Laboratoriya ishi №4 Tekislikdagi mexanizmning sxemasini chizish hamda ularning tuzilishini tahlil qilish



Yüklə 23,15 Kb.
səhifə1/3
tarix24.12.2023
ölçüsü23,15 Kb.
#158732
  1   2   3
4 laboratoriya Tekislikdagi mexanizmning sxemasini chizish hamda


Laboratoriya ishi №4


Tekislikdagi mexanizmning sxemasini chizish hamda ularning tuzilishini tahlil qilish
Mavjud mexanizmlarni tadbiq etish va va loyihalash fan va texnika yutuqlari asosida amalga oshiriladi. Lekin har qanday mexanizm va mashinani yaratishdan avval ularning kinematik va struktur xossalari to’g’risida to’lik ma’lumotga ega bо‘lish uchun, ularning kinematik shakli tuziladi.
1. Ishning maqsadi.
Tekis mexanimzlarning ishi va vazifasi bilan tanishish; modellar, konstruktiv chizmalar yoki mexanizm va mashinalarga qarab kinematik shakllarni chizishda malaka oshirish.
2. Jihoz va asboblar.
Tekis mexanizmlarning modellari, chizg’ich, chizmachilik jixozlari.
3. Nazariy asoslar.
Mexanizm – bu bir yoki bir necha jismlarni talab etilgan harakatlantirish uchun yaratilgan mexanik tizim. Mexanizmlar mashina va kо‘p asboblarni kerakli qismlaridir. Mexanizmni asosiy elementlari – bо‘g‘inlar va kinematik juftlar.
Bо‘g‘in – birgalikda jism hosil qilgan jismlar guruhi; qо‘zg‘almas zevenoni poya yoki qobiq deb atashadi.
Kinematik juft – bir-biriga bog’langan va o’zaro, bir – biriga nisbatan harakatlanuvchi ikki bо‘g‘in. Kinematik juftdagi bо‘g‘inlar tekislik, chiziq va nuqtalarda bir – biriga tegib turishadi. Juftlar bir-biriga tekislik bo‘yicha tegib tursa quyi; nuqta yoki chiziq bo‘yicha tegib tursa oliy deb ataladi.
Shartli tasvirlar 1-rasmda keltirilgan quyi kinematik juftlarning besh ko’rinishi bor.
A) Aylanma juft yoki silindrlik sharnir, unda bir bо‘g‘in, ikkinchi bо‘g‘in bilan doimo bog’langan o’q atrofida aylanadi (1,a-rasm).
B) Ilgarillanma juftda bir bо‘g‘in ikkinchi bilan doimo bog’langan to’g’ri chiziq bo’ylab harakat qiladi (1,b-rasm).
V) Fazoviy juft yoki sharli sharnirda bir bо‘g‘in ikkinchisi bilan doimo bog’langan nuqta atrofida aylanadi (1,v-rasm).
G) Vintli juftda bir bо‘g‘in boshqa bо‘g‘in bilan doimo bog’langan o’q atrofida vintli harakat qiladi.
D) Silindrik juftda bir bо‘g‘in boshqa bо‘g‘in bilan doimo bog’langan to’g’ri chiziq bo’ylab ilgarilanma harakat qilib, shu bilan birga bu to’g’ri chiziq atrofida aylanadi.
Misollar:
A) Val bilan podshipnik silindrik jufti:
B) Porshen va ichki yonuv dvigatelning silindrik – ilgarilanma juft;
V) Avtomobilni sharovoy sharniri – fazoviy juft;
G) Vint va gayka – vintli juftni; dam solish uchun qo’l nasosining va silindrni silindrik juftni tashkil etadi.
Kinematik juftlardagi bо‘g‘inlarni doimo tegib turishini, quyi juftlarda ularga kerakli konstruktiv shakl berib geometrik berkitishni ta’minlaydi. Oliy juftlarda kо‘pincha kuch orqali bir – biriga tegib turadi: og’irlik kuchi yoki prujina ishlatiladi.
Kinematik juftlar tekis va fazoviy bо‘lishi mumkin. Tekis juftlarda bir – biriga tegib turgan bо‘g‘inlarning nisbiy harakati birgina parallel tekisliklarda yuz beradi.
Bо‘g‘inlarni qо‘zg‘aluvchan bog’lanishi kinematik zanjir deb ataladi. Kinematik zanjirlar tekis va fazoviy ochiq va yopiqlarga bо‘linadi.



Yüklə 23,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə