O„zbekiston respublikasi oliy va o„ rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti sport faoliyati va san‟at fakulteti


- biri bilan o„z joylarini  almashtirishi mumkin, lekin ularning vazifalari o„zgarmaydi. Ikkinchi  qator o„yinchilari bir -



Yüklə 5,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/171
tarix14.09.2023
ölçüsü5,69 Mb.
#121979
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   171
-
biri bilan o„z joylarini 
almashtirishi mumkin, lekin ularning vazifalari o„zgarmaydi. Ikkinchi 
qator o„yinchilari bir
-
biri bilan o„z pozitsiyalarini almashtirib, ba‟zida 
darvozabon maydonining yaqinida va qanotlarda harakat qilib, hujumni 
uyushtiradilar. 
Hujum qatoridagi o„yinchilar soniga ko„ra ikki hujum tizimi 
mavjud: 
3:3
va 
4:2
tizimlarini keltirish mumkin.
3:3 hujum tizimi
.
Birinchi qatorda bir chiziq o„yinchisi va ikkita 
qanot o„yinchilari, ikkinchi qatorda esa ikkita o„rta va markaziy 
o„yinchilar harakat qiladi. Chiziq o„yin
-
chisi maydonning markaziy 
qismida joylashgan bo„lib, darvozabonning maydoni oldida harakat 
qiladi va faqat ba‟zan ikkinchi qator o„yinchilari uchun to„siq qo„yish 
yoki to„pni ilish uchun darvoza maydonidan uzoqlashishi mumkin. 
Qanotdagi o„yinchilar esa darvozabon maydonidan uzoq
-
da 9
-
metrli 
maydondan tashqarida joylashishi mumkin (40
-
rasm). Qanotdagi 
o„yinchilarning turli joylashishi raqib himoyachilarning o„yiniga turlicha 
ta‟sir etishi mumkin. Ularning darvozaga yaqin joyda joylashishi 
himoyachilarni faol ta‟qib etishga majbur qiladi, qanot o„yinchilariga 
maydonning boshqa joyida son jihatidan ustunlikga erishish uchun 
yashirin ketishga imkoniyat beradi. Qanot hujumchisi esa darvoza 
maydonidan uzoqroqda joylashib, to„p bilan o„yinda qatnashib qanotdan 
darvozaga hujum qilishga katta imkoniyatlari bo„ladi, chunki bu holatda 
himoyachi markazga siljigan bo„lib, uni yaqindan ta‟qib qila olmaydi. 
 
40
-
rasm 
33
-
rasm. “3:3” o„yin tizimi 
Ikkinchi qator o„yinchilari bir
-
birlariga to„pni uzatib o„zaro harakat 
qiladilar. Birinchi qator o„yinchilari o„zlarining tez harakatlanishlari va 
to„siq qo„yishlari bilan uzoq masofadan darvozaga to„pni yo„llash 
imkoniyatini va darvozabon maydoniga yorib kirish uchun sharoit 


57 
yaratib, o„zlari to„pni qabul qilish uchun bo„sh joyga chiqishadi. 
4:2
hujum tizimi. Bu tizimning birinchi qatorida ikkita chiziq 
o„yinchisi, ikki qanot o„yinchisi, ikkinchi qatorda esa ikkita yarim o„rta 
o„yinchilar harakat etadi. Qanotdagi o„yinchilarning joylashishiga ko„ra 
harakat turini ikkiga ajratish mumkin: 

Yüklə 5,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə