O’zbekiston respublikasi oliy


Moliyaviy hisobotni taqdim etish davriyligi



Yüklə 3,15 Mb.
səhifə95/98
tarix22.03.2024
ölçüsü3,15 Mb.
#180511
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   98
5-y-Moliyaviy-hisob-Oquv-qollanma-I-Ochilov-va-boshq-T2004 (1)

Moliyaviy hisobotni taqdim etish davriyligi





Moliyaviy hisobot shakli



Taqdim etishning davriyligi



buxgalteriya balansi – 1-shakl



har chorakda



moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot – 2-shakl



har chorakda



asosiy vositalar harakati to’g’risida hisobot – 3-shakl





yillik

pul oqimi to’g’risida hisobot – 4-shakl;



har yarim yillikda



xususiy kapital to’g’risida hisobot – 5-shakl;





yillik







izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar





yillik

tushuntirish xati






Choraklik moliyaviy hisobot hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunidan kechikmasdan taqdim etiladi. Yarim yillikning moliyaviy hisoboti shu yilning 25-iyulidan kechikmasdan taqdim etilishi kerak.

Bir shaharda joylashgan korxonalar tomonidan moliyaviy hisobotni taqdim qilish muddati uni aynan taqdim qilingan kun hisoblanadi, boshqa shahardagilar uchun esa jo’natilgan va aloqa bo’limi muhri bilan belgilangan kun hisoblanadi.


Moliyaviy hisobotni taqdim etish kuni ish bo’lmagan kunga to’g’ri kelgan paytda, taqdim etish muddati undan keyingi birinchi ish kuniga ko’chiriladi. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ba’zi-bir xo’jalik sub’ektlari uchun bu xo’jalik sub’ektlari faoliyatining o’ziga xos xususiyatlarini, ulardagi hisob ishining murakkabligini (shu bilan birga avtomatlashtirilganlik darajasini) o’rganib chiqqandan keyin choraklik va yillik moliyaviy hisobotni taqdim etishning boshqa muddatlarini belgilaydi (1- son BHMA, 64-band).


Bunda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi agar xo’jalik sub’ektida hisob ishi avtomatlashtirilmayotgan bo’lsa va shu sababli moliyaviy hisobot yuqorida ko’rsatilgan muddatlarda taqdim etilmayotgan bo’lsa, u holda hisobotni taqdim etish muddatini uzaytirishni rad etishi mumkin.


O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq, moliyaviy hisobotning tayyorlanishi, ishonchliligi va o’z vaqtida topshirilishi uchun javobgarlik buxgalteriya hisobini tashkil qiluvchi xo’jalik sub’ekti rahbarining zimmasiga yuklatiladi.





    1. Yüklə 3,15 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə