasalliklarning G.Mendel va T.Morgan qonunlariga tegishliligini ajrata bilishni monoduragay, diduragay va poliduragay chatishtirish bo`yicha masalalar ishlash;
qonguruhlari, rezus – faktor, epistaz, polimeriya,komplementarlikbo`yichamasalalarishlash;
shajara tuzishda ishlatiladigan shartli belgilarni va avlodlar shajarasini tuzish hamda uni taxlil qilish;
avlodlar shajarasiga qarab irsiy kasalliklarning nasllanish tipini aniqlash;
irsiy kasalliklarning gen mutatsiyalariga aloqador turlarini aniqlash
|
|
usullarini qo`llash ko`nikmalari.
|
| Dostları ilə paylaş: |
|
|