61
Himoyachi o„zining ta‟qib etayotgan hujumchisiga yaqin masofada
joylashadi va sherigidan to„pni qabul qilishiga to„sqinlik qiladi. Agar
ta‟qib etilayotgan hujumchi maydonning uzoqdan to„p
otadigan joyida
joylashgan bo„lsa, himoyachi o„zining ta‟qiblanayotgan hujumchisining
hujum chizig„idan biroz chetrog„ida joylashadi. Agar ta‟qiblanayotgan
o„yinchi 6 metrli maydonda bo„lsa, himoyachi to„pli va to„psiz bo„lgan
hujumchilar orasidan ta‟qiblanayotgan hujumchiga orqasini o„girib joy
oladi.
To„pli o„yinchini ta‟qib etish
– bu himoyachining shaxsiy
harakatlari bo„lib, hujumchining darvozaga to„pni otishiga,
ketish yoki
boshqa hujumchilar bilan o„zaro harakatlarni amalga oshirishga
to„sqinlik qilishga qaratilgan. Himoyachi o„zining faol ta‟qibi orqali har
doim ham hujumchining to„pni muvaffaqiyatli qabul qilib olishga
to„sqinlik qila olmaydi. Agar ta‟qiblanayotgan o„yinchi to„pni qabul eta
olgan bo„lsa va himoyachidan ma‟lum masofada bo„lsa,
bu holda
himoyachi darvozaga to„p otishni oldini olish uchun va hujumchilarning
o„zaro harakatlarini chegaralash uchun unga tezlik bilan yaqinlashib
olishi kerak. Bu harakat chiqish deb ataladi. Chiqishni hujumchining
to„pni qabul qilishida amalga oshirish lozim, chunki aldovchi harakatlar
imkoniyati bu holatda ancha kamayadi.
Chiqish bilan birga, himoyachi
odatda to„pga va o„yinchiga to„siq qo„yishni amalga oshiradi. Agar
himoyachining chiqishi muvaffaqiyatsiz kechsa va hujumchi to„pni
qabul qilib himoyachidan o„zining keyingi harakatlari tayyorgarligida
ilgarilab ketsa, himoyachi tezlik bilan 1.5
-
2 m.
masofaga orqaga
chekinadi. Uning keyinga harakatlari ta‟qiblanayotgan hujumchi
harakatlari bilan belgilanadi. Agar hujumchi ketishni amalga
oshirmoqchi bo„lsa, himoyachi orqaga 2 m.
masofani saqlagan holda
to„pni olib qo„yish maqsadida qulay vaziyatni kutish uchun chekinadi.
Bu harakatni maydonning uzoqdan to„p otadigan joyida amalga oshirish
mumkin. Maydonning yaqindan to„p otadigan joyida chekinishni amalga
oshirgach, o„zining qarshi harakat qobiliyatini tiklaydi va kurashda faol
qatnashadi
Dostları ilə paylaş: