O„zbekiston respublikasi oliy va o„ rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti sport faoliyati va san‟at fakulteti



Yüklə 5,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/171
tarix14.09.2023
ölçüsü5,69 Mb.
#121979
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   171
-
35
-
rasmlar). 
 
34
-
rasm 


50 
 
35
-
rasm 
Chap qo„l tirsak qo„shilishida tekislanadi va ko„krak qafasi 
darajasidan boshgacha pozitsiyani egallaydi. O„ng qo„lning to„pni 
pastdan yuqoriga keskin siljishi qo‟ldan uzoqlashadi. To„pni ikkala qo„l 
bilan ham aks ettirish mumkin. 
“O„yin texnikasi tasnifi” mavzusi bo„yicha nazorat savollari: 
1. Gаndbоl o„yini tехnikаsining tаsniflаnishi hаqidа so„zlаb 
bеring. 
2. Himоya o„yini tехnikаsi usullаrini sаnаb bеring. 
3. Hujum o„yini tехnikаsi nimа? 
4. Dаrvоzаbоn o„yini tехnikаsi to„g„risidа nimаlаrni bilаsiz? 
5. Dаrvоzаgа to„p оtish turlаrigа tаvsif bеring. 
6. Аldаb o„tish turlаrini аytib bеring. 
7. To„pni ilish vа uzаtish turlаri. 


51 
3-bo„lim. O„YIN TAKTIKASI TASNIFI 
10
-
jadval 
Shartli belgilar
To„p 
Darvozabon 
Himoyachi
Hujumchi 
O„yinchilar
O„yinchining harakatlanish 
To„pning harakatlanishi
To„pni yerga urib olib yurish
Darvozaga otish
Taktik harakatlar quyidagilarga ajratiladi: yakka, guruh va jamoa 
harakatlariga bo„linadi. U asosiy taktik harakatlarni egallashdan va 
ularni takomillashtirish (to„p yo„lini to„sish, himoya va hujum turlarini 
tanlash, to„pni uzatish hamda darvozaga otish va shu singarilar)dan 
iborat bo„lib, o„yin va maxsus mashqlarda amalga oshiriladi (11
-
jadval). 
Taktik reja bo„yicha o„yin o„ynashni bilish, shuningdek, o„yin 
paytida aniq vaziyatga bog„liq ravishda taktik vazifalarni to„g„ri hal qila 
bilish juda muhimdir. Shularga ko„ra, maxsus o„yin mashqlari bilan 
birga ikki tomonlama o„yinlar o„tkaziladi. O„zlashtirib olingan 
“kombinatsiya” hamda tizimlami tanish va notanish jamoalarga nisbatan 
o„yinda qo„llay bilishni o„rgatish kerak. 
O„yin jarayonini o„yin texnikasi, taktikasi va strategiyasi aniqlab 
beradi. Bularsiz jamoalarning sport kurashini tasavvur qilib bo„lmaydi. 
O„yin texnikasi – o„yin usullarining yig„indisi bo„lib, raqib ustidan 
g„alaba qozonish uchun shu usullar tizimidan unumli foydalanishdir. 
O„yin taktikasi – bu shunday harakatlar tizimiki, uni jamoa o„yin 
davomida raqib ustidan g„alaba qozonish maqsadida qo„llaydi. O„yin 
davomida to„pni egallab turgan jamoa raqib himoyachilarini va 
darvozabonni aldab, imkoniyat boricha raqib darvozasiga ko„proq to„p 
urishga harakat qiladi. Raqib jamoasi esa o„z darvozasiga to„p 
urdirmaslikka, raqibdagi to„pni olib qo„yishga harakat qiladi va javob 
hujumini tashkil qilish vazifasini o„z oldiga qo„yadi. Buning natijasida 
jamoalarning o„zaro sport kurashi vujudga keladi. 
Guruh taktik harakatlar individual harakatlar bilan chambarchas 
bog„liq va jamoaviy harakatlarning asosi sifatida tavsiflanadi. 2 ta, 3 ta 


52 
o„yinchi guruh mashg„ulotlarida qatnashishi mumkin. Guruh taktik 
harakatlari o„zaro sheriklarning harakatlaridagi o„zaro ta‟sir belgilariga 
ko„ra ifodalanadi. O„zaro ta‟sirlar o„zaro, parallel yoki jamoa yordamida 
amalga oshirilishi mumkin. 
11

Yüklə 5,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə