50
35
-
rasm
Chap qo„l tirsak qo„shilishida tekislanadi va ko„krak
qafasi
darajasidan boshgacha pozitsiyani egallaydi. O„ng qo„lning to„pni
pastdan yuqoriga keskin siljishi qo‟ldan uzoqlashadi. To„pni ikkala qo„l
bilan ham aks ettirish mumkin.
“O„yin texnikasi tasnifi” mavzusi bo„yicha nazorat savollari:
1. Gаndbоl o„yini tехnikаsining tаsniflаnishi hаqidа so„zlаb
bеring.
2. Himоya o„yini tехnikаsi usullаrini sаnаb bеring.
3. Hujum o„yini tехnikаsi nimа?
4. Dаrvоzаbоn o„yini tехnikаsi to„g„risidа nimаlаrni bilаsiz?
5. Dаrvоzаgа to„p оtish turlаrigа tаvsif bеring.
6. Аldаb o„tish turlаrini аytib bеring.
7. To„pni ilish vа uzаtish turlаri.
51
3-bo„lim. O„YIN TAKTIKASI TASNIFI
10
-
jadval
Shartli belgilar
To„p
Darvozabon
Himoyachi
Hujumchi
O„yinchilar
O„yinchining harakatlanish
To„pning harakatlanishi
To„pni yerga urib olib yurish
Darvozaga otish
Taktik harakatlar quyidagilarga ajratiladi: yakka,
guruh va jamoa
harakatlariga bo„linadi. U asosiy taktik harakatlarni egallashdan va
ularni takomillashtirish (to„p yo„lini to„sish,
himoya va hujum turlarini
tanlash, to„pni uzatish hamda darvozaga otish va shu singarilar)dan
iborat bo„lib, o„yin va maxsus mashqlarda amalga oshiriladi (11
-
jadval).
Taktik reja bo„yicha o„yin o„ynashni bilish, shuningdek, o„yin
paytida aniq vaziyatga bog„liq ravishda taktik vazifalarni to„g„ri hal qila
bilish juda muhimdir. Shularga ko„ra, maxsus o„yin
mashqlari bilan
birga ikki tomonlama o„yinlar o„tkaziladi. O„zlashtirib olingan
“kombinatsiya” hamda tizimlami tanish va notanish jamoalarga nisbatan
o„yinda qo„llay bilishni o„rgatish kerak.
O„yin jarayonini o„yin
texnikasi, taktikasi va strategiyasi aniqlab
beradi. Bularsiz jamoalarning sport kurashini tasavvur qilib bo„lmaydi.
O„yin texnikasi – o„yin usullarining yig„indisi bo„lib,
raqib ustidan
g„alaba qozonish uchun shu usullar tizimidan unumli foydalanishdir.
O„yin taktikasi – bu shunday harakatlar tizimiki, uni jamoa o„yin
davomida raqib ustidan g„alaba qozonish maqsadida qo„llaydi. O„yin
davomida to„pni egallab turgan jamoa
raqib himoyachilarini va
darvozabonni aldab, imkoniyat boricha raqib darvozasiga ko„proq to„p
urishga harakat qiladi. Raqib jamoasi esa o„z darvozasiga to„p
urdirmaslikka, raqibdagi to„pni olib qo„yishga harakat qiladi va javob
hujumini tashkil qilish vazifasini o„z oldiga qo„yadi.
Buning natijasida
jamoalarning o„zaro sport kurashi vujudga keladi.
Guruh taktik harakatlar individual harakatlar bilan chambarchas
bog„liq va jamoaviy harakatlarning asosi sifatida tavsiflanadi. 2 ta, 3 ta
52
o„yinchi guruh mashg„ulotlarida qatnashishi mumkin.
Guruh taktik
harakatlari o„zaro sheriklarning harakatlaridagi o„zaro ta‟sir belgilariga
ko„ra ifodalanadi. O„zaro ta‟sirlar o„zaro, parallel yoki jamoa yordamida
amalga oshirilishi mumkin.
11
Dostları ilə paylaş: