O’zbekiston respublikasi oliy



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə22/64
tarix16.03.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#102654
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   64
psixologiya fanlarini oqitish texnologiyasi (1)

«Aqliy hujum»usuli ohy o'quv yurtlari amahyotida o'qitish usuli sifatida qo'llashga
ulguigani yo'q, bu usul boshqaruv tizimi, shuningdek, ilmiy izlanishlar natijasida kelib chiqqan.
U ayniqsa, iqtisodiy boshqaruv faohyati, menejmentda keng qo'llaniladi. O'qitishga bog'liq
bo'lmagan holda aqliy hujum usulining mazmuni mohiyati nimada? Mutaxassislarning fikricha,
muammoning javobini qidirishda bevosita miyaga kelgan fikrlar, taxminlar tasodifiy
o'xshatishlar, shuningdek, birdan kelib chiqadigan, mavjud kerak va nokerak bog'lanishlarni
asoslab berishlarini o'z ichiga oladi. Keyin diktofonga yozib olingan tasodifiy jumla, fikrlarni
diqqat bilan tahlil qihsh yo'li ayniqsa qiziqarh ya'ni aqliy hujum usuliga yaqin boiganlari ajratib
olinadi va keyinchalik chuqurroq savol quyilib, muhokama qihsh uchun foydalaniladi. Aqliy
hujumning o'ziga xos oltin qoidasi mavjud bo'lib — ishtirokchilar suhbati davomida
aytishganlaridan hech biriga shubha qilmaslik, aksincha har qanday fikrni bildirishda to'la
erkinlik yaratib berish lozim. Bunday psixologik erkinlik o'zini xotiijam to’tishga «guruh
fikridan» uyalmaslikka omadsiz luqma tashlash bilan o'zini o'ng'aysiz holatga qo'yishdan
qo'rqmaslikka imkon beradi. Bunday holatda (ayniqsa, ishtirokchilar bunga moslashganda)
ko'chirishi to'g'ri bo'lgan, hech nimaga yaramaydigan (ayni damda muammoni yechish uchun)
ahmoqona, kutilmagan, lekin zarur bo'lgan, haqiqatdan intensiv fikrlar yuzaga keladi. Ana
shuning uchun ham aqliy hujum uyushtiriladi. Lekin bu, menejment va ilmiy izlanishlarda to'g'ri
yechimni izlash uchun qo'llaniladi. Bu usulni oliy o'quv yurtlarida qanday qo'llash mumkin?
Aytish lozimki, imkoniyatlar diapozoni psixologiya o'qitishda qo'llash uchun yetarli emas.
68


Lekin aqliy hujum usuli qaysidir muammo yechimining qiyinchiliklarini tushuntirish maqsadida
qo'llash mumkin. Masalan: iqtisodiy ba'zi muammolar (maoshning kechikishi, korxonalarning
ixtiyoriy soliq to'lashi va h.k.) sotsiologiyada (siyosiy faoliyat reytingi interpritatsiyasi)
pedagogikada (axloq va axloqsizlik o'rtasidagi qarama- qarshilik), psixologiyada psixikani
rivojlanish qonuniyatlari va ta'lim- tarbiya amaliyoti va h.k.
Aqliy hujumda, yosh va pedagogik psixologiyani o'qitishda foydalanishda quyidagilami
misol qilamiz. Seminar mashg'ulotida o'smirlik psixik rivojlanishida krizisi muammosi
muhokama qilinmoqda, pedagogika kollejini tugatib boshlang'ich sinf o'qituvchisi yoki maktab
psixologi bo'lib ishlayotgan sirtqi bo'lim talabalari bunday krizisni amahy faoliyatlari davomida
guvohi bo'lganlari uchun ularga bu jarayon. yaxshi tanish edi. Bunday o'smirlar bilan ishlash
davomida beriladigan tavsiyalarni ham bilar edilar. Alohida tavsiyalai- o'zini oqlardi, ulardan
ko'pchiligi esa, na ta'limda na tarbiyada ko’tilgan natijani bermadi. Umuman ularda o'tish
davrida bo'ladigan inqirozga uchragan o'smirlar bilan ishlash davomida ko'plab usullar va turli
xil fikrlar ko'p edi. Bu haqida bilgan o'qituvchi aqliy hujum usulini qo'llashdi: har qanday fikrni
bildirishga ruxsat beradi, jumladan, «zararli» yoki «yaramaydigan» deb tanqid qihnadigan
fikrlar shuningdek, har qanday yaqqol yoki yashirin tanqidiy fikrlarni bildirishni taqiqlaydi.
Bundan tashqari, o'qituvchi «juda qiziqarli», «qiziqarli» va h.k. kabi o'z so'zlari bilan ma'qullab
turadi. Xo'sh nima bo'pti? Krizisning o'tish davrida o'smirlar bilan qanday ishlash mumkinligi
haqida 40 dan ortiq fikrlar bildirildi. Ba'zi fikr shu yerning o'zida boshqa fikrlar bilan bog'liq
holda tug'ildi, boshqalari shunchaki aytilgan so'zlar edi, lekin ko'pincha bu shaxsiy malakadan
iborat bo'lib, bu nimaga asoslanadi: «tanqid qilgani» tavsiyaga amal qilib, xato yoki nojo'ya
maslahatlarni tanqidiy izohsiz, hatto qanday bo'lishdan qat'i nazar unga o'z munosabatini
bildirmay, shunchaki hisoblashidir.
Aqliy hujum nima beradi, ayni vaziyatda — bu usul qo'llanishdan olingan foydaning real
natijasi qanday? U shundan iboratki talabalar, bu yoshdagi bolalar bilan ishlash malakalari
yetarli ancha mashhur pedagogik nazariyalardan va psixologik o'sishda duch keladigan
krizisdagi o'smirlar bilan ishlash usullari bo'yicha maslahat va tavsiyalar berishdi. Bunday
tavsiyalar orasida, fan va amaliyotda qo'llasa bo'ladigan, kerakli natijalarga olib keladigan fikrlar
ham mavjud. Shu yo'l bilan keyingi faoliyat uchun foydali va asosiysi muloqot psixologiyasini
o'rganishga taxminan shunday fikrlar yuzaga keladi. Usui va uslublarda ish ko'p, lekin o'smirlik
davridagi krizis maktabdagi ta'lim-tarbiyani rad etishda davom etaveradi, zero, hamma uslub va
usullar muammoni hal etavermaydi.
69


Bunday manfiy xulosa talabalarni jiddiy psixologik tahlil qilishga undaydi va quyidagi
savolga javob berishni talab qiladi. Nahotki, maktabdagi bu muammodan qutilishning iloji yo'q?
Aqliy hujumdan so'ng seminar mashg'ulotida, maktabda tavsiya etiladigan va foydalaniladigan
ko'pchilik usullar samarasizligini psixologik sabablari muhokamasi boshlandi. Shu yo'l bilan
ayni vaziyatda aqliy hujum o'smirlar bilan ishlashning ko'plab usuli va yo'nalishlarini hisoblab
chiqishga yordamlashdi va shu bilan birga talabalarni psixologik muammoni tahlil qilishga
fikrlashga tayyorlaydi. Bunday mezonlar hozirgi zamon psixologiyasida ko'plab uchraydi,
demak, aqliy hujum usuli bu kundalik ishimizda uchraydigan muammolarni yechishda
talabalarni ijodiy yondashishlarida yordam beradi.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə