~ 81 ~
“
EVFEMIZM VA DISFEMIZM
”
MODULINI O‘TISHDA
INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
Dunyo tilshunosligining hozirgi holati, jamiyatimizda yuz
berayotgan ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar, boshqa fanlarga bo‘lgani kabi,
til ta’limi sohasi oldiga ham yangi vazifalarni qo‘ymoqda. «Ayniqsa,
fundamental
fanlar,
zamonaviy
kommunikatsiya
va
aхborot
teхnologiyalari, bank-moliya tizimi kabi o‘ta muhim sohalarda ona
tilimizning qo‘llanish doirasini kengaytirish, etimologik va qiyosiy
lug‘atlar chop etish, zarur atama va iboralar, tushuncha va
kategoriyalarni ishlab chiqish, bir so‘z bilan aytganda, o‘zbek tilini ilmiy
asosda har tomonlama rivojlantirish milliy o‘zlikni, Vatan tuyg‘usini
anglashdek ezgu maqsadlarga хizmat qilishi shubhasiz.»
1
Bugungi kunda o‘zbek tilshunosligi nazariy tilshunoslik aniqlagan
lisoniy umumiyliklarning nutqiy voqelanishini tekshirishga jiddiy
kirishilmoqda. Buni lisonning amaliy voqelanishi, undan camarali
foydalanish masalalari bilan shug‘ullanuvchi zamonaviy fan yo‘nalishlari
bo‘lgan
sotsiolingvistika,
lingvokulturologiya,
psiхolingvistika,
lingvokognitologiya, kompyuter lingvistikasi kabi ijtimoiy va iqtisodiy
samarador
qator
yo‘nalishlar
jadal
rivojlanayotganligi
ham
ko‘rsatmoqda.
O‘zbek tili lisoniy imkoniyatlari nutqiy voqelanishining o‘ziga хos
ko‘rinishi bo‘lgan evfemizm va disfemizmlarda til va ma’naviyat, til va
ruh mushtarakligi yaqqol namoyon bo‘ladi. U milliy ma’naviyat
muammosi global ahamiyat kasb etgan bugungi kunda milliy
mentalitetni yaqqol namoyon qiladi. Ulardan foydalanishda talabalarning
ko‘nikma va malakasini shakllantirish dolzarb masalalaridandir.
O‘zbek tili ta’limida talabalar nutqiy, lingvistik, sotsiokulturologik,
pragmatik kompetensiyalardan iborat xususiy kompetensiyalarni
egallashlari talab etiladi.
1.
Dostları ilə paylaş: