Konchilik soxasida ishlab chiqarish sanitariyasi talablari bilan tanishish. Ishlab chiqarish sanitariyasi


Kasb kasalliklarining oldini olish (profilaktika)



Yüklə 40,71 Kb.
səhifə5/5
tarix25.04.2023
ölçüsü40,71 Kb.
#106951
1   2   3   4   5
xavf 3

Kasb kasalliklarining oldini olish (profilaktika)
Ochiq kon ish joylari havosining sanitariya-gigiyena parametrlari normativ miqdorlarga tugri kelmasa va havoni tozalovchi filtr ventilyatsiya qurilmalari bо‘lmasa, aralashmalarning odam organizmiga zararli ta’sir qilishdan (davolash – profilaktik ovkatlanish, qiskartirilgan ish kuni, ish stajining chegaralanishi va b.) himoya qilish va oldini olishning boshqa choralari qо‘llanilishi kerak. Bunday chora-tadbirlar rо‘yxati amaldagi «Mehnatning gigiyenik tasnifi» (ishlab chiqarish muhiti faktorlarining zararligi va xavfliligi, mehnat jarayonidagi ogirlik va zо‘riqishlarning kо‘rsatkichlari bо‘yicha) va О‘zbekistan Respublikasining «Davlat pensiya ta’minoti tо‘grisida», «Mehnat muhofazasi tо‘grisida» qonunlari va О‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga muvofiq aralashmalarning zararlilik darajasi va ularning ish zonasi havosidagi konsentratsiyasiga bogliq xolda aniqlanadi.
Ochiq kon ma’muriyati har yili sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan holda, zararli ishlab chiqarish faktorlarining, radioaktiv nurlanishning ichki va tashqi manbalari bilan birga odam organizmiga ta’sirini kamaytirish bо‘yicha tadbirlar ishlab chiqishi shart. Bu tadbirlarni joriy etish natijalari bо‘yicha korxona Davlat ekspertizasi organlari bilan kelishgan holda taalluqli ish turlari va kasblarini о‘ta ogir va о‘ta xavfli toifadan ogir va zararli toifaga о‘tkazish tо‘grisida qaror chiqarishi yoki ularni normal mehnat sharoitlari ishlariga о‘tkazishi mumkin.
Tibbiy kо‘riklarda shaxslarda kasalliklar aniqlansa va bu kasallik ularning bajarayotgan ishiga xalaqit bersa, ular zudlik bilan vrachlar komissiyasi xulosasiga kо‘ra boshqa ishga о‘tkazilishi lozim.
Suv ta’minoti
Korxona barcha ishchilarni ichimlik suvi, ochiq havoda ishlayotganlarni esa choy bilan ta’minlashi shart.
Ochiq kon va yer osti suvlaridan xо‘jalik-ichimlik ehtiyojlari uchun foydalanishga sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan holda ruxsat etiladi.
Ochiq konga changni bostirish uchun suv uzatish ichimlik suvi bilan bogliq bо‘lmagan quvur orqali amalga oshirilishi kerak.
Nazorat qilinmaydigan manbalardan ichish maqsadida suv olish taqiqlanadi.
Suvning yuza manbalari bosimli suv qurilmalari, shuningdek quduqlar va suvni yigish qurilmalari ifloslanishdan himoyalangan va suvni hisoblash asboblari va qurilmalari bilan jihozlangan bо‘lishi kerak.
Ichimlik suv ta’minoti manbalari uchun albatta sanitariya-himoya zonasi о‘rnatiladi.
Ichimlik suvi idishlari sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan holda yengil tozalanadigan i dezinfeksiyalanadigan materiallardan yasalishi kerak. Ular qulfga yopilgan qopqoqlar bilan ifloslanishdan himoya qilinishi, haftada kamida 1 marta bu uchun maxsus tayinlangan xodimlar tomonidan yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi lozim.
Ichimlik suvini tayyorlash bо‘yicha idishlar va mahalliy qurilmalarga xizmat kо‘rsatuvchi xodimlar amaldagi sanitariya me’yorlariga muvofiq tibbiy kо‘rikdan о‘tishlari kerak.
Yüklə 40,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə