O„zbekiston respublikasi oliy va o„ rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti sport faoliyati va san‟at fakulteti



Yüklə 5,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/171
tarix14.09.2023
ölçüsü5,69 Mb.
#121979
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   171
To„pni tutib olish.
To„pni tutib olish uchun himoyachi to„pning 
uchish yo„nalishini, uning tezligini aniqlab olishi va to„pni egallab olish 
uchun qulay pozitsiyani tanlashi kerak. To„pni tutib olish muvaffaqiyatli 
bajarilganligi jamoadoshlar uchun tezkor hujumga otlanish uchun ishora 
hisoblanadi. Maydon ko„ndalangiga yo„naltirilgan to„pni tutib olish 
mumkin. Buning uchun himoyachi o„zining maqsadlarini bildirmasdan, 
oldindan o„zini oldinga qarab sapchishga tayyorlashi kerak. Hujumchi 


62 
to„pni uzatishga qaratilgan tayyorlov harakatlarini amalga oshirgach va 
to„p yo„nalishini o„zgartirib bo„lmaydigan paytda, himoyachi tezlik 
bilan to„p uzatilish chizig„ini egallaydi. To„pni qabul etayotgan o„yinchi 
tomon harakatlanish kerak. Agar to„pni tutib olish muvaffaqiyatsiz 
kechsa, himoyachi, to„pni qabul qilgan o„yinchining yonida bo„lganligi 
uchun, unga to„siq qo„yadi. Bundan tashqari, to„pni qabul etish 
davridagi himoyachining tezkor yaqinlashishi hujumchi mo„ljalini 
buzib, to„pni berkitishga undaydi. Uzatilgan to„pni tutib olishni 
xujumchining orqasidan chiqqan holatda amalga oshirish mumkin 
(ayniqsa u to„pga qarshi chiqmasa). Bu yerda eng asosiysi o„zining 
niyatlarini bildirmaslik va hujumchidan o„zish uchun tezlik bilan 
harakatlanish.
Aldovchi harakatlar
(fintlar) – bu himoyachini shaxsiy harakatlari 
bo„lib, hujumchini muayyan javob harakatlariga undaydi. 
Harakatlanishda aldamchi harakatlar (fintlar):
1)
hujumchini maydonning bir tomoniga yo„naltirish uchun, 
himoyachi bir tarafga suriladi, ochiq maydonni ko„rgan hujumchi 
maydonning shu qismiga otlanadi, himoyachi bu holatda uni gavdasi 
bilan to„sib harakat qilishga qo„ymaydi; 
2)
hujumchining shoshilinch harakatlarini keltirib chiqarish uchun 
himoyachi unga tashlanadi va hujumni namoyish qiladi, odatda 
hujumchi to„pdan qutulishga yoki to„pni yerga urib olib ketishga harakat 
qiladi. Ammo himoyachi kerakli masofani saqlagan holda to„xtab qarshi 
harakat qilishga tayyorlanadi. 
3)
ikki hujumchi orasida qolgan himoyachi to„pli hujumchiga 
tashlanadi. To„pli hujumchini to„pni yerga urib olib yurishini to„xtatib, 
tezda uning to„psiz bo„lgan sherigini ta‟qib ostiga oladi.
Shaxsiy himoya tizimida himoyalanayotgan jamoaning har bir 
o„yinchisi raqib hujumchilariga qarshi kurashadigan jamoaviy 
harakatlarni o„z ichiga oladi. Himoyaning ushbu turi bilan 
o„yinchilarning taktik o„zaro munosabatlari oldindan kelishilgan hamda 
mashg„ulotlarda bu usullardan keng qo„llanilgan bo„lishi talab etiladi.
Himoyadagi jamoa harakatlari quyidagi uch turga bo„linadi: 
1)
shaxsiy himoya; 
2)
zonali himoya; 
3)
aralash himoya. 
Darvoza himoyasiga yo„naltirilgan turli turdagi harakatlarni 
mohirlik bilan qo„llanilishi g„alaba uchun kurashda ustunlik beradi. 


63 

Yüklə 5,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə