O’zbekiston respublikasi oliy


PSIXOLOGIYA BILIMLARINI NAZORAT



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə25/64
tarix16.03.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#102654
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   64
psixologiya fanlarini oqitish texnologiyasi (1)

10-mavzu. PSIXOLOGIYA BILIMLARINI NAZORAT QILISH VA ALOQALARINI
TASHKIL ETISH.
Reja:
1. Psixologiya fanlarini o’qitishda “nazorat” tushunchasi
2. Bilimlarni nazorat qilish
«Nazorat» atamasini qo’llashga pedagogik o'quv jarayonida va pedagogik psixologiyada
turlicha yondashiladi. Pedagogika nazariyasida va pedagogik amaliyotda «nazorat» atamasi
«keng» va «tor» ma'noda uchraydi. «Keng ma'noda» nimadir tekshirish, «tor ma'noda» esa,
kibernetika ruhiyatidadan kelib chiqib, «o'z-o'zini boshqarish uchun xarakterli bo'lgan teskari
aloqa tamoyilidir», «Pedagogika» o'quv qo'llanmasida bu tushuncha yuqoridagidek izohlanadi.
Bundan kelib chiqadiki, «o'quvchilarning o'quv mashg'ulotlarini nazorat qilish tashqi teskari
aloqani va ichki teskari aloqani ta'minlaydi». «Tashqi teskari aloqa» tushunarli bo'lib: bu o'quv
materialining o'quvchilar tomonidan o'zlashtirilishini tekshirish degani (nazorat-so'rovlar, yozma
ishlar, imtihonlar va h.k.), bularni barchasini o'qituvchi tashkillashtiradi. «Ichki teskari aloqada»
esa, «o'zgacha» — o'quvchining o'z-o'zini tekshirishi, bu haqida bir nechta umumiy so'zlar,
ulardan o'quvchilarning o'z-o'zini boshqarishida «teskari aloqa»ning «ichki» xarakterini nimadan
tarkib topganini tushunish mumkin. Bu ham baribir «mashinali» yoki «mashinasiz» dasturlash
vositalarini qo'llash orqali o'qituvchi yordamida tashkilashtiriladi. «O'z-o'zini nazorat qilish»
atamasini qo'llash orqali muallif, o'quvchilar aniq savol yoki masalalarda o'zini tekshirayotib
o'zlarining qay me'yorda materialni o'zlashtirganlarini tekshiradilar. Boshqacha qilib aytganda,
ular o'z-o'zlarini tekshiradilar va baholaydilar. Bu esa amaliyotdan ma'lum bo'lganidek,
o'qituvchi yoki muallif tomonidan o'z-o'zini tekshirish savollar bo'yicha amalga oshiriladi. Bu
ham tarkibi bo'yicha «tashqi nazorat»ga kiradi.
Pedagogik psixologiyada «nazorat» tushunchasi birmuncha o'zga ma'noda — «o'quv
jarayoni»dek - qoilaniladi. O'quvchilarning o'quv mashg'ulotlari jarayoni va uning tarkibiy
elementi sifatida kiradi. Nazorat — o'quv mashg'ulotining so'nggi natijasi bo'yicha o'zlashtirish
sifatini tekshirish kabi emas, balki o'quvchining o'z aqliy jarayonlarini uning tarkibi va tavsifi
76
(prinsiplari, qonuniyatlari, qoidalari) bo'yicha o'qilayotgan o'quv topshiriqlarining to'g'ri
bajarihshi uchun mo'ljalli asosdek xizmat qiluvchi nazariya kabi amalga oshiriladi.
Bilimlarni o'zlashtirish jarayonini boshqarish mexanizmi haqida gapirilganda,
N.F.Talzina nazoratni uning sozlashdagi zaruriy tarkibiy elementi sifatida qaraydi. Agar
boshqarilayotgan jarayoh mavzusi bilan hamjihatlikda boradigan (yoki dasturli o'qitish uchun —
dastur) bo'lsa, unda hech qanday korreksiya talab qiladigan qo'shimcha harakatlarni yuzaga
keltirmaydi. Biroq jarayonning qandaydir dasturdan chekinishini ko'rish bilanoq, pedagog uning
chekinishi xarakteri haqidagi teskari aloqa jadvali bo'yicha tushayotgan ma'lumotlarni qo'llab,
darhol, talab etilgan sohaga yo'naltirilgan holda o'quv mashg'ulotlarini o'tkazish bo'yicha
tadbirlarni qo'llaydi. Bu sozlovchi harakatda, teskari aloqa nazorat kanalidek chiqadi, ular
pedagogik jarayonning oxirini kutib o'tirmasdan, jarayonning borishi haqida ma'lumotlarni
oladi, bu esa unga darrov ta'sir o'tkazadi. O'quv mashg'ulotlarining borishi bo'yicha nazorati va
korreksiyasi — mana shu nazoratning tushunilishida nimalar muhim, agarda o'quv
mashg'ulotlari tugagan bo'lsa, endi aralashishning iloji yo'q. Agar o'quv jarayonning natijasi
shunday bo'lsa, inson o'zlashtira olmagan yoki dasturni yomon o'zlashtirgani, faqatgina jarayon
oxirida bo'ladi, bunda esa endi uni to'g'rilashga imkoniyat bo'lmaydi.
Teskari aloqani o'quv jarayonida qoilanilishi quyidagi ikki muammo yechimini o'z ichiga
oladi. Birinchidan, tomondan o'qitish maqsadida, boshqa tomondan esa o'qitishning psixologik
nazariyasi asosida nazorat ostidagilar tavsifnomasi majmo’yini ajratib ko'rsatadi. Buni esa
o'qituvchi dasturlar tuzishda asos qilib oladi. Umumiy qoida quyidagilardan tashkil topadi ya'ni
mustaqil tavsifnoma nazoratga olinadi, ularning tarkibiy o'zgarishi bir sifat holatidan boshqasiga
o'tishiga olib keladi.
Ikkinchidan, teskari aloqaning chastotasi (orahg'i)ni aniqlash, kuzatuvchining teskari
aloqa deb nomlagani mukammal deb hisoblanadi. O'quv jarayoniga ushbu holatni mexaniq
tarzda olib o'tish samarali chiqmagan. Buning sababi quyidagicha izohlanadi; nazorat o'quv
jarayonida faqatgina teskari aloqa funksiyasini bajaribgina qolmay, balki mustahkamlash
funksiyasini ham bajaradi. U o'quvchining motivatsion muhiti bilan ham shuningdek bog'liqdir.
V.V.Davidov nazoratni o'quv mashg'ulotidek ko'rib, uning ostida boshqa o'quv
mashg'ulotlarining o'quv masalalari va shart-sharoiti talablariga mosligini aniqlashdir. Nazorat
o'quvchiga harakatlarning uslubiy tarkibini o'zgartirib, olinayotgan natija va yechilayotgan
masala sharoitlari xususiyatlarining u yoki bunisi bilan uning aloqasini aniqlashga imkon beradi.
77


Shuning natijasida nazorat harakatlarining operatsion tarkibi va ularning bajarilishi to'g'riligi
kerakli hajmini ta'minlaydi.
Nazorat, uni bajarish sharoitlarining operatsion harakatlar tarkibiga mosligini aniqlashga
imkon berib, tarkibsiz reflekslarga asoslanadi. Tarkibiy refleksiyani inson tomonidan shaxsiy
harakatlari asosida ko'rib chiqish va izlash bilan bog'liq.
Shu tariqa psixologik nuqtayi nazarda talabaning o'quv faoliyati deganda — o'z-o'zining
nazorati, o'zining o'quv faoliyati borasida aniqligini ta'minlovchi spetsifik o'quv faoliyati shakli
tushuniladi.
O'z-o'zini nazorat qilishning pedagogik tushunchasi esa, o'quv faoliyatini vaqti-vaqti
bilan tekshirib, borishni emas, balki o'zlashtirish natijalari bo'yicha o'quvchi tomonidan
tashkillashtirilgan o'quv faoliyatidir.
Hozir esa, biz o'z-o'zini nazorat qilishning o'z-o'zini boshqarishga asoslangan o'qitish
uslubi va talabaning o'quv faoliyati sifatida qaramoqdamiz. Bundan kelib chiqib, birinchi kurs
talabasining (iloji boricha tezroq, shaxsiy o'quv faoliyatini shunday to'g'ri va aniq tashkil etishi
kerakki, unda o'quv materiali uni o'zlashtirish davomida zudlik bilan,. kechiktirmay
o'zlashtirilsin. Demak, bir necha kun tayyorlanib va darhol, bir urinishda o'qilgan dasturlar
bo'yicha javob bermaslik uchun, imtihon sessiyasi kelishini kutib o'tirmasdan, hech narsani
orqaga surmaslik, o'zlashtirilmagan ma'ruza matnlari va o'qilmagan ilmiy matnlar va o'quv
adabiyotlarni to'plamaslik kerak. Afsuski, ko'p birinchi kurs talabalari bunday yo'l to’tishmaydi.
Talabalarning bunday ish uslubi oldindan ma'lum: bilimlari sayoz, parchalangan, hayot va
amaliyot bilan kam bog'langan, isbotlanmagan, uzuq-yuluq, shuning uchun ko'pi uno’tilgan
esdagilari ham bir-biri bilan, mantiqiy bog lanmagan, o'zlashtirilmagan qisqasi, fan predmeti
bo'yicha ilmiy topshiriqlarning butunligi, ahamiyati uzviy bog'liq holatdek tushunilmasdan esda
olib qolingan.
Birinchi kundanoq talabaning psixologik ritm bo'yicha, kunma- kun, yangi ilmiy
ma'lumotlarni o'zlashtirish uchun o'quv faoliyatining nazoratiga uni o'rgatish lozim, bu
pedagogika va uslubiyoti tili bo'yicha o'z-o'zini nazorat qilish deb atash mumkin.
Yuqorida ta'kidlanganidek nazoratga o'rgatish berilgan muammo bo'yicha maxsus o'quv
mashg'ulotlarini anglatishi lozim emas. Balki o'quv faoliyati shart-sharoitlaridan kelib chiqib
belgilanishi lozim. O'quv faoliyati quyidagicha tashkillashtiriladi: talaba o'quv topshiriqlarini
bajarish jarayonida, uni yechish bo'yicha barcha fikriy operatsiyalarini qadamma-qadam nazorat
78


qilib, o'rganilayotgan nazariyaga aynan mos ravishda bajarilsin, faqatgina shu sharoitda u
istalgan natijaga erisha oladi.
Nazoratning o'quv faoliyatiga o'rgatish bo'yicha alohida tashkillashtirilgan mashg'ulotlari
odatda, o'tkazilmaydi, chunki belgilangan faoliyatiga o'qitish jarayonining o'zi darslar davomida
amalga oshiriladi. Bir vaqtning o'zida topshiriqning shartlarini o'ylab chiqish, tahlil qilish va
talabalarni baholash, yechimlarini rejalashtirish va qabul qilish bo'yicha boshqa o'quv faoliyatini
birgalikda bajarish bilan amalga oshiriladi. Biroq, o'quv faoliyatlari o'qituvchi tomonidan
shunday tashkillashtirilishi kerakki, uni amalga oshirilishi jarayonida o'quvchining qanday qilib
o'rganilayotgan nazariyaning me'yorlari, qoidalari, qonunlari va boshqa talablarini qo'llashiga
butunlay bog'liq bo'ladi. Bundan tashqari, topshiriqlar shunday tuzilishi kerakki, uning echimi
aniqligi shu talablarga rioya etishga bog'liq bo'lsin.
Psixologik nazariyani o'qishda ham boshqa nazariyalarda boigani kabi, talabalar
psixologik faktlarni tekshirish va bilishga mo'ljallangan mashqlarni yechishda ulardan
foydalansin. Masalan, psixologik faoliyat tushunchasini o'zlashtirish uchun talabalarga berilgan
o'quv topshiriqlariga murojaat etamiz. Quyida keltirilgan topshiriqlarni aniq va to'g'ri yechish
uchun talaba «faoliyat» tushunchasining belgilari bilan o'zining aqliy operatsiya jarayonlarini
doimo taqqoslashi zarur.
Bu belgilar esa, talabalarga yozdirib boriladi: awal tushunchaning differensiasiyasi,
so'ngra faoliyat tarkibi (motivning qandaydir talab bilan bog'liqligi, maqsadi, vositasi natijasi).
Mana endi talaba topshiriqni bajarishda ehtiyojlar darajasiga qaraydi. Unda psixologik faoliyat
belgilarining mavjudligi yoki yo'qhgi tahlil qilinadi. Agar mavjud bo'lsa, unda bu «faoliyatini
tushunchasiga taalluqli, agar yo'q bo'lsa, unda bu «faoliyat» psixologik ma'noda emasligidan
iborat.
Yuqorida o'quv operatsiyalarini ko'rib chiqib, tahlil qilinadi. Talaba o'quv topshiriqlarini
doimiy nazariyaga asoslanib yechadi, hal qiladi, ularning bajarilish jarayonini esa (faoliyat
tushunchasi) mana shunday nazorat qilishdir. E.AKomilova tadqiqotlarida ushbu tushunchaga
misollar talaygina.
Shunday qilib, quyida keltirilgan misollar faoliyat tushunchasini mazmunan ochib bera
oladimi?
1.Charchagan musofir, oyoqlariga dam berish uchun, to'nka ustiga o'tirdi.
79


2. Mendeleyevning hozirgi kunda «Elementlarning davriy sistemasi» nomi bilan tanilgan,
kimyoviy elementlar jadvali tushiga kirgan o'sha jadvalni u 1869-yil o'zi kashf qilgan holda
qonun yaratgan edi. Jadval uning tushida ko'ringanligi faoliyat bo'la oladimi?
3. Talaba ma'ruzani ma'nosiga tushunmasdan, tarkibini to'liq o'zlashtirmasdan, tez yozayapti.
U faoliyat bilan bandmi?
4. O'quvchi she'r yodlayapti, ikkinchisi esa allaqachon yodlagan va hozir jim o'z o'rtog'ini
eshityapti. Ikkovidan qay biri faoliyat bilan band? Yoki ikkovimi? Nima uchun?
5. Tegirmon tarmog'i yoqildi, u ishlayapti, qoplar tez unga to'layapti. Bu yerda uchta fe'l
mavjud. Ulardan qay biri faoliyatni anglatadi?
6. Navbatchi muhandis tantanavor ravishda yangi gidrostansiyadagi «asosiy tarmoqni» ishga
tushiradi va shundan so'ng mana 40 yildirki GES ishlamoqda, awal boshida elektr energiyasini
O'zbekistonga, endilikda viloyatlarga uzatmoqda. «Ishga tushirdi» va «ishlayapti» fe'llaridan
qay biri faohyatni anglatadi yoki ikki tushuncha ham mazmunan bir xilmi?
7.Trenirovkada sportchining yugurishi va qonunbuzarning nazoratchidan qochishi, yugurish
— bu yerda qaysi biri faoliyat.
8. Ko'zini ochgan inson tepasida ayiq boshini ko'rib qo'rquvdan baqiryapti? Bu faoliyatmi?
9. Bolalar mehmon ko’tish o'ynashyapti, dasturxon bezatilyapti, dasturxon gazetadan (ovqatli
tarelkalar, qoshiqlar, pichoqlar, o'yinchoqli, gazeta qog'ozidan salfetkalar, «поп» va h.k.)
«mehmonlar» (qo'g'irchoqlar)ni o'tkazishadi, darhol barchasini buzishadi (mehmon qilmasdan)
yana boshidan ovqat pishirishadi, stol tuzatishadi, mehmonlarni o'tkazishadi va h.k. ular faoliyat
bilan mashg'ulmi?
10. Kutilmaganda, sevgan komandasi darvozasiga kiritilgan goldan stadiondagi
(tomoshabinlar) muxlislarning hayqirig'i faoliyatmi?
11. Komandir yaqinlashayotgan tankdan qo'rqib, orqaga qochayotgan askarlardan birini
ko'rib, «To'xta, yot!» deb baqirayapti. Faoliyatmi?
12. Yozuvchi mana yarim soatdan beri nimadir yozish uchun stol ustida o'tiribdi, lekin
yozmayapti. Bu yerda faoliyat bormi?
13. EHMda ma'lumot berilyapti: sizning harakatingiz xato. Bu nima faoliyatmi?
14. Telefon tarmog'ining narigi tarafidan kimdir javob bermoqda: «Siz raqamni noto'g'ri
terdingiz». Javob berayotgan tomonga nisbatan bu faoliyatmi?
Ko'ribturganimizdek, bumisollaroddiyturmushdanolingan, judasodamisollardirvabundaymashqlamitayyorlasho'qituvchiuchununchalikqiyinchiliktug'dirma
ydi.
80


Biroqtalababusavollarningbirortasigahalito'g'rijavobberaolmaydi,
agarqo'lostidafaoliyatningpsixologiktushunchasiilmiytarkibinishutushunchabelgilariyozilganasos
liqo'llanmasikeltirilganmashqlarningsharoitlarinibaholashvatahlilqilish,
yechiminio'ylabtoppishvauningtushunchasinitalabaningdoimiytaqqoslashiyordamidao'rganilayot
ganbelgilariyozilganibilanularningto'g'riliginianiqlashbo'yichao'quvfaoliyatidir. Bu nazariyaning
o'quv harakati va aynan u «faoliyat»ning psixologik ilmiy tushunchasini shakli belgisini, qayta
o'rganishsiz, mashqlarning amaliy psixologik jihatdan faktlarda berilgan tushunchaga tegishliligi
yoki tegishli emasligidek harakatlarni amaliy ishlash jarayonida qo'shimcha o'rganishlarsiz
o'zlashtirishdir. Tushunchaning ilmiy tarkibini o'zlashtirish amaliy o'zlashtirish natijasida
bajariladi, chunki uni hayotga taalluqliligini tushunish va tushunganlarni mustahkam eslab
qolishda ro'y beradi.
Berilgano'qishfaoliyatinitashkillashtirishgakelgandabundaistalgano'quvmaterialinibunday
tarzdao'zlashtirilishiniorqagasurishgaimtihonsessiyagachatashlamasdano'rganishbilanerishiladi.
O'quv faoliyatining nazoratining psixologik tushunchasi yuqoridagilarda o'z aksini topadi.
81

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə