O„zbekiston respublikasi oliy va o„ rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti sport faoliyati va san‟at fakulteti



Yüklə 5,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/171
tarix14.09.2023
ölçüsü5,69 Mb.
#121979
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   171
-
31
-
rasmlar). 


48 
 
30
-
rasm 31
-
rasm 
Darvozaning pastki qismiga otilgan to„p oyoq bilan qaytariladi. 
To„p kelayotgan tomon aniqlanib, darvozabon shu tomonga oyoq 
kaftlarini to„g„rilab, maydonga yaqin keng qadamda hamla qilishga 
intiladi. Bunda son va boldir orasidagi burchak 90° ni tashkil etadi. Shu 
tarafga oyoq bilan birga ehtiyotdan o„sha tomondagi qo„l ham 
cho„ziladi, boshqa qo„l esa muvozanat saqlash uchun yuqoriga 
ko„tariladi. Hamla qilish oxirida oyoq to„liq to„g„rilanadi va darvozabon 
to„g„ri chiziq bo„ylab oyoqlarini yozib, “shpagat” holatini oladi yoki 
ikkinchi oyoq tizzasiga tushadi, so„ng tez asosiy holatga qaytadi (32
-
33
-
rasmlar). 
 
32
-
rasm 33
-
rasm 
Eng chekka pozitsiyadan darvozaning uzoq pastki burchagiga 
yo„naltirilgan to„pni darvozabon shu tarafdagi qo„l va oyogini 
baravariga siltab yoki hamla qilib ushlaydi. 
To„pni uzatish
. Darvozabon tomonidan tez va aniq uzatilgan to„p 
jamoaning hujumga o„tishi uchun muhim sharoit yaratishdan iboratdir. 
Shuning uchun darvozabonning baland trayektoriya bilan yoki uzoq 
masofalarga to„pni yuqoridan qo„lni bukib uzatishni qo„llashi qoida 
tusiga kirib qolgan. To„pni egallaganidan so„ng, darvozabon uni uzatish 
uchun qulay tarafni tanlaydi. 
Darvozabonning harakati samarali bo„lishi uchun eng to„g„ri 
pozitsiyasi –darvoza o„rtasi hisoblanadi. Darvoza oldida uning 


49 
markazidan bir metrgacha masofa bo„ylab harakat qiluvchi darvozabon 
baland “trayektoriya”da keladigan to„pni egallashga doim tayyor 
bo„lishi lozim. To„p otilishini boshlashini aniqlagach, darvozabon 
darvoza maydoniga to„p kiritish imkoniyatini kamaytirish uchun oldinga 
chiqadi. Otilayotgan to„p 30° dan kichik burchak ostida bo„lsa, u holda 
darvozabon darvoza ustunlari yonidan joy oladi. 
Darvozabon hech vaqt to„pni nazoratsiz qoldirmasligi va o„z 
vaqtida hujumchining to„p otish usulini bu harakat boshlanishidan 
oldinroq aniqlashi juda muhimdir. 
Agar uning jamoasi hujum qilayotgan bo„lsa, unda u 9 metrli 
chiziq yonida joylashadi, tasodifan jamoasi to„pdan ajrab qolib, raqiblar 
tez yorib o„tish hujumini amalga oshirsalar, o„yinga qo„shilishga tayyor 
bo„lib turadi. Bunday holda u to„pni egallash uchun maydonga chiqishi 
mumkin. Urinishi muvaffaqiyatsiz bo„lsa, unda orqaga chekinadi va 
darvozada turib, tez yorib o„tib, to„pni darvozaga otayotgan 
hujumchining to„pini qaytarishga harakat qiladi. 
Darvozabon darvozaning o„ng tomoniga yo„naltirilgan to„pni aks 
ettirish uchun asosiy taraftdan qarama
-
qarshi (chap) oyoq bilan itarib, 
o„ng qo„lni to„singa uzatib, tirsak qo„shilishida iloji boricha to„g„rilaydi, 
kaft to„pga qaratiladi, barmoqlar. ajratilgan Darvozabon tanasi to„pni 
uchish yo„nalishi bo„yicha egiladi. Keyin (o„ng) oyog„i avval tizzaga 
egilib, so„ngra to„pning uchish yo„liga keskin ravishda “otiladi” (imkon 
qadar yuqori), oyoq bir tomonga buriladi, itarish qulayligi uchun 
oyoqning barmog„i biroz o„ngga buriladi. To„pni aks ettirishda 
darvozabon tanasi va yugurish oyog„i bir chiziq bo„lishi kerak (34

Yüklə 5,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə