O„zbekiston respublikasi oliy va o„ rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti sport faoliyati va san‟at fakulteti



Yüklə 5,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/171
tarix14.09.2023
ölçüsü5,69 Mb.
#121979
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   171
To„psiz o„yinchini ta‟qib etish 

bu himoyachining shaxsiy 
harakati bo„lib, hujumchining to„pni qabul qilishi uchun qulay 
pozitsiyani egallashga to„sqinlik etishda va to„pni ta‟qiblanuvchidan olib 
qo„yishga yo„naltirilgan bo„ladi. 
Sust ta‟qib – hujumchiga darvozani ishg„ol qilish uchun qulay 
pozitsiyani egallashga to„sqinlik etishga qaratilgan himoyachi 
harakatlaridir. Bu ta‟qib turi zonali himoyaga hosdir. Himoyachi to„p 
uzatishlarni, o„yinchilar harakatini va ta‟qib etayotgan o„yinchining 
harakatlarini kuzatib borish imkoniyatiga ega bo„lish uchun darvoza 
maydonida joylashadi. 
Faol ta‟qib
– bu himoyachining ta‟qib etilayotgan o„yinchiga 
to„pni qabul qilishga to„sqinlik etishga qaratilgan harakatlaridir. 


61 
Himoyachi o„zining ta‟qib etayotgan hujumchisiga yaqin masofada 
joylashadi va sherigidan to„pni qabul qilishiga to„sqinlik qiladi. Agar 
ta‟qib etilayotgan hujumchi maydonning uzoqdan to„p otadigan joyida 
joylashgan bo„lsa, himoyachi o„zining ta‟qiblanayotgan hujumchisining 
hujum chizig„idan biroz chetrog„ida joylashadi. Agar ta‟qiblanayotgan 
o„yinchi 6 metrli maydonda bo„lsa, himoyachi to„pli va to„psiz bo„lgan 
hujumchilar orasidan ta‟qiblanayotgan hujumchiga orqasini o„girib joy 
oladi. 
To„pli o„yinchini ta‟qib etish
– bu himoyachining shaxsiy 
harakatlari bo„lib, hujumchining darvozaga to„pni otishiga, ketish yoki 
boshqa hujumchilar bilan o„zaro harakatlarni amalga oshirishga 
to„sqinlik qilishga qaratilgan. Himoyachi o„zining faol ta‟qibi orqali har 
doim ham hujumchining to„pni muvaffaqiyatli qabul qilib olishga 
to„sqinlik qila olmaydi. Agar ta‟qiblanayotgan o„yinchi to„pni qabul eta 
olgan bo„lsa va himoyachidan ma‟lum masofada bo„lsa, bu holda 
himoyachi darvozaga to„p otishni oldini olish uchun va hujumchilarning 
o„zaro harakatlarini chegaralash uchun unga tezlik bilan yaqinlashib 
olishi kerak. Bu harakat chiqish deb ataladi. Chiqishni hujumchining 
to„pni qabul qilishida amalga oshirish lozim, chunki aldovchi harakatlar 
imkoniyati bu holatda ancha kamayadi. Chiqish bilan birga, himoyachi 
odatda to„pga va o„yinchiga to„siq qo„yishni amalga oshiradi. Agar 
himoyachining chiqishi muvaffaqiyatsiz kechsa va hujumchi to„pni 
qabul qilib himoyachidan o„zining keyingi harakatlari tayyorgarligida 
ilgarilab ketsa, himoyachi tezlik bilan 1.5
-
2 m. masofaga orqaga 
chekinadi. Uning keyinga harakatlari ta‟qiblanayotgan hujumchi 
harakatlari bilan belgilanadi. Agar hujumchi ketishni amalga 
oshirmoqchi bo„lsa, himoyachi orqaga 2 m. masofani saqlagan holda 
to„pni olib qo„yish maqsadida qulay vaziyatni kutish uchun chekinadi. 
Bu harakatni maydonning uzoqdan to„p otadigan joyida amalga oshirish 
mumkin. Maydonning yaqindan to„p otadigan joyida chekinishni amalga 
oshirgach, o„zining qarshi harakat qobiliyatini tiklaydi va kurashda faol 
qatnashadi 

Yüklə 5,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə