Konchilik soxasida ishlab chiqarish sanitariyasi talablari bilan tanishish. Ishlab chiqarish sanitariyasi



Yüklə 40,71 Kb.
səhifə1/5
tarix25.04.2023
ölçüsü40,71 Kb.
#106951
  1   2   3   4   5
xavf 3


AMALIY MASHGULOT №3


KONCHILIK SOXASIDA ISHLAB CHIQARISH SANITARIYASI TALABLARI BILAN TANISHISH.
ISHLAB CHIQARISH SANITARIYASI


Umumiy qoidalar
Ishlab chiqarish muhitining sanitariya-gigiyena parametrlari (tarkib, harorat, nisbiy namlik va havoning harakatchanligi, vibratsiya, ionlashtiruvchi nurlanishning hajmi, gamma-nurlanish ekvivalent dozasining kuchi, shovqin, tovush darajasi va b.) amaldagi sanitariya meyorlari va qoidalari talablariga javob berishi lozim.


Ochiq konlar atmosferasiga chang va gazlar kelishini kamaytirish
Ochiq konlar atmosferasiga changlar va gazlar kirishini kamaytirish bо‘yicha tadbirlar kon ishlarining pasayishi va qazilgan joyning atrof-muhit bilan birga tabiiy havo almashinishini yomonlashuvi mobaynida ochiq kon atmosferasidagi sanitariya-gigiyena holatining о‘zgarishi prognozidan kelib chiqqan holda loyiha bilan aniqlanadi, shunga bogliq holda ochiq kon va uning tashqarisidagi atmosferaga kiruvchi chang va gazlarning tartibga solinishining konkret texnologik, texnik va tashkiliy usullari tanlanishi lozim.
Radiatsiyali xavfli ishlab chiqarishlar hisoblangan ochiq konlarda chang va gazlarni ochiq kon atmosferasiga va ular chegarasidan tashqariga tushishini tartibga solishni tanlash radioaktiv aralashmalarning ishchi zonalari havosida yigilib qolishi mumkinligini hisobga olgan xolda amalga oshirilishi kerak.
Changlar, zaharli gazlar va agressiv suvlarni bostirish yoki tutib olish bevosita zararli aralashmalarning ajralish joylarida amalga oshirilishi kerak.
Chang hosil bо‘lishini kamaytirish uchun avtomobil yо‘llari va ekskavator zaboylari sistemali ravishda sugorilishi, boglovchi qо‘shimchalarning bu hollarda qо‘llash esa sanitariya nazorati organlari tomonidan kelishilgan bо‘lishi lozim.
Chiqindi gazlar tarkibi meyeriy talablarga muvofik bо‘lmasa, ichki yonish dvigateli bо‘lgan mashinalar va jihozlarning ochiq konda ishlashi taqiqlanadi.
Ochiq konlar atmosferasini foydali qazilmalar yonishidan hosil bо‘lgan gazlar bilan ifloslanishining oldini olish uchun yonginlarni bartaraf etish tadbirlarini nazarda tutadigan profilaktik yonginga qarshi tadbirlar ishlab chiqilishi va muntazam о‘tkazilishi lozim.
Ishlab chiqarish oqava suvlarini chiqarib tashlaydigan nasos stansiyalarining kuzatish kuduqlari va skvajinalari ishonchli yopilishi kerak.

Yüklə 40,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə