O’zbekiston respublikasi oliy


UMUMIYPSIXOLOGIYANIO'QITISHNINGMETODIKXUSUSIYATLARI



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə30/64
tarix16.03.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#102654
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   64
psixologiya fanlarini oqitish texnologiyasi (1)

13-mavzu.UMUMIYPSIXOLOGIYANIO'QITISHNINGMETODIKXUSUSIYATLARI
REJA:
1. Umumiy psixologiya fani baxsi va ahamiyati.
2. Umumiy psixologiya fanini o’qitishda yangi metodlardan foydalanish.
Ushbu fanni o'qitishning asosiy maqsadi — talabalar tomonidan psixik faoliyatning
umumiy qonuniyatlarini o'zlashtirilishi hisoblanadi. Umumpsixologik nazariyalar, bilimlar
ularning psixologiyadagi amaliy baholari xususan, yosh va pedagogik, ijtimoiy sohalarni
o'rganishlarining asosini tashkil etishi kerak. Psixologiya fanining zamonaviy yutuqlarini
o'zlashtirish talabaga undan awal qanday qarashlar va nazariyalar yuzaga kelgani va qay
darajada ular ilmiy taraqqiyotiga yordam berishiga, barchasiga ongli ravishda yondashishga
imkon beradi.
Umumiy psixologiyani o'rganish psixologiya tizimidagi boshqa o'quv kurslarini
o'zlashtirishda metodologik ahamiyatga ega, chunki umumiy bilimlarsiz xususiyatlarni tushunib
olish mlimkin emas. Bundan kelib chiqib, ma'ruza o'qishda va adabiyotlar bilan talabalarning
mustaqil ishlarini tashkil etishda talaba uchun har bir yangi ilmiy qoidani hayotda kuzatiladigan
psixologik hodisalar bilan tushuntirish, balki ular ishlarini qanday tushuntirilganligi va
zamonaviy umumiy psixologiyada qanday tushuntirilishi bilan ham taqqoslash zarur
hisoblanadi. Ma'ruza mavzulari fanning rang-barangligi, bo'limlar mazmunida psixologiyaning
asosiy muammolarini to'planishi, bir-biri bilan bog'liq tushunchalar tizimi sifatida bayon etilishi
mumkin bo'lishi uchun bir nechta katta bo'limlarga jamlanganligi maqsadga muvofiq bo'lardi.
Shunga muvofiq amaliy va semenar mashg'ulotlaridan kiritilishi mumkin bo'lgan tafsilotlari
haqida ma'ruzalarda batafsil gapirib o'tish kerak bo'lmaydi. Misol uchun idrok etish psixik
jarayonlarning har biriga batafsil tavsifnoma berib o'tish zaruriyati bo'lmaydi, lekin ularning
faoliyati davomida ular o'rtasidagi o'zaro aloqalar va bog'liqliklariga talabalarni e'tiborini
qaratish ularning vazifalarini ko'rsatish kerak. Keyingi seminar laboratoriyalar, amaliy ishlari
davomida ular faqatgina nazariy emas, balki amaliy tajriba orqali chuqur o'rganish mumkin
bo'ladi.
Shu bilan birga auditoriyada talabalarning kasbiy xususiyatlarni hisobga olish kerak.
Misol uchun, pedagogika oliy o'quv yurtining matematika fakultetida o'quvchilarning matematik
qobiliyatlari borasida nazariy asoslarini chuqurroq o'rganish va bo'lajak o'qituvchilarni bolalarda
96
matematik qobiliyatlarini aniqlash va rivojlantirish metodikasi bilan qurollantirishi mumkin
bo'ladi.
Beriladigan soatlar soniga qarab ma'ruza kurslar bo'yicha turli variantlarda bo'limlarga
ajratilgan bo'lishi mumkin. Masalan, umumiy psixologiyaning hamma muammolari beshta,
oltita yoki yetita ma'ruza bo'limlarga ajratilgan bo'lishi mumkin. Bu berilgan soatlar soni va
o'qituvchining fikriga bog'liq bo'ladi.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə